3.1 Tibbiyot genetikasi.
Turli mamlakatlarda o‟tkazilgan tadqiqotlar natijasida to‟plangan statistik
ma‟lumotlar aholining 5 foiziga yaqini ota-onalari, ajdodlarida ro‟y bergan
mutatsion o‟zgamvchanlik tufayli paydo bo‟lgan turli xil moifologik, fiziologik,
biokimyoviy kasalliklarga ega ekanligini ko‟rsatmoqda. Atrof-muhitning
ifloslanishi tufayli odamlarda uchraydigan irsiy kasalliklar soni yildan-yilga ortib
bormoqda. AStivensonning bergan maiumotlariga ko‟ra Shimoliy Irlandiyada
yangi tugilgan bolalaming 40% irsiy kasallikka chalingan bo‟lar ekan. Bularga
tabiiy abort natijalari (ular 14% ga yaqin) kirmaydi. Odamlarda uchraydigan irsiy
kasalliklar ikki toifaga: gen kasalliklari va xromosoma kasalliklariga ajratiladi.
Gen kasalliklari N.P.Bochkov, A.I.Zaxarov, V.I.Ivanov klassifikatsiyasiga binoan
monogen va poligen kasalliklarga bo‟linadi. Monogen kasalliklar o‟z navbatida
autosoma dominant, autosom retsessiv va jinsiy xromosoma bilan bog‟liq
kasalliklarga ajraladi.
2-rasm.
Gen kasalliklari nihoyatda ko‟p. Ularga misol qilib modda almashinishi bilan
bog‟liq boigan galaktozemiya, qandli diabet, fenilketonuriya, daltonizm,
gemofiliya kabi kasalliklarni ohsh mumkin. Xromosoma kasalliklari ayanchli
oqibatlarga olib keladi. Xromosoma kasalliklariga chalinganlar homilalik davridan
boshlab nobud boiadilar yoki tug‟ilgandan keyin oiadilar. Masalan, odamning 18
xromosomasining
uchta
boiishi
natijasida
paydo bo‟ladigan Edvards
27
sindromidabola kichik vaznda. chala tugilgan, nerv sistemasi rivojlanmagan, bosh
suyagi, ko‟z kosalari kichik, barmoqlari changak holda boiadi. Hayot kechirish
muddati ko‟pincha 6 oydan oshmaydi. 13 xromosomaning uchta boiishi tufayli
Patau sindromi hosil boiadi. Bunday bolaning vazni haddan tashqari kichik bo‟ladi,
yurak qon-tomir sistemasi buzilgan boiib, chaqaloq 3-4 oy yashaydi. Shershevskiy-
Temer, Daun, Klaynfelter sindromli bolalarda ham ko‟pgina irsiy anomaliyalar
kuzatiladi. Bolalaming irsiy kasalliklar bilan tugilish ehtimolini aniqlash, uning
oldini olish chora-tadbirlarini belgilashda tibbiy-genetik maslahat muhim ro‟l
o‟ynaydi.
Populyatsiya deyilganda tur tarqalgan arealning muayyan joyida uzoq muddat
mavjud bo‟lgan, o‟zaro erkin chatishib nasl beradigan, ayrim belgi-xossalari bilan
shu turga mansub boshqa populyatsiyalardan farq qiluvchi, nisbatan
alohidalashgan organizmlar yig‟indisi tushuniladi. Har bir populyatsiya tuming
kichik bir qismidir. Populyatsiyalardagi irsiy o‟zgarishlami tadqiq qiluvchi
genetikaning shohobchasi populyatsion genetika deb ataladi. Populyatsiyalami
genetik tomondan o‟rganish XX asming dastlabki yillaridan boshlangan. Rus olimi
S.S.Chetverikov 1926-yili chiqargan «Hozirgi zamon genetikasi nuqtai nazaridan
evolyutsion jarayonning ba‟zi bir tomonlari» degan maqolasida har bir
populyatsiya juda ko‟p yashirin va oshkor mutatsiyalarni qamrab olganligini
ta‟kidlagan. U birinchi bo‟lib populyatsiyaning genofondi tushunchasini fanga
joriy etdi va mazkur atama ostida populyatsiyaning genetik imkoniyatlarini
tushunish kerakligini ta‟kidladi. Olimlardan R.Fisherning «Tabiiy tanlanishning
genetik nazariyasi» (1930), N.P.Dubininning «Genetik-avtomatik jarayonlar va
ularning evolyutsiyadagi roli» (1931), S.Raytning «Mendelcha populyatsiyalardagi
evolyutsiya» (1932), N.P.Dubinin va D.D.Romashevning «Tuming genetik
tuzilishi va uning evolyutsiyasi» nomli asarlarida populyatsiya genetikasining
asoslari yaratildi.
O‟z-o‟zidan urugianuvchi populyatsiyalaming genetik strukturasi birinchi bor
V.Iogansen tomonidan o‟rganilib, uning natijalari 1903-yili aPo- pulyatsiya va toza
liniyalarda irsiylanish» nomli asarida eion qilingan. Vlogansen tajribalarida o‟z
28
o‟zidan changlanuvchi loviya (Phaseolus vulgaris) o‟simligi olinib, uning donining
og‟irligi tahlil qilindi. Bir loviya navini donlarining ogirligi oichanilib variatsiya
qatori tuzilganda, donlaming ogirligi 150 mg. dan 750 mg. gacha ekanligi maium
boidi. Bular ichidan 250-350 mg. va 550-650 mg. donlilar alohida populyatsiya
sifatida ajratib olinib ekildi. “Yengil” donli loviyalar populyatsiyasidan olingan
hosilda donning o‟rtacha og‟irligi 443,4 mg. bo‟lsa, uog'ir” donlilar
populyatsiyasidan olingan hosilda donning o‟rtacha og‟irligi 518,7 mg. ni tashkil
qildi. “Yengil” va “og‟ir” donli loviya populyatsiyalari 6-7 avlod ekilib ulami
donini o‟rtacha vazni oichanganda sezilarli darajada o‟zgarish ro‟y bermaganligi
maium bo‟ldi. Bu natija loviya navi genetik jihatdan farq qiluvchi o‟simliklardan
iborat ekanligi va harbir o‟simlik yangi “sof liniya” uchun asos boiishi
mumkinligini ko‟rsatdi. Shundan xulosa qilib aytish mumkinki o‟z o‟zidan
umgianuvchi
populyatsiyalar
mutatsion
o‟zgaruvchanliktufayli turli xil
genotiplardan tashkil topgan boisalarda, lekin ular o‟zaro chatishmaganliklari
sababli genotiplari nisbatan gomozigota holatida bo‟ladi.
Bakteriyalar, tuban ocsimliklarda jins bo‟lmaydi. Shunga kо‟rа ular boiinish
orqali ko‟payadilar. Organik olam evolyutsiyasining ma‟lum bosqichida yer yuzida
ayrim jinsli organizmlar paydo boigan. Ayrim jinsli organizmlaming paydo
bo‟lishi katta biologik ahamiyatga ega. Charlz Darvin ta„kidlashicha o‟z-okzidan
chatishish biologik jihatdan ziyon, chetdan chatishish esa foydalidir. Odatda
organizmlar chetdan chatishganda avlodlarda ota-ona oiganizmlaiga nisbatan irsiy
axborotining xilma-xilligini orttirish ro‟y beradi. Bu esa ulaming o‟zgargan muhit
sharoitiga moslanishida katta imkoniyatlar yaratadi. Jins muammosi bilan odamzot
qadimdan mashg‟ul bo‟lib kelishiga qaramay, faqat genetika fan sifatida
shakllangandan so‟ng bu muammo o‟z yechimini topdi. Jins-organizmning
gametalar hosil qilish orqali nasl qoldirish, irsiy axborotni kelgusi avlodga
uzatishni ta‟minlaydigan belgi va xossalar majmuasidir. Yuksak hayvonlarda har
xil jinsli oiganizmlami farqlantimvchi belgi-xossalar birlamchi va ikkilamchi jinsiy
belgilarga ajratiladi. Birlamchi jinsiy belgilarga organizmda gametalar hosil
bo‟lishi,
umg‟lanish
jarayoni va organizm rivojlanishini ta‟minlovchi
29
morfofiziologik xususiyatlar, tashqi va ichki jinsiy o^ganlar kiradi. Ikkilamchi
jinsiy belgilar erkak va urg‟ochi organizmlar gametalarini hosil qilishda, ulaming
o‟zaro qo‟shilib umg‟lanishni ta‟minlashda hamda jinsiy ko‟payishda bilvosita rol
o‟ynaydi. Qushlarning, sut emizuvchi hayvonlaming erkagi gavdasining yirik,
chiroyli bo‟lishi, odamlaming erkaklarida soqol, mo‟ylovning bo‟lishi, ovozning
yo‟g‟on bo‟lishi bunga misoldir. Ular birlamchi jinsiy bezlar tomonidan ajralgan
gormonlar ta‟sirida rivojlanadilar. Erkak va urg‟ochi oiganizmlar tashqi
ko‟rinishidagi tafovut jinsiy dimorfizm deyiladi. Jinsiy dimorfizm ko‟pgina
hayvonlarda, odamlarda yaqqol ko‟zga tashlanadi.
Jinsni aniqlashning uch: progam, epigam, singam xili mavjud. Jinsni aniqlashni
progam xilida jins urugianguncha ma‟lum boMadi. Ba‟zi bir kolovratkalar,
chuvalchanglarda uig‟ochi oiganizm odatda yirik, sitoplazmaga boy, hamda mayda
sitoplazmasi kam bo‟lgan tuxum hosil qiladilar. Sitoplazmaga boy tuxum hujayra
urug‟langach urg‟ochi, mayda, sitoplazmasi kam tuxum hujayra esa urug‟langach
erkak organizmni hosil qiladi. Jinsni aniqlashning epigam xilida jins shakllanishi
tashqi muhit omillariga bog‟liq bo‟ladi. O‟rta Yer dengizi va Atlantika okeanida
tarqalgan chuvalchang Bonella viridiscA urug‟langan tuxum hujayrasidan endigina
rivojlangan lichinka mustaqil, ya'ni toshlarga yopishib hayot kechirsa urg‟ochi
jinsni, aksincha u urg‟ochi organizmning ayrisimon xartumchasiga yopishib,
so‟ngra shu orqali uning jinsiy organida parazitlik qilib yashasa егкак jinsli
organizmni rivojlanadi.
30
Do'stlaringiz bilan baham: |