Ishning bajarilishi: 1 ta probirka olib, unga 2 ml tuxum oqsilidan solinadi, keyin shuncha hajmda o’yuvchi natriydan va 1-2 tomchi mis sulfat eritmasidan solinadi. Bunda ko’k – binafsha yoki qizil – binafsha rang hosil bo’ladi.
Ningidrin reaksiyasi
Ningidrin reaksiyasini – amino guruhga ega bo’lgan aminokislotalar beradi. Oqsillar, polipeptidlar va aminokislotalar ningidrin bilan qaynaganda ko’k yoki ko’k – binafsha rang hosil qiladi. Ningidrin reaksiyasi - aminoguruhni aniqlash uchun eng aniq usul hisoblanadi. Reaksiyaning mohiyati shundan iboratki, aminokislotalar va peptidlar ningidrin bilan reaksiyaga kirishib, oksidlanishli dezaminlanishga va dekarboksillanishga uchraydi:
Qaytarilgan 2 molekula ningidrin bilan ammiak reaksiyaga kirishib, bo’yalgan birikma hosil qiladi.
Reaktivlar: a) oqsil eritmasi, b) glitsinning 0,1%-li suvdagi eritmasi, v) ningidrinning 0,1% li spirtdagi eritmasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |