Osma kranlar
(
kran to‘sin
) binolarning oraliq o‘lchami 30 m ga- cha
bo‘lgan hollardaqo‘llaniladi. Ularning asosi po‘latdan ishlangan va chetlari
g‘altaklarga o‘matilgan qo‘shtavrli balkadan iborat.
Tom yopma ko‘taruvchi konstruksiyalarga osilgan monorelsda bino
uzunligi bo‘ylab kran to‘sin harakatlanadi. Kran to‘sinning pastki tok- chasida
esa uning uzunligi bo‘ylab ilmoqli yuk ko‘targich harakat qiladi.
Ko‘prik kranlar.
Bular, asosan, bir qavaili sanoat binolarida ishlatiladi.
Ularning boshqaruvi sodda bo‘lib. oddiy elektr iste’mol tizimi- dan iborat.
Biroq ko‘prik kranlar o‘rnatiladigan bo‘lsa, unda binoning balandligini
oshirishga va konstruktiv echimini murakkablashtirishga to‘g‘ri keladi.
Bunday kraniarning yuk ko‘tarish qobiliyati 630 t gacha etadi. Kichik
yuk ko‘taruvchi kranlar 5 t gacha, o‘rtachasi — 5-50 t, kattasi - 250 t va undan
ortiq yukka mo‘ljallanadi.
Ko‘prik kranlar 50 m oraliqqacha o‘rnatiladi. Ko‘prik kranlar il- moqlar,
yukli elektromagnitlar, lampalar va boshqa maxsus yuk tutuv- chi jihozlardan
iborat boiadi. Ko‘prik kranlar g‘altaklarga o‘rnatilgan ko‘prikdan, ko‘taruvchi
va ko‘chuvchi mexanizmi bo‘lgan aravadan tashkil topadi.
Ko‘prik kranlar karkas ustunlari rafaqiga yoki devor pilyastriga tayangan
ko‘targich osti to‘sini ustida o‘rnatilgan relsda sex uzunligi bo‘ylab
harakatlanadi, yuk ko‘tarishadi va tashishadi. Ular mustaqil elektr yuritgichga
(
dvigatel)
ega. Ko‘prik kranni boshqarish kranchi tomonidan ko‘prikka
o‘rnatilgan yoki ochilgan kabinadan amalga oshiriladi.
Ko‘prik kraniarning metallurgiya sanoati uchun ishlatiladigan maxsus
turlari ham mavjud. SHuningdek, maxsus kranlar ham bo‘lib, ularga rafaqli-
aylanma, rafaq-g‘altakli, kran-taxlamli, chorpoyali kranlar misol bo‘ladi. Ular
maxsus vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan bo‘lib. sanoat inshootlarida
qo‘llaniladi.
Xona hajmidan maqsadli foydalanish va kranni erkin harakatla- nishini
ta’minlash uchun bino o‘lchamlari va ko‘taruvchi-transport jihozlarining
o‘lchamlari o‘zaro bog‘lanadi.
Binoning har bir prolyoti uchun faqat bitta asosiy kran oralig‘i
o‘rnatiladi. Bu o‘lcham 1,5 m (1-guruh kranlar uchun Q<50 t) — 2,0 m (2-
guruh kranlar uchun- Q>50 t) ni tashkil etadi. YUk ko‘targich yo‘li bo‘ylab
o‘tish yo‘lagi o‘rnatiladigan bo‘lsa, bu o‘lcham 2,0 m ni tashkil etadi. Bino
prolyoti (L) va kran oralig‘i (Lk) quyidagicha bog‘lanadi:
Bu erda: v - bino o‘rnini belgilovchi o‘qdan yuk ko‘targich osti relsi
o‘qigacha bo‘lgan masofa; uning kattaligi ko‘prik kranning yuk ko‘tarish
qobiliyatiga, uning ish tartibiga, o‘tish yo‘lagining bor- yo"qligiga bog‘liq.
Agar kranning yuk ko‘targich miqdori 50 t bo‘lsa, v= 750 mm; 50 t dan ortiq
bo‘lsa, v= 1000 mm va undan ortiq (250 mm ga Jcarrali olinadi).
YUk ko‘targichlarning harakatlanish-to‘xtash jarayonida binoda tik va
gorizontal yo‘nalishdagi yuklar paydo bo‘ladi. Tik yukla- nisMar
konstruksiyalarni hisoblash davrida e’tiborga olinsa, gorizontal yuklar
«bog‘lamalar» o‘rnatish yo‘li bilan neytrallanadi. Bunday «bog‘lamalar»
binoning birligini ta’minlash uchun xizmat qiladi.
110
50> Do'stlaringiz bilan baham: |