Benedikt reaktivi bilan boradigan reaksiya
Bu reaksiya uglevodlarni ochish uchun qo’llaniladigan eng muhim reaksiya hisoblanadi.
Reaktivlar: a) 1% li glyukoza, b) Benedikt reaktivi
Ishning bajarilishi: 5 ml Benedikt reaktiviga 7-8 tomchi glyukoza eritmasidan solinadi. Probirka 5 minutcha qaynab turgan suv hammomiga qo’yiladi, keyin oqib turgan suv ostida sovitiladi. Eritma yashil, sariq, apelsin rangiga yoki qizil rangga kiradi. Keyinchalik yashil-sarg’ish yoki sariq-qizg’ish cho’kma tushadi.
Vismut gidrat oksidi bilan boradigan reaksiya
(Nilander reaksiyasi)
Glyukoza ishqoriy muhitda vismut gidrat oksidini Vi metaligacha yoki uning gidroksidigacha qaytaradi.
Reaktivlar: a) 1-1,5% li glyukoza, b) Nilander reaktivi
Ishning bajarilishi: 2 ml glyukoza eritmasiga 1 ml Nilander reaktividan solinadi va qaynaguncha qizdiriladi va 1-2 daqiqa qaynatiladi. Probirkadagi suyuqlik avval jigarrangga, keyin esa qora rangga bo’yaladi. Vaqt o’tishi bilan vismut metali qora rangli cho’kmaga tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |