3 – laboratoriya mashg`uloti Alfa – amilaza fermentining dekstrinlash qоbiliyatini aniqlash



Download 288,25 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana11.07.2022
Hajmi288,25 Kb.
#775012
  1   2
Bog'liq
3-laboratoriya mashguloti



3 – laboratoriya mashg`uloti 
Alfa – amilaza fermentining dekstrinlash qоbiliyatini aniqlash. 
Fermentlarning spetsifik ta’sir qilishi eng muhim xossalaridan biridir. Har bir 
ferment ma’lum bir moddaga yoki tuzilishi jihatdan o’xshash bo’lgan moddalar 
guruhiga ta’sir qiladi. 
Quyidagi spetsifiklik turlari farqlanadi:
a) absolyut spetsifiklik, bunda ferment faqatgina bitta moddani o’zgarish 
reaksiyasini katalizlaydi. Masalan, ureaza (karbamidamidogidrolaza) mochevinani 
ammiak va uglerod (II) -oksidigacha gidrolitik parchalanishini katalizlaydi.
b) gruppali spetsifiklik, bunda ferment tuzilishi jihatdan o’xshash bo’lgan 
moddalarning o’zgarish reaksiyalarini katalizlaydi. Masalan, saxaraza (β-
fruktofuranozidaza) saxarozani gidrolitik parchalab, bunda glyukoza va fruktoza 
hosil bo’ladi, lekin shu ferment trisaxarid rafinozaning (α-galaktozido-α-
glyukozido-β-fruktozid) gidrolitik parchalanishini katalizlaydi va bunda faqatgina 
fruktoza molekulasi ajralib chiqadi, galaktoza bilan glyukoza orasidagi bog’ esa 
buzilmay qoladi. 
v) nisbiy spetsifiklikka ega bo’lgan fermentlar ma’lum kimyoviy bog’ hosil 
bo’lishi yoki parchalanish reaksiyasini katalizlaydi. Masalan, lipaza fermenti 
glitserin turli hildagi yog’ kislotalar bilan hosil qilgan murakkab efir bog’larini suv 
ishtirokida uzadi, ya’ni ferment murakkab efir bog’lariga nisbatan spetsifiklikka ega. 
g) stereokimyoviy spetsifiklik, bunda ferment moddaning faqatgina bitta 
stereoizomerining sintezlanishini yoki parchalanishini katalizlaydi. L-sut 
kislotasining pirouzum kislotasigacha oksidlanishi laktatdegidrogenaza fermenti 
orqali amalga oshiriladi, lekin o’sha jarayon D-sut kislotasida boshqa ferment d-
laktatdegidrogenaza fermenti orqali amalga oshiriladi.
Reaktivlar:
a) so’lak (10 marta suyultirilgan), b) 1% li saxaroza, v) 1% li 
kraxmal, g) Trommer reaksiyasi uchun kerakli reaktivlar: 5% li o’yuvchi natriy, 5% 
li mis sulfat (tajriba probirkalariga avval o’yuvchi natriy qo’shiladi, so’ngra 
tomchilatib mis sulfatdan solinadi va past olovda qaynaguncha qizdiriladi). 
Ishning bajarilishi:
2 ta probirka olib, ularning har biriga 1 ml dan 
suyultirilgan so’lak solinadi. Ulardan biriga 1 ml saxaroza, ikkinchisiga 1 ml 
kraxmal solib, 10 daqiqa termostatga (38°C ga) qo’yiladi. Bundan keyin sovitiladi 
va har bir probirkada Trommer reaksiyasi qilib ko’riladi. Reaksiya natijasi shuni 
ko’rsatadiki, amilaza faqatgina kraxmalni katalizlaydi, saxarozaga ta’sir etmaydi. 

Download 288,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish