Glyukoza ishqoriy muhitda mis oksidlarini qaytarilgan holatga o’tkazadi va
bunda o’zi glyukon kislotasigacha oksidlanadi. Glyukozaning
kuchli oksidlanishi
natijasida qand kislotasi va bir qator birikmalar hosil bo’ladi.
Reaktivlar:
a) 1% li glyukoza, b) 1% li natriy ishqori, v) 5%
li mis sulfat.
Ishning bajarilishi:
3-4 ml glyukoza eritmasiga 1-2 ml 5% li natriy ishqori
va 2-3 tomchi 5% li mis sulfatdan solinadi. Eritma ko’k rangga bo’yaladi. Probirka
past olovda sekinlik bilan qaynaguncha qizdiriladi. Avval sariq cho’kma (CuOH)
hosil bo’ladi, keyin esa qizil cho’kmaga (Cu
2
O) aylanadi.
So’lakdagi amilaza fermentining aktivligiga pH ning ta’siri.
Har bir ferment ma’lum pH muhitida optimal aktivlikka ega bo’ladi. Masalan,
pepsin uchun pH 1,5-2,0 ga teng, so’lak amilazasi uchun 6,8 -7,0; tripsin uchun 7,8;
oshqozon osti bezining lipazasi uchun 7,0-7,8 ga teng bo’ladi.
Tajribalar shuni ko’rsatadiki, har xil substratdan
ajratib olingan va bir xil
reaksiyani katalizlaydigan fermentlar o’zining optimal aktivligini pH ning har xil
ko’rsatkichlarida namoyon qiladi. Masalan,
shakarqamishda uchraydigan
saxarazaning optimal ta’sir qilish pH ko’rsatkichi 6,2 ga teng, achitqilardan ajratib
olingan saxarazaning optimal pH 4,6-6,0 ga teng. So’lak amilazasining optimal pH
6,8-7,0 ga teng bo’lsa, unayotgan bug`doy amilazasining pH 4,4 - 4,5
ga teng
bo’ladi.
Reaktivlar:
a) so’lak (100 marta suyultirilgan), b) 0,5% li kraxmal, v) 1% li
natriy xlorid, g) 0,1 M li limon kislota, d) 0.2 M li natriy fosfat, e) Lyugol eritmasi
(yodning kaliy yodiddagi eritmasi).
Ishning bajarilishi:
7
ta probirka olib, ularning
har biriga limon kislota va
natriy fosfatning eritmasidan jadvalda ko’rsatilgandek qilib solinadi. Bunda har bir
probirkadagi eritma 5,6 dan 8,0 gacha pH ga ega bo’ladi. Shundan so’ng har bir
probirkaga 10 tomchidan 1%
li natriy xlorid, 0,5% li kraxmal va 100
marta
suyultirilgan so’lak solinadi va aralashtiriladi. Probirkalar 10 daqiqa 38°C li
termostatga qo’yiladi. Vaqt o’tgach probirkalarni termostatdan olib tezda sovitiladi
va har biriga 1 tomchidan Lyugol eritmasidan solinadi va hosil bo’lgan rang
HCOH
HOCH
HOCH
HCOH
CH
2
OH
O
C
H
+ 2 CuSO
4
+5NaOH
HCOH
HOCH
HCOH
HCOH
CH
2
OH
COONa
+ 2 CuOH+2Na
2
SO
4
+ 2H
2
O
Cu
2
O
H
2
O
kuzatiladi. Shundan so’ng qaysi probirkada kraxmal to’liq parchalanganligini pH ga
qarab aniqlash kerak (yod bilan sariq yoki qo’ngir sariq rang hosil bo’lishi kerak).
Jadval
Probirkalar
nomeri
Natriy fosfat,
ml
Limon kislota,
ml
Bufer
aralashmasining
pH
1
0,58
0,42
5,6
2
0,63
0,37
6,0
3
0,69
0,31
6,4
4
0,77
0,23
6,8
5
0,87
0,13
7,2
6
0,94
0,06
7,6
7
0,97
0,03
8,0