13
keladi.O„simlik, hayvonlar to‟qima organlarining hosil bo‟lishini embriologiya fani
o‟rganadi. Ontogenezning genetik asoslarini tadqiq qiluvchi genetikaning
shohobchasi ontogenetika deb ataladi.
Har bir organizmning shaxsiy taraqqiyoti hujayradagi genetik dastur - genom
asosida amalga oshadi. Shaxsiy taraqqiyotning genetik dasturi deganda otalangan
tuxum hujayradan to organizm to‟liq voyaga yetishigacha bo‟lgan taraqqiyotni
belgilovchi genlar majmuasi tushuniladi. Prokariot
va bir hujayrali eukariot
organizmlarda gen bilan belgi o‟rtasidagi masofa qisqa. Ulardagi barcha belgi va
xossalar to‟g‟ridan-to‟g‟ri genlar faolligi, uni tartibga solish bilan belgilanadi.
Yuksak o‟simlik va hayvonlar, odamlarda esa gen bilan belgi orasidagi munosabat
murakkab. Ulardagi morfobiologik belgi - xossalar o‟zaro mustahkam bevosita,
bilvosita aloqada bo‟lgan hujayralar va ulardagi genlar faolligi natijasida ro‟yobga
chiqadi. Bunday jarayonlar zanjiri o‟zaro aralashib ketishiga qaramay, ulardagi
barcha yo‟nalishlar qat‟iyan muvofiq ravishda
amalga oshishi sababli
organizmning morfologik va funksional yaxlitligi ta‟minlanadi. Ontogenez birinchi
navbatda hujayralar sonining ortishi bilan aloqador. Otalangan tuxum hujayra —
zigota ontogenez taraqqiyot mobaynida son jihatdanortib u yangi tug‟ilgan
chaqaloqda 1014, katta odamda esa 1015-1016 ga yetadi. Genetik dastur asosida
yuksak hayvonlaming embrional, yopiq urug‟li o‟simliklaming yashash davrida
hujayralar tuzilishi va funksional jihatdan ixtisoslasha boradilar. Rus olimi
A.L.Zavarzin qayd etishicha embrional davrda hujayralar, to‟qimalar, organlaming
ixtisoslashishi bilan ular borgan sari o‟zlarining murakkabligini yo‟qotib,
organizmning tarkibiy qismlarining biriga aylana boradilar. Urug‟lanish davrida
tuxum va urug‟ hujayraning zigotani hosil etishdagi ulushi bir-biridan farq qiladi.
Zigota hosil bo‟lishida tuxum hujayra yadrosi bilan
birga har xil organoidli
sitoplazma, gen mahsulotlariga ega holatda bo‟lsa, urug‟ hujayra urug‟lanish
paytida tuxum hujayraga faqat o‟z yadrosini beradi xolos. Shunga kо„rа zigotani
bo‟linishi
va
dastlabki
blastomeralaming
rivojlanishi
ona
hujayra
xromosomalarining diploid to‟plamli chog‟ida sintezlangan sitoplazmadagi gen
mahsulotlari hisobiga amalga oshadi.
14
Binobarin ontogenez rivojlanishi dastlabki bosqichini ona hujayradagi diploid
to‟plamli xromosomada joylashgan genlar belgilab beradi. Shaxsiy taraqqiyotning
keyingi bosqichlarida esa ona hujayra genlari bilan bir qatorda zigotadagi ota
organizm genlari ham qatnashadi. Shaxsiy taraqqiyotda genetik nuqtai nazardan
genlar ta‟siri qanchalik zarur bo‟lsa, ulaming pleyotrop samarasi shunchalik uzoq
muddatli bo‟ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: