Riboflavinni qaytarilish reaksiyasi.
Riboflavin oson oksidlanib, oson qaytarilishtarilish xususiyatiga ega. Uning vodorod bilan qaytarilishi natijasida rangsiz birikma leykoflavin hosil bo’ladi. Bu birikmaning oksidlanishi natijasida esa osongina riboflavin hosil bo’ladi.
Reaktivlar: a) riboflavinning 0,015% li eritmasi (eritma qora shisha idishda saqlanishi kerak, b) konsentrlangan xlorid kislota, v) metall holidagi rux.
Ishning bajarilishi: 1 ml riboflavinning eritmasiga 10 tomchi konsentrlangan xlorid kislotadan va bir bo’lak rux metalidan soldinadi. Ajralib chiqadigan vodorod ta’sirida eritmaning rangi sekin-asta o’zgarib boradi. Dastlab sariq rang paydo bo’ladi, u yashil rangga , keyin malina rangiga, pushti rangga aylanib, keyin rangsizlanadi. Bir necha daqiqadan keyin probirkaning yuqori qismidagi suyuqlik yana sariq rangni oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |