Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti biologiya fakulteti



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana04.06.2022
Hajmi0,83 Mb.
#634214
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sultonova Laylo 3-B kurs ishi.docx2 (2)

III Bob. Odam genomi.
XX asming ikkinchi yarmida molekular biologiya va genetikaning jadal 
rivojlanishi rekombinat DNK texnologiyasini yaratilishi tufayli juda ko‟p 
prokariot, eukariot organizmlarning genlar tuzilishi, soni, funksiyasi o‟rganildi va 
genetikaning yangi shoxobchasi — genomika shakllandi. Genomikaning asosiy 
vazifasi odam va boshqa organizmlar genomini tadqiq qilish va bu sohada olingan 
ma‟lumotlar asosida odam hayotini yaxshilashdan iborat. Genomika sohasidagi 
tadqiqotlar uch yo‟nalishda olib borilmoqda. Birinchi yo‟nalish stukturaviy 
genomika bo‟lib u genomdagi nukleotidlar izchilligi va ular ishtirokida 
sintezlangan oqsil molekulalari va ularning genlar funksiyasining tartibga solish 
mexanizmlarini o‟rganishgabag‟ishlangan. Shu bilan birgalikda funksional 
genomika hujayrada sintezlanadigan barcha oqsil molekulalarini tuzilishi, 
joylanish o'rni, o‟zaro aloqalarini tadqiq qilish, genomdagi genlar funksiyasini 
uyg‟unlashtirish, ya‟ni birlamchi iRNK va splaysing jarayonlari tufayli uning oqsil 
molekulasini sintezlash, tayyor xilini shakllanishini, nihoyat ontogenezda hujayra 
tabaqalanishi, to‟qima organlarining hosil bo‟lishini o‟rganish bilan ham 
shug‟ullanadi. Funksional genomika. Shunga ko‟ra genomikaning ikkinchi 
tadqiqot yo‟nalishi qiyosiy genomika deb atalib, uning asosiy vazifasi odam 
genomini tadqiq qilish bilan cheklanib qolmay viruslar, bakteriyalar, parazit 
o‟simliklar, hayvonlar, zam burug‟lar genom tilsimini aniqlashtirishga qaratilgan, 
hozirga qadar deyarli barcha viruslar genomi, 30 dan ortiq bakteriyalarning oqsil 
biosintezida qatnashadigan genom qismlari aniqlandi. 100 dan ortiq kasallik 
qo‟zg‟atuvchi organizmlar genomidan nukleotidlar izchilligini 
o‟rganish 
tugallanish bosqichida turibdi. Shu yul bilan respublika geninjener markaz 
laboratoriyamudiri, prof. Sh.S.Azimova boshliq olimlar jigar uchun o‟ta xavfli “B” 
sariq kasalligini qo‟zg‟atuvchi virusga qarshi vaksina yaratish ilmiy loyihasini 
yakunlab, hayotga tatbiq etdilar va xavfli sariq kasalining paydo bo‟lishining oldi 
olindi. Uchinchi yo‟nalish qiyosiy genomika. Genomikaning uchinchi yo‟nalishi 
odamning genetik xilma-xilligini tadqiq qilishga oiddir. Odamlar orasidagi 
genomning farqini aniqlash odamning kelib chiqishi bilan bog‟liq ilmiy 


22 
muammolarning yechimini topishga yo‟naltirilgan. Aniqlanishicha, turli 
odamlaming 10000 nukleotidida 9999 o‟zaro o‟xshash bo‟lib, bir nukleotid 
bo‟yicha farq bo‟ladi. Muhim oqsil molekulalarini yoki rRNK sintezida 
qatnashmaydigan genlar tarkibida bunday o‟zgarishlar kamdan kam uchraydi. 
Odamlar birga yashar ekan paydo bo‟lgan mutatsiya barcha odamlarga 
tarqalishi mumkin. Agar odamlar guruhi bo‟linib ketsa, ularning har bir guruhidagi 
mutatsiyalar to‟plana boradi. Hozirgi tasavvurlarga binoan paydo bo‟lgan 
ko‟pchilik mutatsiya organizm uchun foydali ham zararli ham emas. Ular tanlanish 
nazoratida bo‟lmaydilar va avloddan-avlodga berila boradilar. Odam 
populyatsiyadagi o‟zaro qarindoshlikni o‟rganishda yadro DNK va mitoxondriya 
DNK tuzilishidagi o‟zgarishlardan foydalaniladi. Odamdagi har bir mitoxondriya 
molekulasi 16500 nukleotidlar juftligidan iborat. Mitoxondriya DNK si onalik 
tomonidan irsiylanishi sababli rekombinatsiyada qatnashmaydi. Bu holat uni tahlil 
qilishda asqotadi. 1987- yili AQShdagi Kaliforniya universiteti olimi Alan Uilson 
o‟z hamkasblari bilan Afrika, Osiyo, Yevropa irqlariga mansub odamlar MtDNK 
sidagi nukleotidlar juftligini o‟rganib, uning Sharqiy Afrikada nihoyatda turlituman 
ekanligini aniqladi va unga asoslanib Homo sapiens Afrikada paydo bo‟lgan degan 
fikrni ilgari surdi. 
Наr bir genning oldingi va keyingi qismida mazkur gen qanday to‟qimani, 
rivojlanishning qaysi bosqichida qanday tashqi, icliki (masalan, gormonal) faoliyat 
ko‟rsatishi lozimligidan xabar beruvchi nukleotidlar izchilligi mavjud. Bunday 
boshqaruvchi qismlar gen yonidagina emas, balki DNKning retrovirus genomida 
ham uchraydi. Retroviruslarning ko‟pchiligi xo‟jayin DNK orasiga kirib unda 
ma‟lum lokuslarni egallaydi va DNK replikatsiya paytida kelgusi avlodlarga 
beriladi. Ko‟pgina viruslar ilgarigi odamlar genomiga joylashib olib o‟zlarining 
kasallik qo‟zg‟atuvchi funksiyasini yo‟qotganlar. Ana shunday retroviruslarning 
ba‟zilari genom bo‟ylab sakrab yuradilar. Ularning ayrimlari genning tartibga 
soluvchi qismiga ham joylashib olgan. Endogen retroviruslar odam DNKsining 3 
foizini tashkil etadi. Turli organizmlar, xususan odam genomining tilsimini ochish 
juda ko‟p kasallik qo‟zg‟atuvchilarining genomini tadqiq qilishga imkon beradi. 


23 
Endilikda shunday dorilar ishlab chiqarish kerakki, ular organizmning kasal geniga 
ta‟sir etib yuqori samara bersin. 
Genom tilsimi to‟g‟risidagi dasturni amalga oshirish juda murakkab bo‟lib, 
juda katta 
miqdordagi 
mablag‟ 
sarflashni 
hamda 
barcha 
rivojlangan 
mamlakatlardagi salohiyati yuqori bo‟lgan olimlarni birlashgan holdakelishib 
tadqiqot olib borishlarini talab etadi. Fikrimizning isboti uchun shuni ta‟kidlab 
o‟tamiz, faqatgina kishilar nazariga ilmaydigan, tuzilishi oddiy sanalgan achitqi 
zamburug‟i genomidagi nukleotidlar izchilligini aniqlashga dunyoning 96 
laboratoriyasidan 600 yirik olimlar jalb qilindi. Organizmlar genomini tadqiq qilish 
uchun 1990-yilda 60 mln dollar sarflangan bo‟lsa, 1998-yil 253 mln Amerika 
dollari sarflandi. Odam genomidagi nukleotidlar ketma-ketligini aniqlash natijasida 
odam hujayrasiga funksional genlarni kiritish orqali davolash texnologiyasi, ya‟ni, 
genlar terapiyasi ishlab chiqilgan. Binobarin odam genomini to‟la o‟rganish tufayli 
undagi irsiy kasalliklarni genlar terapiyasi yordamida davolash imkoniyatlari 
yanada ortadi. 
Immunitet organizm hujayralariga kirgan viruslar, bakteriyalar, parazitlar va 
boshqa yot narsalami bartaraf qilishga qaratilgan tirik mavjudotning himoya 
reaksiyasidir. Yot narsalar-antigenlarga nisbatan organizmning himoyalanish 
reaksiyasi tug‟ma va yashash davrida orttirilgan bo‟ladi. Tug‟ma immunitetda 
organizm o‟zidagi mavjud immun sistemasidan foydalanadi. Immunitet umurtqali 
hayvonlaming barcha sinf vakillari bo‟lmish — baliqlar, suvda va quruqlikda 
yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar, sutemizuvchilar va odamlarda 
rivojlangan. Immunitetning mohiyati shundan iboratki, organizmga biror bir yot 
narsa- antigen kirsa, bir muncha vaqtdan so‟ng ana shu yot narsani yo‟qotish uchun 
maxsus immun reaksiya hosil bo‟ladi. Boshqacha aytganda kasallik qo‟zg‟atuvchi 
yot narsa antigenga qarshi organizmning javob reaksiyasi paydo boiadi. Immun 
reaksiya antitana sintezi maxsus limfosit hujayralar membranasiga yot narsa 
antigen ta‟sir qilishi bilan boshlanadi. Limfosit hujayra suyak iligidan va 
ko‟migidan embrional o‟zak hujayralarining ketma-ket bo‟linishi tufayli hosil 
bo‟ladi. Limfosit ikki xil T(Te) va B(Bi) limfotsitlarga bo‟linadi. 


24 
Antigen ta‟sirida T limfositlar- dan limfoblast, B limfositlardan esa plazmatik 
hujayralar rivojlanadi. Limfoblast hujayralarda sintez qilingan antitana molekulasi 
hujayra ichida qolib, hujayra immunitetini ta‟minlaydi. Plazmatik hujayralarda 
sintez bo‟lgan antitana molekulalari hujayra tashqarisiga chiqariladi va ular qon 
tarkibida bo‟lgan antigen molekulalarga bog‟lanib ularni neytrallashtiradi. Limfosit 
hujayralarda sintezlangan antitanalar-immunoglobulin oqsil molekulalardir. 
Ajablanarlisi shuki, qonda organizmga kirgan har qanday yot narsa-antigenga mos 
bo‟lgan immunoglobulin sintez qilinadi. Antitana — immunoglobulinlar 
ikkitaog‟ir va yengil polipeptid zanjirlardan tashkil topgan. Ular o‟zaro kimyoviy 
yo‟l bilan birikkan. Polipeptidni og‟ir zanjiri yengil zanjirga nisbatan uzun va 
uning molekula massasi ham katta. Har bir polipeptid zanjir turg‟un va 
o‟zgaruvchan qismlardan iborat. Antitananing antigenga mosligini polipeptid 
molekulasining o‟zgaruv zanjiri belgilab beradi. Immunoglobulirdar sintezlanish 
jarayoni murakkab bo‟lib, ikki bosqichdan tashkil topgan.
Birinchi 
bosqich 
murtak 
hujayralaming 
tabaqalanishi 
va 
ulardan 
limfotsitlaming dastlabki formalarini sintezlashga to‟g‟ri keladi. Mazkur bosqichda 
immunoglobulin molekulasini og4r va yengil zanjirlarini sintezlovchi genlami 
rejalash boshlanadi. Bu genlar xali tabaqalashmagan zigotada tarqoq holatda 
boiadi. Bu genlarning bo‟laklari bir xromosomada boisada, bir-biridan uzoqda 
joylashgan. Bundan qismlami soni “yetilgan” genlarga nisbatan ortiqchadir. 
Bundan tashqari ba‟zi gen qismlari tuzilishi jihatdan farqlanadilar. Bu qismlar 
“yetilgan” genga to‟planishida har xil kombinatsiyalar hosil qiladi. Bo‟lajak 
genning og‟ir va yengil zanjirlari kombinatsiyalari bir-biridan mustasno ro‟y 
beradi, oqibatda genlaming turli kombinatsiyalari, variantlari yuzaga keladi. 
Natijada har xil tuzilishga ega limfotsitlar nihoyat antitanalar kelib chiqadi. 
Ikkinchi bosqich organizmga antigen tushishi bilan bogiiq. Organizmga tushgan 
yot antigenga mos antitanalami ishlab beradigan hujayralar jadal ko‟payadilar. Bir 
vaqtning o‟zida immunoglobulinlami ogir va yengil zanjirlarida mutatsion jarayon 
ro‟y beradi. Ana shu mutatsiyaga uchragan hujayralarda organizmga kirgan yot 
narsalar-antigen tabiatiga mos antitanalar tez ko‟payadi. Antitanalaming ajoyib 


25 
turli-tumanlik mexanizmi hamda antitanalarni antigen molekulasiga aniq moslik 
mexanizmi hali toiiq o‟rganilmagan va u jadal su„ratlar bilan tadqiq qilinmoqda. 
Bu sohada olingan ma‟lumotlar organizmning immun reaksiyasi o‟ta murakkab 
jarayon ekanligidan darak beradi. 
Odamlarda immun sistemasini sustlashishi oqibatida OITS bilan kasallanishga 
olib keladi. OITS dastlab 1981-yil AQSh dagi gomoseksual odamlarda aniqlangan. 
Awal spid kasalligi sabablari va yuqish yoilari no‟malum boigan. 1983-yilga kelib 
olimlar OITV kasalligiga sabab retrovirus ekanligini aniqlaganlar. Retrovirus RNK 
molekulasiga teskari transkriptaza fermenti ishtirokida DNK molekulasini 
sintezlaydi va genomga birikadi. DNK ga ega vims transkripsiyava hujayradan 
hujayra hosil bo‟lish natijasida virus zarrachalari yigiladi, “xo‟jayin” hujayrasi 
o‟ladi. OITV vimsi qonda, spermada, ona ко„кгак bezida, bachadon bo‟ynida, 
so‟lak va siydikda topilgan. OITV kasali qon, ona suti va jinsiy yoi orqali 
bemordan sog‟odamga oiishi mumkin. OITV og‟ir kasallik sanaladi. Bu kasalga 
chalingan bemorlarda immun sistema kasalligi sababli tashqi muhit zararli 
omillariga nisbatan organizmda immunitet hosil bo‟lmaydi va oqibatda bemor 
oladi. 


26 

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish