Ishning bajarilishi: 3 ta probirka olib, 1- probirkaga 1 ml sulfat kislota, 2 - probirkaga 1 ml nitrat kislota, 3 - probirkaga esa 1 ml xlorid kislotadan quyiladi. Probirkalarni 45° ostida qiyshaytirib, probirka devori bo’ylab oqsil eritmasidan solinadi. Kislota va oqsil chegarasida oq halqa hosil bo’ladi. Probirkalar sekinlik bilan chayqatiladi va 1-probirkaga qo’shimcha sulfat kislota, 2-probirkaga nitrat kislota, 3-probirkaga esa xlorid kislota qo’shiladi. Oqsil cho’kmasi sulfat va xlorid kislotada qayta erib ketadi, nitrat kislotada erimaydi. Bu reaksiya oqsilni tezlik bilan aniqlashda qo’llaniladi. Masalan, siydikdagi oqsilni bilish uchun shu reaksiya qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |