Poydevorlar to‘sinlari.
Inshootning tashqi va ichki o‘zaklarini ko‘taruvchi
devorlari poydevorlar ustida o‘rnatiladi. Devorlar yuklari poydevorlar to‘sinlari
orqali poydevorlar zinasiga o‘matilgan maxsus ustunchalarga uzatiladi.
Asosiy poydevorlar to‘sinlari balandliklari, ustunlar qadami 6 m bo‘lganda 450
mm. 12 m bo‘lganda 600 mm qabul qilinib, enlari 260,
300. 400 va 520 mm ni tashkil etadi (
8.3-rasm
). Bu oichamlar sanoat binolari
uchun keng tarqalgan devorlar qalinliklariga mos tusliadi.
105
8.3-rasm.
Ishlab chiqarish binolarining temir-beton poydevorlari. 1—
poydevorlar turlari: a-quyma; b-yig‘ma; d- shunday kavklar bilan; e-qoziqli; 11-
poydevor to‘sinlari; III-poydevor to‘sinlarini tayantirish, bunda: a—yig‘ma
ustuncha orqali; b—chiqib turuvchi armatura orqali; d-ustunlar qatori tashqi
tomoni bo‘yicha: 1-ustuncha; 2-poydevor; 3-poydevor to‘sini; 4-beton qatlam; 5-
tashqi devor; (>tashqi devor atrofi to‘shamasi (otmaska); 7-qumli yoki shag‘alli
to‘kma.
To‘sinlarning ustki sathlari pol sathidan 30-50 mm pastda, tekislangan er
sathidan esa taxminan 150 mm balandda turishi lozim. To‘sinlar bo‘ylab namdan
muhofazalash ishlari bajariladi. Bino atrofida to‘sinlar bo‘ylab otmaska
o‘rnatiladi.
Poydevorlar to‘sinlarining kesimlari tavr, trapetsiya va to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida ishlab chiqariladi.
7-ma’ruza: Sanoat binolarida foydalaniladigan ko‘tarma transport
vositalari.Kran osti to‘sinlari. Sanoat binolarining bog‘lovchi to‘sinlari.
Tayanch so‘z va iboralar:
: osma kranlar, ko‘prikli kranlar, strelali kranlar
Reja:
3.
Osma kranlarning yuk ko‘tarish qobiliyati.
4.
Ko‘prikli kranlarning yuk ko‘tarish qobiliyati.
Sanoat binosi ichida yarim fabrikat yoki tayyor mahsulotlarni bir joydan
ikkinchi bir joyga ko‘chirish, ishchilar og‘ir qo‘l mehnatini engillashtirish va biron
bir texnologik dastgoxlarni yig‘ish va montaj qilish ishlarini ko‘tarma transport
vositalari yordamida amalga oshiriladi.
Ko‘tarma transport uskunalari ishlash usuliga ko‘ra ikki guruxga, ya’ni vaqti-
vaqti bilan ishlaydigan hamda uzluksiz ishlaydigan turlarga ajraladi.
Birinchi guruhga osma vosita (relsda yuruvchi osma kranlar) ko‘prikli kran,
erda yuruvchi transport (chorpoyali kran, elektrokara, o‘rmalovchi aravalar) kabilar
kirsa, ikkinchi guruxga esa konveyerlar (tasmali, cho‘michli, kurakchali, ko‘tarma
zanjirli), pnevmatik (siqilgan havo) va gidravlik transport vositalari kiradi.
Sanoatda ko‘plab qo‘llaniladigan osma va ko‘prikli kranlar binolarning hajmiy-
rejalashtirish va konstruktiv echimlariga ko‘proq ta’sir etadi (1.3.-rasm.)
106
Osma kranlar massalari 250 kg dan 500 kg gacha bo‘lgan yuklarni ko‘tarish va
bir joydan ikkinchi joyga o‘tkazib qo‘yish uchun mo‘ljallangan engil ko‘prikdan yoki
to‘sindan iborat bo‘lib, ular yopmasining ko‘taruvchi konstruksiyasiga (to‘sin yoki
fermaga) ilingan bo‘ladi. Bunday kranlar g‘altakli ikki yoki to‘rt osma profilli po‘lat
yo‘lda harakatlanuvchi elektrotaldan iborat bo‘ladi. Oraliqlar o‘lchami yoki yopmalar
ko‘taruvchi konstruksiyalari qadamiga qarab binoda bir yoki bir necha kranlar
o‘rnatilishi mumkin. Kranlarni sex polida turib yoki ko‘prikka ilingan mahsus
kabinadan boshqariladi. Ko‘prik kranlar sex ishchi oralig‘ini to‘liq yopib turuvchi
ko‘taruvchi ko‘prikdan, kranni kranosti yo‘l bo‘yicha harakat qildiruvchi
mexanizmdan va ko‘prik bo‘yicha yuruvchi aravachadan, hamda ko‘prikka
o‘rnatilgan boshqarish kabinasidan iborat bo‘ladi. Sanoatda 5 t dan 500 t gacha yuk
ko‘tara oladigan bunday kranlar ustunlar tokchasiga o‘rnatilgan kranosti to‘sinlar
ustiga qotirilgan relslar ustida harakatlanadi. Relslar orasi unifikatsiyalangan bo‘lib,
bu masofa bino oraliqlari 12: 18: 24: 30 va 36 metr bo‘lgan hollarda shularga mos
holda 10,5: 16,5: 28,5 va 34,5 m. bo‘ladi. Bunday kranlarda yuklarni bir joydan
ikkinchi joyga uch yo‘nalishda ko‘chirish mumkin.
1.3 rasm. Bir oraliqli, ko‘tarma transport jihozlari o‘rnatilgan
sanoat binolarining qirqimda ko‘rinishi:
a-osma kran bilan jihozlangan; v-ko‘prikli kran bilan jihozlangan;
1-ko‘taruvchi to‘sin; 2-harakatlanuvchi mexanizm; 3-osma yo‘l; 4- elektrotal;
5-kranchi kabinasi; 6-kranni yo‘l bo‘yicha harakatlantiruvchi mexanizmi;
7-ko‘taruvchi kran; 8-yuk ko‘taruvchi mexanizm bilan jihozlangan aravacha;
9-kranosti yo‘li; 10-elektr tok o‘tkazgichlar.
Ustunlarni ajratish o‘qlari bilan kran yuruvchi relsi o‘qlari orasidagi masofa
ko‘pincha 750 mm qilib olinadi.
Kranlarning asosiy texnikaviy parametrlari, yuk ko‘tarish qobiliyati va
gabaritlari
Davlat
Standartlari
yordamida
aniqlanadi.
Bunda
kranlarning
107
samaradorligini tanlashda ular bir yo‘lda sarflanadigan harajatlar solishtirilmasdan,
foydalaniladigan paytida bo‘ladigan chiqimlarni ham hisobga olinib tanlanadi.
Ramali tizim. Sinchning ramali tizimida yukni ustun va rigellar qabul qiladi.
Rigellar ustunlarga bikir biriktiriladi, natijada fazoviy tizim hosil bo‘ladi. Qavatlar
soni ortishi bilan shamol kuchi ta’sirida pastki qavat ustun va rigellarida vujudga
keladigan eguvchi momentlar ham ortib boradi, bu esa ustun va rigellar kesimini
kattalashtirishni talab etadi. Bu hol bino konstruksiyalarini birxillashtirishni
(unifikatsiya) qiyinlashtiradi, shuning uchun ramali tizimlar 8 qavatdan baland
bo‘lgan binolarda qo‘llanilmaydi. Ramali tizimlarda gorizontal yuklarni to‘laligicha
ko‘ndalang ramalar qabul qiladi, shuning uchun ular ana shu kuchlar ta’siriga
hisoblanadi.
Rama – bog‘lagichli tizim. Balandligi 8 qavatdan ortiq bo‘lgan binolarda
gorizontal yuklarni bikir tugunli ramalar va vertikal joylashgan bikirlik elementlari,
vertikal yuklarni esa ramalar va qisman bikirlik elementlari qabul qiladi. Bunday
elementlar sifatida odatda temirbeton devorlar – diafragmalar yoki metaldan
ishlangan bog‘lagichlar qo‘llaniladi. Loyihalash tajribasining ko‘rsatishicha rama–
bog‘lagichli tizimlardagi vertikal diafragmalar gorizontal kuchlarning 80...90 % ini,
agar biroz kuchaytirilsa, 100 % ini o‘ziga qabul qila olar ekan. Rama – bog‘lagichli
tizimlarda gorizontal kuchlar tashqi devorlar orqali qavatlararo yopmalarga uzatiladi.
YOpmalar gorizontal diafragma sifatida ishlab, bosimni vertikal diafragmalarga
uzatadi.
Vertikal
diafragmalar
gorizontal
kuchlar
ta’sirida, poydevorga
mahkamlangan konsol singari ishlaydi. Vertikal diafragmalarning bikirligi kamroq
bo‘lsa, gorizontal kuchlarning bir qismini ko‘ndalang ramalar qabul qiladi. Rama –
bog‘lagichli tizimlarni seysmik hududlarda keng qo‘llash tavsiya etiladi.
Bog‘lagichli tizim. Bunday tizimda vertikal yuklarni ramalar va qisman
diafragmalar qabul qiladi. Rigel bilan ustunning tutashuv tuguni kichik qiymatli
momentni qabul qila oladigan qilib ishlanadi.
Sanoat binolari ichida yuklarni ko‘chirish ko‘taruvchi-tashuvchi transport
jihozlari yordamida amalga oshiriladi. Transport turi sanoat binosioiing
konstruktiv va hajm-rejaviy echimiga ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘taruvchi transport
jihozlarini to‘g‘ri tanlash esa ko‘p jihatdan sanoat binosining texnik-iqtisodiy
ko‘rsatgichlarini oldindan aniqlaydi.
Sex ichi transporti ikki guruhga bo‘linadi: davriy harakatdagi transport,
uzluksiz harakatdagi transport.
Birinchi guruhga er usti relssiz (avtokara, avtoyuklagicl») va relsli
transporti, osma transport (chig‘ir, langarcha, osma kranlar, ko‘prik kranlar)
kiradi.
108
Ikkinchi guruhga barcha turdagi konveerlar, pnevmatik va gidravlik
transportiari kiradi.
Sex ichi yuk ko‘targich va tashigichlarini tanlash binodagi texnologik
jarayon. yukning tavsifi va ishlab chiqarish jarayonini zamonaviylashti- rish
masalalaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Iloji boricha binoning
konstruktiv va hajm-rejaviy echimiga ta’sir etmaydigan yuk ko‘taruvchi va
tashuvchi jihozlar - pol usti relssiz, osma, konveerli, pnevmatik va gidravlik
transportiari qo‘llashga. ko‘prik va boshqa bi- noni zamonaviylashtirishga
to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan transport vositalaridan voz kechishga
harakat qilish zarur.
CHig‘ir.
Qo‘l yoki elektr bilan yuritiladigan (
telfer),
ko‘chmas va
ko‘chma. ochiq va yopiq bo‘lmali (xonali) chig‘irlar sanoat binolarida
ishlatiladi.
Langar.
Bu aravaga biriktirilgan chig‘ir bo‘lib, qo‘shtavrli to‘siq- ning
pastki tokchasi
{monorels)
bo‘ylab zanjirli uzatma yordamida qo‘lda yuritiladi.
109
Langarlarning yuk ko‘tarish qobiliyati L—10 t. Lan- garlar, asosan ko‘tarish
rnexanizini, harakatlanuvchi mexanizmli arava- cha va ilmoqli halqa kabi
uchta bo‘g‘indan iborat. CHig‘ir va langarlar tor yo‘lkali ish joyida monorels
bo‘ylab xizmat ko‘rsatadi. bu ularning kamchiligi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |