UGLÅVODLAR ALMASHINUVI
Ovqat tarkibiga kiruvchi uglevodlar va ularning funksiyasi
Uglevodlar tabiatda keng tarqalgan organik moddalar bo‘lib,
o‘simliklar tanasining quruq og‘irligini 70-80% ini, inson va hayvonlar
organizmining taxminan 2% ini tashkil etadi. Uglevodlar inson
organizmida miqdoran juda oz bo‘lsa ham, katta ahamiyatli
funksiyalarni bajaradi:
ENÅRGÅTIK FUNKSIYASI – uglevodlar inson organizmi uchun
asosiy energetik modda, chunki organizmning normal rivojlanishi uchun
talab etiladigan energiyaning taxminan 60% uglevodlarning organizmda
parchalanishdan hosil bo‘ladi. Miya faoliyati uchun esa asosiy energiya
manbai glyukoza hisoblanadi.
PLASTIK FUNKSIYASI – uglevodlar hujayra membranasi, nuklein
kislotalar, kofermentlar, murakkab oqsillar, biriktiruvchi to‘qima va
boshqalar tarkibiga kiradi.
HIMOYA FUNKSIYASI – uglevodlarga boy so‘lak va boshqa shilliq
sekretlar qizilo‘ngach, oshqozon, ichak, bronxlarning ichki devorlarining
turli mexanik shikastlanishlaridan; patogen bakteriyalar va viruslar
kirishidan asraydi.
BOSHQARUV FUNKSIYASI – ovqat tarkibidagi murakkab
uglevodlarga mansub kletchatka ichaklarni mexanik ta’sirlantiradi va
peristaltikani kuchaytiradi. Shuning uchun ich qotish kuzatilganda
tarkibida kletchatkasi ko‘p bo‘lgan qora non iste’mol qilish tavsiya
etiladi.
SPÅSIFIKLIK FUNKSIYASI – uglevodlarning ayrim vakillari qon
gruppalarining spetsifikligini ta’minlash: antitelalarning hosil bo‘lishi;
nerv impulslarini o‘tkazish kabi muhim jarayonlarda qatnashadi.
ZAXIRA OZIQ MODDALIK FUNKSIYASI – kraxmal
(o‘simliklarda) va glikogen (hayvon va inson organizmida) zahira oziq
moddalarga kiradi. Ulardan glikogen jigar va muskul to‘qimasida
to‘planib, lozim bo‘lganda sarflanadi. Glikogen glyukozaning
vaqtinchalik deposidir.
205
Organizm bir sutkada, tarkibida 400-600 g uglevod mavjud bo‘lgan
oziq-ovqat qabul qilishi kerak. Uglevodlar, asosan, glyukoza va uning
unumlaridan tashkil topgandir. Bu organik moddalarning 1844-yili
«uglevodlar» deb atalishini Derpt (hozirgi Tartu) universitetining
professori K. Shmidt taklif etgan. Bu nomga ko‘ra uglevodlar «C»
(uglevod) va H
2
O (suv) dan tashkil topadi va umumiy formulasi
Cn(H
2
O)m dir. M: glyukozaning emperik formulasi C
6
H
12
O
2
bo‘lib, u
yuqoridagi formulaga qo‘yilganda C
6
(H
2
O)
6
holatga ega bo‘ladi. Ammo,
uglevod bo‘lmagan ba’zi organik moddalar, jumladan, laktat (sut
kislotasi) – C
3
H
6
O
3
va sirka kislotasi CH
3
COOH ya’ni C
2
(H
2
O)
2
– sirka
kislotasi (56-rasm).
Shuning uchun 1927-yili ximik nomenklaturalarning reforma qilish
komissiyasi bu gruppa organik moddalarni «glitsidlar» deb nomlashni
taklif qilgan. Ammo hozirgacha «uglevodlar» termini fanda saqlanib
kelgan. Uglevodlar tuzilishiga ko‘ra 3 guruhga bo‘linadi:
a) monosaxaridlar;
b) disaxaridlar (hamda oligosaxaridlar);
c) polisaxaridlar
Monosaxaridlar – gidrolizlanmaydigan (eng sodda) uglevodlar
bo‘lib, ularga: triozalar (3ta «C» li) - 3-fosfoglitseraldegid;
tetrozalar (4 ta «C» li) - eritroza;
peptozalar (5 ta «C» li) - riboza. dezoksiriboza;
geksozalar (6 ta «C» li) - glyukoza, fruktoza, galaktozalar kiradi.
Trioza, tetroza, peptozalar asosan, glyukozaning to‘qimada
parchalanishidan hosil bo‘ladilar. Monosaxaridlardan glyukoza, tabiatda
keng tarqalgan aldegidospirt bo‘lib, disaxarid va polisaxaridlarning
asosiy komponentidir.
Glyukozadan tashqari hayvonlar va odam organizmida qisman erkin
holatda, asosan esa di- va polisaxaridlar tarkibida fruktoza, galaktoza
kabi monosaxaridlar ham uchraydi.
Monosaxaridlar oksidlanish qobiliyatiga ega bo‘lib, bunda 6-atomli
spirt yuzaga keladi (masalan, D-glyukoza qaytarilganda 6-atomli spirt
– sorbitol hosil bo‘ladi).
Uglevodlar organizmda fosforlanish kabi muhim hususiyatga ega
bo‘lib, ularning fosforli efirlari modda almashuvida nihoyatda katta rol
o‘ynaydi. Masalan, geksozomonofosfat (glyukoza-fosfat, fruktoza-
fosfat); geksozo-difosfat (fruktoza-1,6-difosfat).
Monosaxaridlar yana aminoqandlar hosil qiladilar; bunda
monosaxariddagi gidroksil gruppalardan biri H
2
N-guruh bilan o‘rin
almashadi. Bu aminoqandlar asosan muko‘polisaxaridlar tarkibiga
kiradi.
206
Disaxaridlarga: saxaroza (glyukoza va fruktozadan tashkil topgan);
laktoza (glyukoza va galaktozadan); maltoza (ikki molekula
glyukozadan) kiradi.
Polisaxaridlar tuzilishlariga ko‘ra gomopolisaxaridlar va
geteropolisaxaridlarda bo‘linadilar. Gomopolisaxaridlarga glikogen,
kraxmal, kletchatka, sellyulozalar kiradi. Ular glyukoza qoldiqlaridan
tashkil topgan biopolimerlardir. Tuzilishida bir xil monosaxarid
qatnashgani uchun bunday polisaxaridlarni gomopolisaxaridlar deydilar.
Geteropolisaxaridlar (muko‘polisaxaridlar) monosaxarid va ularning
unumlaridan tashkil topib, tarkiblariga qarab 2 ga bo‘linadilar:
a) kislota xossali muko‘polisaxaridlar;
b) neytral muko‘polisaxaridlar.
Hozirda kislota xossali muko‘polisaxaridlarni glikozamin-glikanlar
deb ataydilar va ular proteoglikanlarning uglevodli qismini tashkil
etadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |