1-savolga javob
:
Prokariotlar — yadrosi to‘liq shakllanmagan organizmlar ya’ni, haqiqiy yadroga ega emas. Irsiy
belgilar nukleotidlarda joylashgan. DNK— dezoksiribo nuklein kislota halqasimon shaklda bo‘ladi. Jinsiy
ko‘payish kuzatilmaydi. Hujayra markazi va mitotik ipbo‘lmaydi. Hujayra amitoz yo‘l bilan bo‘linadi.
Hujayrada plastida va mitoxondriyalar uchramaydi. Hujayra qobig‘i mureindegan moddadan tashkil topgan.
odatda ba’zi vakillaridagi xivchin oddiy tuzilgan. Prokariotlarning ko‘pchiligi erkin azotni o‘zlashtirish
xususiyatiga ega. oziqlanish oziq moddalarning hujayra qobig‘i orqali shimib olinishi bilan kechadi. Hazm
qiluvchi vakuolalar bo‘lmaydi, ba’zan gazli vakuo lalar uchraydi. Bakteriyalar va ko‘k-yashil suv o‘tlari
prokariotlar hisoblanadi. Haqiqiy yadroga ega bo‘lgan organizmlarga eukariotlar deyiladi. Yadrodagi irsiy
material xromosomalarda joylashgan. Jinsiy va jinssiz yo‘l bilan ko‘pa ya di, ba’zan urug‘lanmasdan
ko‘payish (partenogenez) ham ro‘y beradi. Hujayra markazi va mitotik markaziy ip mavjud, hujayraning
bo‘linishi mitoz yo‘li bilan boradi, ular plastidalar va mitoxondriyalarga ega bo‘lib, shuningdek, yaxshi
rivojlangan endoplazmatik to‘r mavjud. Xipchinlari murakkab tuzilgan. Atmosferadagi erkin azotni
o‘zlashtirmaydi. Asosan aeroblar, ba’zi bir turlarigina ikkilamchi anaeroblar hisoblanadi. oziqlanishi shimish
yo‘li bilan avtotrof va geterotrof. Hazm qiluvchi vakuolalarga ega. Eukariotlarga o‘simliklar,
zamburug‘lar va hayvonot dunyosi kiradi. Zamburug‘ va hayvonlarning o‘simliklardan farqi ular
geterotrof usulda oziqlanadi.
2-savolga javob
:
Uglevodlar tabiatda keng tarqalgan organik birikmalar bo‘lib, ular umumiy Cn(H
2
O)m formula bilan
ifodalanadi. «Uglevod» atamasining nomi tarkibidagi vodorod va kislorodning o‘zaro nisbati xuddi suv
molekulasiga o‘xshashligidan kelib chiqqan.Uglevodlar tirik organizmlar hayotida muhim ahamiyatga ega
birikma lardir. Ular oqsillar, nuklein kislotalar va yog‘larni hosil bo‘lishida alohida ahamiyatga ega.
Uglevodlarning ko‘pchiligi o‘simliklarda zaxira modda sifatida to‘planadi. Masalan, paxta tolasini,
kanop o‘simligi po‘stlog‘ini selluloza deb ataluvchi polisaxarid tashkil qiladi. Kraxmal esa ildizmevali,
tugunakli o‘sim liklarda va donli o‘simliklarning urug‘larida zaxira modda sifatida to‘planadi. Hayvon
hujayralarida uglevodlarning miqdori kam bo‘lib, 1—2% ni, ba’zan 5% ni tashkil qiladi. O‘simlik
hujayralarida esa uglevodlar ko‘p miqdorda uchraydi va ayrim hollarda quruq massaning 95% dan
(paxta tolasida) iborat bo‘ladi. Uglevodlar ikki xil: monosaxarid va polisaxaridlarga bo‘linadi.
Monosaxaridlar oddiy uglevodlar yoki shakarlardir. Ulardan eng muhimlari glukoza (uzum shakari) va
fruktoza (meva shakarlari) hisoblanadi. Glukozaning qondagi miqdori 0,1—0,12% ga teng. Riboza
bilan dezoksiriboza ham monosaxaridlarga mansub va ular nuklein kislotalar tarkibida uchraydi.Ikkita
monosaxariddan tashkil topgan birikma disaxaridlar deb ataladi. Bularga saxaroza (qand lavlagi shakari),
maltoza (don shakari), laktoza (sut shakari) misol bo‘ladi.Ko‘p sonli monosaxaridlarning qo‘shilishidan
hosil bo‘lgan murakkab uglevod polisaxaridlar deb ataladi. Kraxmal, glikogen, selluloza kabi moddalar
polisaxaridlarga misol bo‘ladi. Paxta tolasi deyarli toza sellulozadan iborat. Bularning monomerlari
glukoza hisoblanadi.Polisaxaridlar tirik organizmlarda ikkita asosiy: qurilish va energetik vazifalarni bajaradi.
Xitin zamburug‘ hujayrasi tarkibida ham uchraydi.
Uglevodlar hujayraning asosiy energetik manbai hisoblanadi. 1 g uglevod parchalanganda 17,6 kj
energiya ajralishi aniqlangan. O‘simliklarda kraxmal, hayvonlarda glikogen zaxira modda sifatida
hujayralarda to‘planadi va bu moddalar ozuqa hamda energiya zaxirasi vazifasini o‘taydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |