Bino va inshootlar



Download 15,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/74
Sana17.07.2022
Hajmi15,99 Mb.
#817722
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   74
Bog'liq
umk-sanoat-binolari-lotin-1

Poydevorlar to‘sinlari.
Inshootning tashqi va ichki o‘zaklarini ko‘taruvchi 
devorlari poydevorlar ustida o‘rnatiladi. Devorlar yuklari poydevorlar to‘sinlari 
orqali poydevorlar zinasiga o‘matilgan maxsus ustunchalarga uzatiladi. 
Asosiy poydevorlar to‘sinlari balandliklari, ustunlar qadami 6 m bo‘lganda 450 
mm. 12 m bo‘lganda 600 mm qabul qilinib, enlari 260, 
300. 400 va 520 mm ni tashkil etadi (
8.3-rasm
). Bu oichamlar sanoat binolari 
uchun keng tarqalgan devorlar qalinliklariga mos tusliadi. 


105 
8.3-rasm.
Ishlab chiqarish binolarining temir-beton poydevorlari. 1—
poydevorlar turlari: a-quyma; b-yig‘ma; d- shunday kavklar bilan; e-qoziqli; 11-
poydevor to‘sinlari; III-poydevor to‘sinlarini tayantirish, bunda: a—yig‘ma 
ustuncha orqali; b—chiqib turuvchi armatura orqali; d-ustunlar qatori tashqi 
tomoni bo‘yicha: 1-ustuncha; 2-poydevor; 3-poydevor to‘sini; 4-beton qatlam; 5-
tashqi devor; (>tashqi devor atrofi to‘shamasi (otmaska); 7-qumli yoki shag‘alli 
to‘kma. 
To‘sinlarning ustki sathlari pol sathidan 30-50 mm pastda, tekislangan er 
sathidan esa taxminan 150 mm balandda turishi lozim. To‘sinlar bo‘ylab namdan 
muhofazalash ishlari bajariladi. Bino atrofida to‘sinlar bo‘ylab otmaska 
o‘rnatiladi. 
Poydevorlar to‘sinlarining kesimlari tavr, trapetsiya va to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida ishlab chiqariladi. 
7-ma’ruza: Sanoat binolarida foydalaniladigan ko‘tarma transport 
vositalari.Kran osti to‘sinlari. Sanoat binolarining bog‘lovchi to‘sinlari. 
Tayanch so‘z va iboralar: 
: osma kranlar, ko‘prikli kranlar, strelali kranlar
 
Reja:
3.
Osma kranlarning yuk ko‘tarish qobiliyati. 
4.
Ko‘prikli kranlarning yuk ko‘tarish qobiliyati. 
Sanoat binosi ichida yarim fabrikat yoki tayyor mahsulotlarni bir joydan 
ikkinchi bir joyga ko‘chirish, ishchilar og‘ir qo‘l mehnatini engillashtirish va biron 
bir texnologik dastgoxlarni yig‘ish va montaj qilish ishlarini ko‘tarma transport 
vositalari yordamida amalga oshiriladi. 
Ko‘tarma transport uskunalari ishlash usuliga ko‘ra ikki guruxga, ya’ni vaqti-
vaqti bilan ishlaydigan hamda uzluksiz ishlaydigan turlarga ajraladi. 
Birinchi guruhga osma vosita (relsda yuruvchi osma kranlar) ko‘prikli kran, 
erda yuruvchi transport (chorpoyali kran, elektrokara, o‘rmalovchi aravalar) kabilar 
kirsa, ikkinchi guruxga esa konveyerlar (tasmali, cho‘michli, kurakchali, ko‘tarma 
zanjirli), pnevmatik (siqilgan havo) va gidravlik transport vositalari kiradi. 
Sanoatda ko‘plab qo‘llaniladigan osma va ko‘prikli kranlar binolarning hajmiy-
rejalashtirish va konstruktiv echimlariga ko‘proq ta’sir etadi (1.3.-rasm.) 


106 
Osma kranlar massalari 250 kg dan 500 kg gacha bo‘lgan yuklarni ko‘tarish va 
bir joydan ikkinchi joyga o‘tkazib qo‘yish uchun mo‘ljallangan engil ko‘prikdan yoki 
to‘sindan iborat bo‘lib, ular yopmasining ko‘taruvchi konstruksiyasiga (to‘sin yoki 
fermaga) ilingan bo‘ladi. Bunday kranlar g‘altakli ikki yoki to‘rt osma profilli po‘lat 
yo‘lda harakatlanuvchi elektrotaldan iborat bo‘ladi. Oraliqlar o‘lchami yoki yopmalar 
ko‘taruvchi konstruksiyalari qadamiga qarab binoda bir yoki bir necha kranlar 
o‘rnatilishi mumkin. Kranlarni sex polida turib yoki ko‘prikka ilingan mahsus 
kabinadan boshqariladi. Ko‘prik kranlar sex ishchi oralig‘ini to‘liq yopib turuvchi 
ko‘taruvchi ko‘prikdan, kranni kranosti yo‘l bo‘yicha harakat qildiruvchi 
mexanizmdan va ko‘prik bo‘yicha yuruvchi aravachadan, hamda ko‘prikka 
o‘rnatilgan boshqarish kabinasidan iborat bo‘ladi. Sanoatda 5 t dan 500 t gacha yuk 
ko‘tara oladigan bunday kranlar ustunlar tokchasiga o‘rnatilgan kranosti to‘sinlar 
ustiga qotirilgan relslar ustida harakatlanadi. Relslar orasi unifikatsiyalangan bo‘lib, 
bu masofa bino oraliqlari 12: 18: 24: 30 va 36 metr bo‘lgan hollarda shularga mos 
holda 10,5: 16,5: 28,5 va 34,5 m. bo‘ladi. Bunday kranlarda yuklarni bir joydan 
ikkinchi joyga uch yo‘nalishda ko‘chirish mumkin. 
1.3 rasm. Bir oraliqli, ko‘tarma transport jihozlari o‘rnatilgan
sanoat binolarining qirqimda ko‘rinishi: 
a-osma kran bilan jihozlangan; v-ko‘prikli kran bilan jihozlangan; 
1-ko‘taruvchi to‘sin; 2-harakatlanuvchi mexanizm; 3-osma yo‘l; 4- elektrotal; 
5-kranchi kabinasi; 6-kranni yo‘l bo‘yicha harakatlantiruvchi mexanizmi; 
7-ko‘taruvchi kran; 8-yuk ko‘taruvchi mexanizm bilan jihozlangan aravacha;
9-kranosti yo‘li; 10-elektr tok o‘tkazgichlar. 
Ustunlarni ajratish o‘qlari bilan kran yuruvchi relsi o‘qlari orasidagi masofa 
ko‘pincha 750 mm qilib olinadi. 
Kranlarning asosiy texnikaviy parametrlari, yuk ko‘tarish qobiliyati va 
gabaritlari 
Davlat 
Standartlari 
yordamida 
aniqlanadi. 
Bunda 
kranlarning 


107 
samaradorligini tanlashda ular bir yo‘lda sarflanadigan harajatlar solishtirilmasdan, 
foydalaniladigan paytida bo‘ladigan chiqimlarni ham hisobga olinib tanlanadi. 
Ramali tizim. Sinchning ramali tizimida yukni ustun va rigellar qabul qiladi. 
Rigellar ustunlarga bikir biriktiriladi, natijada fazoviy tizim hosil bo‘ladi. Qavatlar 
soni ortishi bilan shamol kuchi ta’sirida pastki qavat ustun va rigellarida vujudga 
keladigan eguvchi momentlar ham ortib boradi, bu esa ustun va rigellar kesimini 
kattalashtirishni talab etadi. Bu hol bino konstruksiyalarini birxillashtirishni 
(unifikatsiya) qiyinlashtiradi, shuning uchun ramali tizimlar 8 qavatdan baland 
bo‘lgan binolarda qo‘llanilmaydi. Ramali tizimlarda gorizontal yuklarni to‘laligicha 
ko‘ndalang ramalar qabul qiladi, shuning uchun ular ana shu kuchlar ta’siriga 
hisoblanadi. 
Rama – bog‘lagichli tizim. Balandligi 8 qavatdan ortiq bo‘lgan binolarda 
gorizontal yuklarni bikir tugunli ramalar va vertikal joylashgan bikirlik elementlari, 
vertikal yuklarni esa ramalar va qisman bikirlik elementlari qabul qiladi. Bunday 
elementlar sifatida odatda temirbeton devorlar – diafragmalar yoki metaldan 
ishlangan bog‘lagichlar qo‘llaniladi. Loyihalash tajribasining ko‘rsatishicha rama–
bog‘lagichli tizimlardagi vertikal diafragmalar gorizontal kuchlarning 80...90 % ini, 
agar biroz kuchaytirilsa, 100 % ini o‘ziga qabul qila olar ekan. Rama – bog‘lagichli 
tizimlarda gorizontal kuchlar tashqi devorlar orqali qavatlararo yopmalarga uzatiladi. 
YOpmalar gorizontal diafragma sifatida ishlab, bosimni vertikal diafragmalarga 
uzatadi. 
Vertikal 
diafragmalar 
gorizontal 
kuchlar 
ta’sirida, poydevorga 
mahkamlangan konsol singari ishlaydi. Vertikal diafragmalarning bikirligi kamroq 
bo‘lsa, gorizontal kuchlarning bir qismini ko‘ndalang ramalar qabul qiladi. Rama – 
bog‘lagichli tizimlarni seysmik hududlarda keng qo‘llash tavsiya etiladi. 
Bog‘lagichli tizim. Bunday tizimda vertikal yuklarni ramalar va qisman 
diafragmalar qabul qiladi. Rigel bilan ustunning tutashuv tuguni kichik qiymatli 
momentni qabul qila oladigan qilib ishlanadi.
Sanoat binolari ichida yuklarni ko‘chirish ko‘taruvchi-tashuvchi transport 
jihozlari yordamida amalga oshiriladi. Transport turi sanoat binosioiing 
konstruktiv va hajm-rejaviy echimiga ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘taruvchi transport 
jihozlarini to‘g‘ri tanlash esa ko‘p jihatdan sanoat binosining texnik-iqtisodiy 
ko‘rsatgichlarini oldindan aniqlaydi. 
Sex ichi transporti ikki guruhga bo‘linadi: davriy harakatdagi transport, 
uzluksiz harakatdagi transport. 
Birinchi guruhga er usti relssiz (avtokara, avtoyuklagicl») va relsli 
transporti, osma transport (chig‘ir, langarcha, osma kranlar, ko‘prik kranlar) 
kiradi. 


108 
Ikkinchi guruhga barcha turdagi konveerlar, pnevmatik va gidravlik 
transportiari kiradi. 
Sex ichi yuk ko‘targich va tashigichlarini tanlash binodagi texnologik 
jarayon. yukning tavsifi va ishlab chiqarish jarayonini zamonaviylashti- rish 
masalalaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Iloji boricha binoning 
konstruktiv va hajm-rejaviy echimiga ta’sir etmaydigan yuk ko‘taruvchi va 
tashuvchi jihozlar - pol usti relssiz, osma, konveerli, pnevmatik va gidravlik 
transportiari qo‘llashga. ko‘prik va boshqa bi- noni zamonaviylashtirishga 
to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan transport vositalaridan voz kechishga 
harakat qilish zarur. 
CHig‘ir.
Qo‘l yoki elektr bilan yuritiladigan (
telfer),
ko‘chmas va 
ko‘chma. ochiq va yopiq bo‘lmali (xonali) chig‘irlar sanoat binolarida 
ishlatiladi. 
Langar.
Bu aravaga biriktirilgan chig‘ir bo‘lib, qo‘shtavrli to‘siq- ning 
pastki tokchasi
 {monorels)
bo‘ylab zanjirli uzatma yordamida qo‘lda yuritiladi. 


109 
Langarlarning yuk ko‘tarish qobiliyati L—10 t. Lan- garlar, asosan ko‘tarish 
rnexanizini, harakatlanuvchi mexanizmli arava- cha va ilmoqli halqa kabi 
uchta bo‘g‘indan iborat. CHig‘ir va langarlar tor yo‘lkali ish joyida monorels 
bo‘ylab xizmat ko‘rsatadi. bu ularning kamchiligi hisoblanadi. 

Download 15,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish