Tuzuvchilar:
|
Dolimova Surayyo Nugmanovna – b.f.d, professor
Umarova Gulbahor Bazarbayevna – b.f.n., dotsent
Muhammadjonova Go’zal Muhammadjonovna - b.f.n., dotsent
Qo’ziyev Sherali Nasrullayevich – o’qituvchi
Yunusova Muslima Xolmatovna – o’qituvchi
|
Taqrizchilar:
|
|
Маматова З.А.
|
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zMU Biologiya fakulteti Odam va hayvonlar fiziologiyasi kafedra mudiri, b.f.n., dotsent
|
Dalimova D.A.
|
O’zbekiston Respublikasi Innovatsiya Vazirligi qoshidagi Ilg’or Texnologiyalar Markazi laboratoriya mudiri b.f.n.
|
Uslubiy qo‘llanma O‘zMU uslubiy Kengashining 2018 yil 25 dekabr majlisida muhokama qilinib nashrga tavsiya etilgan (bayonnoma №3)
Kirish
“Biokimyo va molekulyar biologiya” umumiykasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 3- va 4-semestrlarda o‘qitilishi maqsadga muvofiq. “Biokimyo va molekulyar biologiya” fani umumkasbiy fanlar turkumiga kiradi va 5140100-Biologiya ta’lim yo‘nalishida o‘qitiladi. Mazkur fanni ÿzlashtirish uchun ÿquv rejasidagi “Matematika”, “Informatika”, “Fizika (biologlar uchun)”, “Biostatistika” “Kimyo”, “Ekologiya” fanlaridan etarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari talab etiladi. Mazkur fandan olingan bilimlar esa “Immunologiya”, “Biofizika”, “O‘simliklar fiziologiyasi”, “Biotexnologiya”, “Fiziologiya” hamda ixtisoslik fanlaridan laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarishda keng qo‘llanilib, bo‘lg‘usi mutaxassislarda ko‘nikma va malaka shakllanishida muhim o‘rin tutadi.
«Bu fanning asosiy vazifasi talabalarga biologiyaning biokimyoviy negizi, uning tarkibiy qismlari, umumbiologik qonunlar va kategoriyalar, biologik hodisa va jarayonlar mohiyati, biokimyoviy tizimlar va ularning amal qilish qonuniyatlari, biokimyoviy jarayonlarni jamiyatni iqtisodiy rivojlanishidagi o‘rni kabi masalalarni qamrab oladi. Jamiyatda mavjud iqtisodiy qonunlarni bilish va ularning amal qilishiga ongli munosabatda bo‘lishda, mamlakatni demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilish jarayonlarining mohiyatini tushunishda talabalarni zarur bo‘lgan bilimlar bilan qurollantiradi.
Ushbu fan bo‘yicha talabalarning bilim, malaka va ko‘nikmalalarini mustahkamlashda o‘tiladigan laboratoriya mashg‘ulotlarining ahamiyati katta. Ushbu uslubiy qo‘llanmaga “Biokimyo va molekulyar biologiya” faniga oid 29 ta laboratoriya ishlari kiritilgan bo‘lib, ular fanning namunaviy dasturida ko‘rsatilgan vazifalarni to‘liq qamrab olish bilan birga talabalar oladigan nazariy bilimlarni o‘tkaziladigan tajribalar asosida mustahkamlab, ularda davlat talim standartiga mos bilim, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |