Krebs siklining biokimyoviy funksiyalari
1. Integrativ funksiyasi – Krebs sikli metabolik «kollektor»
(yig‘uvchi) vazifasini o‘tab, uglevodlar va oqsillarning katabolik yo‘lini
birlashtiradi.
2. Amfibolik funksiyasi – Krebs sikli ikki xil funksiyani bajaradi.
a) katabolik – atsil qoldig‘ining parchalanishi, karbonat angidridi va
suv ajralib chikishi.
b) anabolik – atsetil KoA va oksalatsetatdan birikish reaksiyasi
natijasida murakkab modda sitrat hosil bo‘lishi, Krebs siklining
substratlaridan glyukoza, aminokislotalar yog‘ kislotalari va boshqalar
sintezlanishi.
3. Energetik funksiyasi – Krebs sikli reaksiyalarining borishi
natijasida 1 mol atsetil KoA ning parchalanishidan 12 mol ATF
sintezlanadi.
4. Vodorod donor (vodorod generator) funksiyasi – Krebs sikli nafas
zanjiri uchun vodorodning asosiy generatori hisoblanadi. Bu siklda 4
juft vodorod atomlari hosil bo‘lib, ulardan 3 jufti NAD bilan, bir jufti
esa FAD bilan birikadi. Oshqozon fundal bezlarining hujayralirda
vodorod protonlari elektron tashish zanjiriga emas, balki xlorid kislota
sinteziga sarflanadi.
204
X BOB
Do'stlaringiz bilan baham: |