TARKIBNING DOIMIYLIK QONUNI
1781 yilda A.Lavuaze karbonat angidridi gazini 10 xil usul bilan hosil qilib, gaz tarkibidagi uglerod va kislorod massalari orasidagi nisbat(CO2) 3:8 ekanligini aniqladi.
Bundan har qanday kimyoviy toza modda qaysi va qanday usulda olinishidan qat’iy nazar o’zgarmas sifat va miqdoriy tarkibga ega degan xulosa chiqarildi.
1803 yilda fransuz olimi Bertole qaytar reaksiyalarga oid tekshirishlar asosida kimyoviy reaksiya vaqtida hosil bo’ladigan birikmalarning miqdoriy tarkibi reaksiya uchun olingan dastlabki moddalarning massa nisbatlariga bog’liq bo’ladi degan xulosa chiqardi.
Fransuz olimi J.P.Prust Bertolening yuqoridagi xulosasiga qarshi chiqdi.
U kimyoviy toza birikmalarning miqdoriy tarkibi bir xil bo’lishini o’zining juda ko’p tajribalarida isbotlab berdi va 1809 yilda tarkibning doimiylik qonunini quyidagicha ta’rifladi:
"Har qanday kimyoviy toza birikma, olinish usulidan qat’iy nazar, o’zgarmas sifat va miqdoriy tarkibga ega . Masalan, toza suvni bir necha xil usul bilan olish mumkin:
1) vodorod va kisloroddan sintez qilib:
2H2 + O2 = 2H2O
2) neytrallanish reaksiyasi asosida:
NaOH + HCl = H2O + NaCl
3) metanni yondirib:
CH4 + 2O2 = CO2 + 2H2O
4) kristallogidratni parchalash:
CuSO4 * 5H2O =5 H2O + CuSO4
5) gidroksidlarni qizdirish:
Cu(OH)2 = CuO + H2O
6) kislotalarni parchalash:
H2SiO3 = H2O + SiO2
7) oksidlar bilan kislotalar reaksiyasi natijasida:
ZnO + H2SO4 = ZnSO4 + H2O
Hosil bo’lgan suvlarning tarkibida 11,11% vodorod va 88,89% kislorod bo’lib, suv 0 o C da muzlaydi, 100 o C da qaynaydi, 4,5o C da zichligi 1 g/sm3 ga teng, o’zgarmas elektr o’tkazuvchanlikka va qovushqoqlikka ega. Bu qonunga molekulyar tuzilishli moddalar - gaz, suyuqlik va oson suyuqlanadigan qattiq moddalar bo’ysunadi.
Barcha noorganik moddalarning faqat 5% gina molekulyar tuzilishga ega.Molekulyar tuzilishli moddalar qatoriga inert gazlar(1 atomli), O2 , N2,F2,Cl2,H2 va bosqalar(2 atomli), suv, ammiak, metan, uglerod oksidlari kiradi(ko’p atomli). Bunday moddalarning tarkibi doimiy bo’ladi.
Mavjud anorganik moddalarning 95% molekulyar tuzilishga ega emas.Bunday moddalar tarkibi atomlardan, ionlardan tashkil topgan.Shuning uchun ular nomolekulyar tuzilishga ega.
Zamonaviy tekshrishlar asosida ko’pdan ko’p moddalar o’zgaruvchan tarkibga ega ekanligi aniqlandi.Masalan,titan oksidi TiO1,8 dan TiO 1,2 gacha , mis(1) oksidi tarkibi Cu1,8O dan Cu2O gacha , temir(11) oksidi Fe0,89O danFe0,95O gacha,TiO1,46 TiO1,56 gacha o’zgarishi aniqlangan.Bunday moddalar d-elementlarning oksidlari,gidridlari,karbidlari,nitridlari va sulfidlari orasida keng targalgan. Ular k’opincha ravshan rangli,yarim o’tkazgich xossasiga ega, ularning reaksion qobiliyati va katalitik aktivligi ancha yuqori. O’zgaruvchan tarkibli moddalar xossalarini tekshirgan N.S.Kurnakov taklifiga ko’ra o’zgaruvchan tarkibli birikmalar bertolidlar deb, o’zgarmas , ya’ni molekulyar tarkibli birikmalar daltonidlar deb ataladigan bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |