Ishning bajarilishi: 1 ml Selivanov reaktiviga 1-2 tomchi fruktoza eritmasidan qo’shiladi va qaynab turgan suv hammomida 1 daqiqa davomida qaynatiladi. Natijada olcha rangli qizil rang hosil bo’ladi.
Ketozalar uchun karbazol bilan boradigan reaksiya
Ketozalar uchun xos bo’lgan Selivanov reaksiyasi kabi, bu reaksiya ketozalar uchun spetsifik xarakterga ega.
Reaktivlar: a) 2,2% li fruktoza eritmasi, b) L-sistein xloridning 2,4% li eritmasi, v) karbazolning 0,1% li spirtli eritmasi, g) sulfat kislotaning 75% li eritmasi
Ishning bajarilishi: 0,1 ml fruktoza eritmasiga 2,4% li sistein eritmasidan va 6 ml 75% li sulfat kislotadan qo’shiladi. Aralashma yaxshilab chayqatiladi va tezda 0,2 ml 0,1% li karbozolning spirtli eritmasidan qo’shiladi. Bir necha daqiqadan keyin qizil yoki binafsha rang hosil bo’ladi.
Fruktoza uchun mochevina bilan boradigan reaksiya
Reaktivlar: a) fruktozaning 2% li eritmasi, b) mochevinaning kukuni, v) konsentrlangan xlorid kislota
Do'stlaringiz bilan baham: |