-Inflyatsiya bu nima?
Agar mamlakat iqtisodiyotida muomaladagi pul miqdori ko’payib ketsa, pul muomalasi qonuniga ko’ra, Fisher tenglamasidagi muvozanatni saqlash uchun tovar va xizmatlar hajmini ko’paytirish yoki tovar va xizmatlarning o’rtacha narxini oshirish kerak bo’ladi.Lekin Tovar va xizmatlar hajmini bir daqiqada oshirish imkoni yo’q, shu sababli muomaladagi pul hajminig oshishi, odatda narxlarning oshishiga olib keladi.
Iqtisodiyotda narx- navoning oshishi jarayoniga inflyatsiya deyiladi. Inflyatsiya o’z navbatida davlat pul birligining qadrsizlanishiga olib keladi. Pulning qadrsizlanishi deb, unga sotib olish mumkin bo’lgan tovarlar miqdorining kamayishiga aytiladi. Agar narxlar oshsa, ma’lum miqdordagi sotib olish mumkin bo’lgan tovarlar miqdori kamayadi. Bu esa pulning qadrsizlanishidan dalolat beradi.
Aksincha,bozordagi narxlar arzonlashsa, ma’lum miqdordagi pulga, ko’proq tovar va xizmatlar sotib olish mumkin bo’ladi. Bu pul qadrini oshganligini ko’rsatadi. Iqtisodiyotda narx-navoning pasayishi jarayoniga “deflyatsiya” deyiladi.
“Inflyatsiya” makroiqtisodiy jarayon bo’lib, mamlakat iqtisodiyotining hamma sohalarini qamrab oladi va deyarli barcha Tovar va xizmatlar narxining o`shishi bilan xarakterlanadi.
- Inflyatsiya nima sababdan kelib chiqadi
Xulosa: Inflyatsiya quyidagi sabablarga ko’ra kelib chiqishi mumkin:
1) Davlat va firmalarning mamlakatda ishlab chiarayotgan Tovar va xizmatlari qiymatiga qaraganda, ko’p pul xarajat qilishlari oqibatida Tovar, xizmatlarga bo’lgan talab miqdori, taklif qilinayotgan Tovar, xizmatlar miqdoridan ko’p bo’ladi, narxlar oshadi.
2) Tovarni ishlab chiqarish uchun zarur resurslar(mexnat va xom ashyo) narxi oshadi. Masalan, mexnat reurslarining narxi,ya’ni ish haqi oshiriladi, natijada tovarni narxi oshadi(ish haqi tovar tannarxining oshishiga sabab bo’ladi), ikkinchi tomondan ish haqi oshirilishi aholining qo’lidagi pul massasini oshishiga ham olib keladi. Inflyatsiyani jilovlab turish juda mushkul. Bu davlatning ehg asosiy iqtisodiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Inflyatsiyani nazoratdan chiqarib yuborish, unuig o’sib, giperinflyatsiyaga aylanishiga olib kelishi mumkin. Giperinflyatsiya deb, narx-navoning haddan tashqari o’sishiga aytiladi. Giperinflyatsiya paytida narxlar oshishi kundan –kunga sezilishi, bugungi narx ertaga to’g’ri kelmay qolishi mumkin, narxlar yiliga 100 barobardan ham ko’proq oshishi kuzatiladi.Masalan, birinchi jahon urushidan keyin, 1923 yili Germaniyada narxlar 1,3 trillion marta oshib, giperinflyatsiya kuzatilgan.1985 yili Boliviyada inflyatsiya darajasi 2148 % ni tashkil qilgan.1990 yillari boshida esa sobiq ittifoq respublikalarining barchasida inflyatsiya darajasi yuqori bo’lganligining guvohi bo’lganmiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |