Faxverk ustunlar va ustunlar orasidagi bog‘lovchilar
1.
Faxverk ustunlar
2.
Ustunlar orasidagi bog‘lovchilar
Ramali tizim. Sinchning ramali tizimida yukni ustun va rigellar qabul qiladi.
Rigellar ustunlarga bikir biriktiriladi, natijada fazoviy tizim hosil bo‘ladi. Qavatlar
soni ortishi bilan shamol kuchi ta’sirida pastki qavat ustun va rigellarida vujudga
keladigan eguvchi momentlar ham ortib boradi, bu esa ustun va rigellar kesimini
kattalashtirishni talab etadi. Bu hol bino konstruksiyalarini birxillashtirishni
(unifikatsiya) qiyinlashtiradi, shuning uchun ramali tizimlar 8 qavatdan baland
bo‘lgan binolarda qo‘llanilmaydi. Ramali tizimlarda gorizontal yuklarni to‘laligicha
ko‘ndalang ramalar qabul qiladi, shuning uchun ular ana shu kuchlar ta’siriga
hisoblanadi.
Rama – bog‘lagichli tizim. Balandligi 8 qavatdan ortiq bo‘lgan binolarda
gorizontal yuklarni bikir tugunli ramalar va vertikal joylashgan bikirlik elementlari,
vertikal yuklarni esa ramalar va qisman bikirlik elementlari qabul qiladi. Bunday
elementlar sifatida odatda temirbeton devorlar – diafragmalar yoki metaldan
ishlangan bog‘lagichlar qo‘llaniladi. Loyihalash tajribasining ko‘rsatishicha rama–
bog‘lagichli tizimlardagi vertikal diafragmalar gorizontal kuchlarning 80...90 % ini,
agar biroz kuchaytirilsa, 100 % ini o‘ziga qabul qila olar ekan. Rama – bog‘lagichli
tizimlarda gorizontal kuchlar tashqi devorlar orqali qavatlararo yopmalarga uzatiladi.
YOpmalar gorizontal diafragma sifatida ishlab, bosimni vertikal diafragmalarga
uzatadi.
Vertikal diafragmalar gorizontal kuchlar ta’sirida, poydevorga mahkamlangan
konsol singari
ishlaydi. Vertikal diafragmalarning bikirligi kamroq bo‘lsa, gorizontal
kuchlarning bir qismini ko‘ndalang ramalar qabul qiladi. Rama – bog‘lagichli
tizimlarni seysmik hududlarda keng qo‘llash tavsiya etiladi.
96
Bog‘lagichli tizim. Bunday tizimda vertikal yuklarni ramalar va qisman
diafragmalar qabul qiladi. Rigel bilan ustunning tutashuv tuguni kichik qiymatli
momentni qabul qila oladigan qilib ishlanadi.
Asosiy karkas chetki qatorlarning ustunlarini geometrik o‘qlari binoning
ko‘ndalang bo‘lish o‘qlaridan 500 mm ichkariga suriladi. CHetki devorlarning
ichki sirtlari esa ko‘ndalang bo‘lish o‘qlari bilan ustma-ust tushishi darkor
(nolli bog‘lanishi). SHunday echim qabul qilinganda chetki devorlarning
faxverk ustunlarini erkin joylashtirishga. qo‘shimcha yopmalarisiz bino toinini
bajarishga imkoniyat topiladi.
Ustunlar qadami va bino oraliqlari o‘lchamlari devor panellari
uzunligidan katta bo‘lgan holda, devor panellarini o‘rnatish uchun faxverk deb
ataluvchi qo‘shimcha ustunlar o‘rnatiladi. Faxverk temirbeton yoki po‘lat
to‘sinlardan, ba’zida havonlardan tashkil topadi.
Yirik panelli devorlar va yig‘ma temir-beton karkasda faxverk
faqat tik elementlar - temirbeton yoki po‘lat ustunlardan iborat bo‘ladi.
Faxverk elementlari devor massasi va unga ta’sir etuvchi yuklarni
qabul qilib, karkasga uzatadi.
20-rasm.
Karkas elementlariga tik bog‘lamalarni mahkamlash: a-bino bo‘ylama
qirqimida joylashtirish; b—tik bog‘lovchi ferma; v ustunga tortqichni mahkamlash: 1 -ustun;
2-ko‘taruvchi yopmaning ustki tasmasi; 3—o‘rnatma; 4—tik bog‘lovchi ferma; 5-faxverkli
ustun: 6 metalli taxtacha; 7-payvand choklari; 8-yopmaning ko‘taruvchi konstruksiyasi; 9-
temir-beton tortqich: 10-zulfinli bolt.
97
11.2-rasm
Ko‘p qavatli sanoat binosi osma devorining konstruktiv
echimi: a-fasad detali; b-devor konstruksiyasi; 1- faxverk; 2-polistirol; 3-
gazobelonli plita (50 mm); 4-havo qatlami (40 mm); 5-ohakli suvoq (20 mm);
6-g‘ishtli terma: 7-tasmali po‘lat; (20*5 mm); 8-produx; 9-to‘sin.
Faxverk elementlari poydevorlarga bikr o‘rnatiladi, tepa qismi esa
karkasga sharnirli ulanadi. Faxverkdagi kuchlar karkasga erkin beriladigan va
karkasdagi yuklar esa faxverkka berilmaydigan qilib, ulanish konstruksiyasi
amalga oshiriladi, ya’ni ulanish sirpanuvchi tayanch echimida bajariladi.
Baland ishlab chiqarish inshootlarida faxverk ustunlarining ustu-
vorligini oshirish uchun kran osti to‘sinlari sathida yotiq shamol fermalari
o‘rnatiladi.
Vertikal bog‘lanishlar sanoat binolari karkaslarining bo‘ylama yo‘nalishda
bikrligini ta’minlaydi.
Harorat va boshqa ta’sirlardan hosil bo‘ladigan zo‘riqish kuchlarini kamaytirish
va ularni konstruksiyasini elementlararo taqsimlanishini ta’minlaydigan bunday
vertikal bog‘lanishlarni temperatura bloki o‘rtasida joylashgan ustunlar oralig‘iga
o‘rnatiladi. Bunda ustunlar qadami 12m va 18m bo‘lgan hol uchun esa “peshtoq”
(portal) ko‘rinishdagi bog‘lanishlar qo‘llaniladi (2.10-rasm).
98
2.10-rasm. Ustunlararo vertikal bog‘lanishlar va harorat choklarini o‘rnatish:
a – “X”-simon bog‘lanish;
b – peshtoqli bog‘lanish;
Bog‘lanishlar soni shamol va kran tormoz kuchini katta kichikligiga, yopma
konstruksiyasiga “storopil osti to‘sini yoki fermasini bor yoki yo‘qligiga qarab”,
ustunlar qadami, tom yopmasini turiga “tekis yoki nishabli” qarab belgilanadi.
Nisbatan past binolar (7-8m) ustunlari oralig‘iga (er silkinishi kuzatilmaydigan
joylarda) vertikal bog‘lanishlarni qo‘ymasa ham bo‘ladi. Bog‘lanishlarni prokat
metallardan “shveller, burchaklik” tayyorlanib, ularni ustunlarga payvandlash orqali
yoki boltlar yordamida qotiriladi.
Ramali tizim. Sinchning ramali tizimida yukni ustun va rigellar qabul qiladi.
Rigellar ustunlarga bikir biriktiriladi, natijada fazoviy tizim hosil bo‘ladi. Qavatlar
soni ortishi bilan shamol kuchi ta’sirida pastki qavat ustun va rigellarida vujudga
keladigan eguvchi momentlar ham ortib boradi, bu esa ustun va rigellar kesimini
kattalashtirishni talab etadi. Bu hol bino konstruksiyalarini birxillashtirishni
(unifikatsiya) qiyinlashtiradi, shuning uchun ramali tizimlar 8 qavatdan baland
bo‘lgan binolarda qo‘llanilmaydi. Ramali tizimlarda gorizontal yuklarni to‘laligicha
ko‘ndalang ramalar qabul qiladi, shuning uchun ular ana shu kuchlar ta’siriga
hisoblanadi.
99
Rama – bog‘lagichli tizim. Balandligi 8 qavatdan ortiq bo‘lgan binolarda
gorizontal yuklarni bikir tugunli ramalar va vertikal joylashgan bikirlik elementlari,
vertikal yuklarni esa ramalar va qisman bikirlik elementlari qabul qiladi. Bunday
elementlar sifatida odatda temirbeton devorlar – diafragmalar yoki metaldan
ishlangan bog‘lagichlar qo‘llaniladi. Loyihalash tajribasining ko‘rsatishicha rama–
bog‘lagichli tizimlardagi vertikal diafragmalar gorizontal kuchlarning 80...90 % ini,
agar biroz kuchaytirilsa, 100 % ini o‘ziga qabul qila olar ekan. Rama – bog‘lagichli
tizimlarda gorizontal kuchlar tashqi devorlar orqali qavatlararo yopmalarga uzatiladi.
YOpmalar gorizontal diafragma sifatida ishlab, bosimni vertikal diafragmalarga
uzatadi.
Vertikal
diafragmalar
gorizontal
kuchlar
ta’sirida, poydevorga
mahkamlangan konsol singari ishlaydi. Vertikal diafragmalarning bikirligi kamroq
bo‘lsa, gorizontal kuchlarning bir qismini ko‘ndalang ramalar qabul qiladi. Rama –
bog‘lagichli tizimlarni seysmik hududlarda keng qo‘llash tavsiya etiladi.
Bog‘lagichli tizim. Bunday tizimda vertikal yuklarni ramalar va qisman
diafragmalar qabul qiladi. Rigel bilan ustunning tutashuv tuguni kichik qiymatli
momentni qabul qila oladigan qilib ishlanadi.
Bog‘lamalar sanoat binolarining bikrligini ta’minlash, yotiq kuchlarni qabul
qilish uchun xizmat qiladi. Amaliyotda tik va yotiq bog‘lamalar qo‘llaniladi (
8.18-
8.20-rasmlar
). Birinchisi ustunlar va tom yopma konstruksiyalar o‘rtasida
o‘rnatiladi va bino karkasining geometrik o‘zgarmasligi hamda bikrligini
ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |