Saxaroza inversiyasi
Reaktivlar: a) 2%li saxaroza eritmasi, b) konstentrlangan xlorid kislota, v) 10% li natriy ishqori, g) Trommer, Benedikt, Nilander va Selivanov reakstiyalari uchun reaktivlar
Ishning bajarilishi: Probirkaga 4 ml saxaroza eritmasidan solinadi va unga 2-3 tomchi xlorid kislotadan solinadi va qaynab turgan suv hammomida 10-15 minut qaynatiladi. Shundan so’ng probirkalar olinadi , sovitiladi va natriy ishqori solinib lakmus qog`ozi bilan tekshirilgan holda neytrallanadi. Neytrallangan namunalar bilan Trommer, Benedikt yoki Nilander reksiyalarini o’tkazib ko’riladi. Saxarozaning inversiyasi mahsuloti bo’lgan glyukoza va fruktozalar qaytarish reaksiyalarini namoyon qiladi. Invertning bir qismi bilan fruktoza uchun xarakterli bo’lgan Selivanov reaksiyasi bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |