31
maslahat beradi. Sog‟lom bolaning dunyoga kehshi bir tomondan ota-onaning irsiy
omillariga, ikkinchi tomondan esa tashqi muhit omillariga bog‟liq. Irsiy
kasalliklami oldini ohshda faqat tibbiy genetik maslahat berish emas, balki atrof-
muhitni muhofaza qilish, ayniqsa uni radioaktiv moddalar bilan ifloslanishini
oldini olish muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga suvni, havoni, tuproqni sanoat,
transport, maishiy xizmat chiqindilari bilan ifloslanishiga yo‟l qo‟ymaslik zarur.
Xavfli o‟sma og‟ir kasallik sanaladi. Bu kasallik odamdan tashqari ko‟p
hujayrali hayvonlarda ham uchraydi. Xavfli o‟sma kasailigini boshlanish paytida
bilish nihoyatda qiyin. Shish 109 hujayralardan iborat bo‟lgandagina uni qo‟l bilan
paypaslab bilish va rentgen nurlari yordamida ko‟rish mumkin. Agar xavfli o‟sma-
shish 1012 hujayradan ortgan holda va hayot uchun nihoyatda zarur to‟qimalarda
rivojlansa bemor hayotdan ko‟z yumadi. Xavfli o‟sma-shish
hujayralari bemor
organizmidan sog‟organizmga transplantatsiya qilingan taqdirda u, xo‟jayin
tanasida ham ko‟payib uning hayotiga xavf soladi. Bu hodisa xavfli o‟sma
hujayralari avtonom ekanligidan dalolat beradi. Tanadagi normal hujayralar eskirib
qolishi mumkin. Xavfli o‟sma hujayralari esa doimo bo‟iinib ko‟payadilar ya‟ni
o‟Imaydilar. Odatda xavfli o‟sma-shish monoklonal ya‟ni genetik jihatdan
o‟zgargan yakka hujayradan hosil bo‟ladi. Xavfli o‟sma kasallik mohiyatini bilish
uchun nima sababdan hujayra milliard yillar mobaynida tarkib topgan normal
bo‟linish o‟miga jadal boiinishga o‟tishini aniqlashtirish kerak. Xavfli o‟sma
kasalligini aniqlashda uch xil:
1. Nima sababdan ayrim hujayralar jadal sur„atlarda boiinish va tarqalish
xususiyatiga ega;
2. Nima sababdan oiganizmning immun sistemasi hujayraning bunday boiinishini
nazorat qila olmaydi;
3. Xavfli o‟sma kasalligi paydo bo‟lishida genetik omillaming roli qanday? degan
savollarga duch kelinadi. Bu haqda so‟z yuritilar ekan avvalo ayrim oilalar
boshqa
oilalarga qaraganda xavfli o‟sma kasali bilan tez-tez kasallanishini eiiborga olish
kerak. Bunday oilalarda odamning xavfli o‟sma
kasalligiga moyilligi emas, balki
organizmdagi ayrim organning chunonchi me‟da, o‟pka, qizil o‟ngach, ko‟krak
32
bezi
va
boshqalaming
xavfli
o‟sma kasalligiga moyilligi kuzatiladi.
Laboratoriyalarda gomozigota hayvonlami olish va ular ustida maxsus tadqiqotlar
o‟tkazish xavfli o‟sma kasalini sabablarini bilishda katta muvaffaqiyatlarga
erishildi. Maium boiishicha ayrim gomozigota sichqonlarda xavfli o‟sma kasalligi
sodir boisa ham, boshqa gomozigota sichqonlar bunday kasallik bilan og‟rimaydi.
Tabiiyki konserogen omillar gamma, rentgen, ultra gunafsha nurlar, turli zaharli
kimyoviy moddalar organizmga ta‟sir etib gen, xromosoma
mutatsiyalami hosil
etadi.
Mutatsiyalar retsessiv holatda boigan taqdirda geterozigota organizmlar
fenotipida namoyon boimaydi. O‟xshash mutatsiyaga uchragan geterozigota
formalar o‟zaro chatishganda retsessiv zararli genlar gomozigota holatga o‟tib
fenotipda ko‟zga taslilanadi. Shu singari faktlar xavfli o „sma kasalini paydo
boiishi to‟g‟risidagi mutatsion nazariyani yaratish uchun asos boidi. Agar
konserogen moddalar ayrim hollarda xavfli o‟sma kasalini paydo qilmasligini
e‟tiborga olinsa mutatsion nazariya xavfli o‟sma kasalini paydo bo‟lishini toiiq
tushuntira olmasligiga ishonch hosil bo‟ladi. Fanda mutatsion nazariya bilan bir
qatorda xavfli o‟sma kasalini paydo bo‟lishi haqida virus-genetik
nazariya ilgari
surilgan. Mazkur nazariyaga muvofiq ayrim viruslar organizmda xavfli o‟sma
kasalini paydo qiladilar. Bunday viruslar onkogen viruslar nomini olgan.
Viruslarning xavfli o‟sma kasaiini paydo qilishi 1970-yillar davomida ixtiro
qilingan bo‟lsada, keyinchalik viruslami o‟zi emas, balki undagi ayrim genlar
ta‟siri tufayli xavfli o‟sma kasali rivojlanishi ma‟lum bo‟ldi. Bunday genlar 1981-
yili onkogen deb atala boshlandi. Onkogen virus va onkogenlami ixtiro qilinishi
virus nazariya uchun asos bo‟ldi. Bu nazariyaga ko‟ra hujayraga kirgan virus uning
genomiga joylashib avloddan avlodga berilishi va oiganizm uchun xavf
tug‟dirmasligi mumkin. Lekin oiganizmga har xil nurlar, yuqori harorat, boshqa
konserogen moddalar ta‟sir etishi natijasida xromosomada joylashgan viruslar
faollasliishi oqibatda hujayra beto‟xtov bo‟linib xavfli o‟sma kasalini paydo qilishi
mumkin. Dastlabki paytda virus nazariya unchahk ishonarli deb e‟tirof etilmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: