1.1. TALIM-TARBIYa JARAYoNINI TASHKIL ETISHNING NAZARIY ASPEKTLARI.
Talim-tarbiya jarayonini tashkil etishda o’quvchilar faoliyatining darsdan tashqari tizimini loyixalash, tarbiyaviy ishlarning manbalari(o’quv adabiyotlari, o’quv qo’llanmalari, uslubiy tavsiyalar va ko’rsatmalar), shuningdek, tahlim-tarbiya ishlarini tashkil etishning asosiy qoidalari va ularni boshqarishning bir qator nazariy va amaliy aspektlari mavjud.
Mazkur aspektlar innovatsion harakterga ega bo’lib, darsdan va maktabdan tashqari o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish nazariy va amaliy hususiyatlarga ega va ular tahlim-tarbiya jarayonida boqichma-bosqich, darsdan tashqari mashg’ulotlarda amalga oshiriladi.
Biz quyida yuqorida zikr etilgan nazariy aspektlarning innovatsion harakteri va uning mazmun-mohiyatini o’rganamiz va tahlil qilib ko’ramiz.
A. O’quvchilar faoliyatining darsdan tashqari tizimini loyixalash.
Darsdan tashqari faoliyat tizimi o’qitishning nazariy va amaliy tizimini to’ldiradi. Uning asosiy vazifasi o’quvchilarning o’qishdan tashqari vaqti mobaynida o’zini-o’zi tarbiyalash va ijtimoiy foydali mehnat bilan shugullanish uchun vaqtdan oqilona taqsimlashga yordam berishdir.
O’quvchilarning darsdan tashqarn faoliyatini loyixalash jarayonini innovatsion jarayon deb hisoblasak, u holda vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
ijtimoiy moslashuv doirasini tashkil etish va o’quvchilarning ijtimoiy harakatchanligini innovatsion harakterda ekanligini ko’rsatish;
bo’lajak mutaxassislarning kasbiy moslashuvi uchun zaruriy shart- sharoitlar yaratish;
o’quvchilarni mustaqil ravishda tahlimni davom ettirishga yo’naltirish;
har bir o’quvchining qobiliyati, qiziqishi va ishtiyoqlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
o’quvchilarga bo’sh vaqtlaridan unumli foydalanishni va dam olishni o’rgatish.
Darsdan tashqari faoliyat tizimi ko’p komponentli bo’lib, o’kuvchilarning bo’sh vaqtlarini quyidagi tarkibda, tartibda, shaklda va joylarda amalga oshirilishi mumkin:
o’kuv guruhi tarkibida;
o’quv yurti jamoasi tarkibida;
individual (yakkama-yakka) tartibda;
ijtimoiy birlashmalarda va tashkilotlarda;
klublarda, to’garaklarda, muzeylarda;
mehnat jamoalarida;
alohida fanlarni chO’qur mustaqil o’rganish chog’ida;
tahlim muassasasidan tashqaridagi madaniy dam olishning turli shakllarida.
O’quvchilarning darsdan tashqari faoliyat tizimining o’ziga xosligi shundaki, uning har bir komponenti alohida loyihalashtiriladi va har doim ham pedagogik tahsir doirasi bilan qamrab olinmaydi.
O’quvchilarning darsdan tashqari faoliyat tizimini rejalashtirish shakllari:
o’quv yurtinnng ish rejasi;
o’quv yurtining o’quvchilar bilan olib boradigan mahnaviy-mahrifiy ishlari rejasi;
o’quv guruxlari o’quvchilari bilan olib boriladigan mahnaviy- mahrifiy ishlar rejasi va boshqalar.
O’quvchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlar rejasini tuzishniig asosiy tartiblari va qoidalari:
diagnostik asos yaratish;
o’quvchilarning o’ziga xos xususiyatlarini, jamoaning mahorat darajasi va shakllanganligini hisobga olish;
tarbiyaviy jarayonda asosiy mazmuniy komponentlarga muvofiq faoliyat aniq yo’nalishlarini belgilash;
tadbirlarni o’tkazish muddatlarini, shakllarini, ishtirokchilarini aniq belgilash;
tarbiyaviy ishlar rejasining qulayligi, hayotiyligi va aniqligi;
tarbiyaviy ishlatsni rejalashtirishda o’quvchilarning shaxsan ishtiroki.
Darsdan tashqari faoliyatni zamonaviy tashkil etish ijodiy jarayon bo’lib, tarbiyachidan chukur bilim, malaka va hohish talab qilgani kabi o’quvchilardan ham ularning intilishlari va ehtiyojlarini talab etadi. O’quvchilar va tarbiyachi qiziqishlarini birlashtirish tarbiyada mualliflik tizimini shakllantirishning yagona yo’lidir. Bu holda, tarbiya shaxs kamolotini boshqarish jarayoni, uning ijtimoiylashuvi va rivoji uchun sharoit va imkoniyatlar yaratish mezoni sifatida qaraladi. Darsdan tashqari faoliyat (dam olishni tashkil etish) esa, shaxsning ijodiy imkoniyatlarini yuqoriga ko’tarish (birinchi navbatda, tarbiyachining), uning ijtimoiy faolligini amalga oshirish maydoni sifatida tushunilishi mumkin.
Tahlim muassasalarida tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish asosiga ilg’or milliy, mahnaviy-ahloqiy qadriyatlar va mezonlar, xalq pedagogikasi, marosimlar, bayramlar, o’yinlar va boshqalar qo’yilishi kerak. Ularni tashkil etishda va o’tkazishda tarbiya texnologiyalaridan yoki interfaol uslublardan foydalanilish o’quvchida o’z yurtiga mehr-muhabbat, oilaparvarlik, kasbiy fidoiylikni shakllantirishga yordam beradi.
Tarbiyaviy jarayon umumiy o’rta-maxsus va kasb-hunar, oliy tahlim muassasalarida o’ziga xos bilim, ko’nikma va malakalariga, pedagogik mahoratlariga ko’p jihatdan bogliqdir.
Tarbiya jarayon - shaxsni shakllantirishga maqsadli yo’naltirilgan, tarbiyalovchi va tarbiyalanuvchilar hamkorligi uchun maxsus tashkil etilgan, boshkariladigan va nazorat qilinadigan, o’zining pirovard maqsadi sifatida shaxsni shakllantiradigan jarayondir.
Tarbiya jarayonining eng asosiy natijasi - har tomonlama va uygun kamol topgan yuksak mahnaviyatli shaxsni shakllantirishdir, bu jarayon tahlim - tarbiyaviy ishlar va tadbirlarning doimiy harakatdagi zanjiridan iborat.
Tarbiyaviy tadbirlar - turli xil moddiy va mahnaviy ehtiyojlarga javob beruvchi, tarbiyaviy maqsadlarning yagona majmuasiga bo’ysundirilgan, bir-biri bilan o’zaro hamkorlik qiluvchi, o’zida bir butun tahlimni ko’zda tutgan tarbiyaviy tahsir majmuidir. Tahlim jarayoni alohida darslardan tashkil topgani kabi tarbiyaviy tadbirlardan tarbiya jarayoni vujudga keladi. Tadbirlar, tarbiyaviy ishlar - tarbiya jarayonining bir bo’lagidir.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da yozilishicha, «Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iktisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutO’qlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O’zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir" – deyiladi.
SHu sababli tahlim muassasalari tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish va muvaffaqiyatli davom ettirish uchun zarur bo’lgan tarbiyaviy ishlar uslublari, bilimlar, malaka va mahoratlar tizimi, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ularni tarbiyaviy ishlar amaliyotida qo’llash masalalari pedagogik jamoalarning eng muhim muammosi bo’lib qolmoqda.
Tahlim muassasalarida o’quvchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish tarbiyaviy ishlar texnologiyasini to’gri tashkil qilish va qo’llashga bog’liq. Bu esa, o’z navbatida tahlim muassasalari uchun tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish uslubiyoti zamonaviy pedagogik texnologiyalar ishlanmalari asosida yaratishni talab etadi.
Tarbiyaviy ishlar asosida ikkita: faol va majmuaviy yondashuvlar yotadi. Yondashuvlarning birinchisi, faoliyatning bilish, mehnat, ijtimoiy, badiiy, sport va erkin muloqot kabi turli ko’rinishlarini tashkil etishni talab etadi. Ikkinchi majmuaviy yondashuv esa, faoliyatning barcha ko’rinishlarining yagona jarayonga tahsiri bilan tabiiy «qo’shilib» ketishida namoyon bo’ladi. Faoliyatga oid yondashuv tarbiya yo’nalishiga ishora qilsa, majmuaviy yondashuv - uning mazmun tabiatini (pedagogik maqsad (vaziyat, tarbiyaviy maqsadning asosiy va boglik tomonlarini shakllantirish)ni; rejalashtirish; tashkil etish va tayyorlashni; ishni bevosita amalga oshirishni; erishilgan natijalar taxlilini) belgilaydi/14/.
Do'stlaringiz bilan baham: |