Ishning bajarilishi: chinni likopchaga 0,5-1 g mochevina sepiladi va uning ustiga 5-6 tomchi konsentrlangan xlorid kislotadan va 2-3 tomchi fruktoza eritmasidan qo’shiladi. Mochevinani eritish uchun likopcha sekinlik bilan chayqatiladi, keyin qaynab turgan suv hammomiga qo’yiladi. 10-15 daqiqadan keyin feruza ko’k rangli halqa hosil bo’ladi. Bu reaksiyada aldogeksozalar qizil rang, riboza va boshqa aldopentozalar sariq rang hosil qiladi.
Metallarning qaytarilish reaksiyalari
Monosaxaridlar ishqoriy muhitda og’ir metall gidroksidlarini, masalan, mis (II)-gidroksidini mis (I)-oksidga, vismut oksidini metall holatigacha, kumush gidroksidni erkin kumushgacha qaytarish xossasiga ega. Bu reaksiyalar monosaxaridlarni sifat va miqdoriy aniqlash uchun ishlatiladi. Bu reaksiya monosaxarid molekulasidagi karbonil guruhi hisobiga boradi.
Ko’pgina disaxaridlar ham (maltoza, laktoza, sellobioza) molekulasida bittadan erkin karbonil guruhi tutgani uchun qaytarish xususiyatiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |