90
Bir qavatli sanoat binolari temir beton ustunlari tokchali yoki tokchasiz (ko‘prik
kranlar bilan jihozlangan holda) holda bo‘lishi mumkin.
Ularni bino tarxida
joylashishiga qarab o‘rta va chekka qator ustunlariga ajratiladi (2.13-rasm).
Ustunlar kesimi to‘g‘ri to‘rt burchakli, tavr profilida va ikki ko‘rinishga ega
bo‘ladi. Ustun ko‘ndalang kesimi o‘lchamlari unga tushayotgan yuk miqdoriga
bog‘liq bo‘ladi. Ustunlar kesimi unifikatsiyalangan bo‘lib, to‘g‘ri to‘rt
burchak
kesimli ustunlar uchun 400x400: 400x600: 400x800: 500x500: 500x600:
500x800mm, kesimi tavr profilida bo‘lgan ustunlar uchun kesimi uchun esa
400x1000: 500x1000: 500x1300: 500x1400: 500x1500: 600x1400: 600x1400: va
600x2400mm qilib olinadi. Bunda ustunlarni balandligi bo‘yicha mahsus detallar
o‘rnatilgan bo‘lib, ularga devor panellarini qotirish ko‘zda tutiladi (2.14-rasm).
Ustunlar qurilish maydonlarida yig‘iladigan bir necha qismdan iborat bo‘lishi ham
mumkin.
Ustunlarni koordinatsiya o‘qlariga bog‘lash muhim ahamiyatga ega bo‘lib,
unifikatsiya qilingan
elementlarni montaj qilish, yig‘ma konstruksiyalar orasidagi
tirqishlar va choklarni hisobga olish uchun modul o‘lchamlar ko‘zda tutilgan bo‘ladi.
(2.14-rasm).
Tokchali ustunlar kran usti va kran osti shoxlardan iborat bo‘ladi. Kran usti
shohlari kesimi ko‘pincha kvadrat yoki to‘g‘ri to‘rt burchakli bo‘lib, 400x400: yoki
500x500mm qilib olinadi. Bu ustunlarni sinfi V20-V40 bo‘lgan
yuqori sifatli
betonlardan hamda har xil sinfdagi armaturalardan tayyorlanadi.
Ustun uzunligi sex balandligi va ustunning poydevori ichiga tushiriladigan
qismi to‘rt burchakli ustunlar uchun: agar bino ko‘prik kran bilan jihozlanmagan
bo‘lsa, 750mm; agar bino ko‘prik kran bilan jihozlangan bo‘lsa, 850mm; ikki shoxli
ustunlar uchun bu kattalik sex balandligi 10,8m bo‘lganda – 900mm;
sex balandligi
10,8 metrdan yuqori bo‘lgan hol uchun – 1000mm; ikki shoxli ustunlar uchun 1050
va 1350mm qilib olinadi.
2.13-rasm. Bir qavatli sanoat binolari temir beton ustunlarining asosiy xillari:
a – ko‘ndalang kesimi to‘g‘ri to‘rt burchakli ustunlar qadami 6m bo‘lgan
kransiz binolarda qo‘llaniladigan ustun;
b – bu ham, ustunlar qadami 12m bo‘lganda qo‘llaniladigan ustun;
91
v – ikki tarmoqli, ko‘proq kransiz binolarda qo‘llaniladigan ustun;
g – ko‘ndalang kesimi to‘g‘ri to‘rt burchakli bo‘lib, ko‘prik krani bilan
jihozlangan binoda qo‘llanadigan ustun;
d – bular ham, faqat qo‘sh tavrli kesimga ega bo‘lgan ustunlar;
e – ikki tarmoqli ko‘prik krani bilan jihozlangan binolarda ishlatiladi;
j – ustun umumiy ko‘rinishi.
1– yopma ko‘taruvchi konstruksiyalarni qotirishda ishlatiladigan zakladka
detali;
2 – 3 – bular ham, kran osti balkasini qotirishda ishlatiladi
4 – bu, ham devor panelini qotirishda ishlatiladi.
2.14a-rasm. Ustunlarda o‘rnatilgan mahsus quyma (zakladka) detallari va anker
boltlarining joylashishi
a – kransiz binolarning chetki qatorlari uchun;
b – kransiz binolarning o‘rta qatorlari uchun;
v – kranli binolarning chetki qatorlariga mo‘ljallangan to‘g‘ri
burchakli
ustun;
g – kranli binolarning o‘rta qatorlariga mo‘ljallangan to‘g‘ri burchakli
ustun;
92
d – kranli binolarning chetki qatorlariga mo‘ljallangan ikki tarmoqli ustun.
1. – quyma detallari
2. – po‘lat kallak
3. – anker boltlar
4. – konsol sirtidagi quyma detal
5. – ustun chetidagi quyma detal
2.14-rasm. Bir qavatli sanoat binolarining ustun va devorlarini koordinatsiya
o‘qlariga bog‘lash.
a – ustunlarni o‘rta o‘qlarga bog‘lash;
b,v –
bularda ham, ustun va devorlarni chekka bo‘ylama o‘qlarga
bog‘lash;
g,e – bularda ham bino to‘ri qismidagi ustun va devorlarni va harorat
choki ko‘ndalang joylashgan joydagi ustunlarni ko‘ndalang o‘qlarga bog‘lash;
j,i – oraliqlar balandligi bir xil bo‘lgan binolardagi bo‘ylama holda
joylashgan harorat choklari ustunlarni bo‘ylama o‘qlarga bog‘lash;
k,m – bularda ham parallel joylashgan oraliqlar
balandligi har xil
bo‘lgan joylardagi bog‘lanishlar;
p,t – ko‘taruvchi devorlarni bo‘ylama koordinatsiya o‘qlariga bog‘lash
– har xil balandlikdagi oraliqlarni baland oralig‘ini ustuni
93
– ko‘ndalang holda joylashgan baland oraliq to‘ri bilan taqalgan balandligi
pastroq bo‘lgan oraliq ustuni.
Bir qavatli sanoat binolarining karkaslari, odatda. ustunlar va yopma- laming
ko‘taruvchi konstruksiyalaridan iborat bo‘lgan ko‘ndalang rama- larva bo‘ylama
elementlar: poydevor. kran osti, bog‘lama to‘sinlari, to‘sin
osti konstruksiyalari
hamda yopma plitalardan tashkil topadi (
7.1-rasm).
8.1-rasm.
Bir qavatli ishlab chiqarish binolarining temir-beton ustunlari: a-bir
shoxli to‘rtburchak kesimli - chetki va o‘rta; b-shunday, ikki shoxli.
8.