Ishning bajarilishi: 2 ta probirka olib, ularning har biriga 2 ml dan glyukoza eritmasidan solinadi va 1-probirkaga 3-4 tomchi timoldan, ikkinchisiga esa shuncha miqdorda α -naftoldan solib, yaxshilab chayqatiladi. Shundan so’ng, har ikkala probirkaga konstentrlangan sulfat kislotadan 1-2 ml probirka devori orqali quyiladi. Birinchi probirkadagi suyuqlik qizil rangga, 2-probirkadagi suyuqlik esa binafsha-qizil rangga kiradi. Bu rang ikki qatlam chegarasida yaqqol namoyon bqladi.
Antron bilan boradigan reaksiya
Reaksiya davomida sulfat kislota uglevodlar bilan birikib, furfurol, metilfurfurol yoki oksimetilfurfurol hosil qiladi. Bu birikmalar antron bilan kodensatlanib, yashil, havorang yoki ko’k rang beradi.
Reaktivlar: a) 0,5% li glyukoza, b) 0,5% li fruktoza, v) Antron reaktivi.
Do'stlaringiz bilan baham: |