6-rasm. Aksiyadorlik tijorat “Agrobank”depozit bazasining tarkibi va
dinamikasi
37
, %.
6-rasm ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, Agrobank depozitlarining umumiy hajmida
transaksion depozitlarning salmog‘i ko‘rsatkichi Agrobanki ko‘rsatkichi va respublikamiz
banklari bo‘yicha hisoblangan umumiy ko‘rsatkichga nisbatan ijobiy. Bu esa, Agrobank
depozit bazasining nisbatan barqaror ekanligidan dalolat beradi. Lekin shunga qaramasdan
Agrobankning depozit bazasi etarli emas. CHunki transaksion depozitlarning brutto
depozitlar hajmidagi salmog‘i 30 foizdan yuqoridir. 2011-2015yillarda “Agrobank”
muddatli depozitlarining brutto depozitlar hajmidagi salmog‘i beqarorligicha qolgan.
2011yilda ushbu ko‘rsatkich 22,08 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2013yilda - 34,83%, 2015
yilda esa, 32,78 foizni tashkil qildi. Transaksion depozitlarning brutto depozitlar
hajmidagi salmog‘i beqarorligi “Paxtabank” depozit bazasi barqarorligini ta’minlashda
ayrim muammolar mavjudligini ko‘rsatadi va uning depozit bazasi barqarorligini
ta’minlashda muammolarning mavjudligidan dalolat beradi.
3.Tijorat banklari depozit bazasini mustahkamlash.
37
АТБ “Агробанк”нинг баланс маълумотлари асосида муаллиф томонидан ҳисобланди.
154
Banklarning moliyaviy barqarorligi, iqtisodiy samaradorligi va risklarning xavfsiz
me’yorining ta’minlanishi, ularning depozit bazasini mustahkamligi bilan bevosita
bog‘liqdir. Keyingi yillarda xalqaro va mahalliy moliya bozorlarida depozit mablag‘larga
bo‘lgan talabning ortib borishi banklar depozit bazasiga oid dolzarb masalalarni yuzaga
chiqarmoqda. Xususan, banklar depozit bazasining iqtisodiy mazmunini nazariy va amaliy
jihatdan tadqiq qilish, shuningdek, uning manbalari va unga ta’sir qiladigan omillarni
aniqlash shular jumlasidandir.
Ma’lumki, banklarning depozit bazasi jalb qilingan mablag‘lar hisobidan
shakllantiriladi, ushbu mablag‘lar bank passivlari tarkibida asosiy ulushni tashkil etadi.
Bank tomonidan depozitlar bo‘yicha to‘lanadigan foizlar bankning asosiy
operatsion harajatlari hisoblanadi. SHuning uchun ham bank bir tomondan jalb qilingan
depozitlar bo‘yicha belgilangan foiz stavkasi yuqori darajada bo‘lganligini qo‘llab
quvvatlamasada, boshqa bir tomondan mijozlarni jalb qilish uchun shu tarzda yo‘l
tutishiga to‘g‘ri keladi. Odatda tijorat banklari katta miqdordagi mablag‘larni uzoq
muddatga jalb qilish uchun yuqori darajadagi foiz stavkalarni belgilashlariga to‘g‘ri
keladi.
Ko‘pgina davlatlarning Markaziy banklari tomonidan tijorat banklarining likvidlik
darajasini yoki resurslar etarlilik me’yorini majburiy normativ orqali boshqarib boradi.
Mazkur normativ aholi pul qo‘yilmalarining umumiy miqdori nisbatini o‘z mablag‘lari
(kapitali) foiz nisbatida olinib, uning maksimal belgilanganlik darajasi 100% dan ko‘p
bo‘lmasligi kerak.
Xulosa qilib aytganda, banklarning depozit bazasi ularning passivlari tarkibida
muhim moliyaviy manba hisoblanib, uning hajmini past yoki yuqori darajada bo‘lishiga
depozitlarning foiz stavkasi, milliy valyutaning barqarorligi va boshqa qator omillar ta’sir
qiladi.
Tijorat bankining foiz siyosatini olib borishda barcha resurslarning qiymati va
depozit operatsiyalarining tahlili olib borilishi shart. Buning uchun quyidagilarni belgilab
olish lozim.
- omonatlar bo‘yicha foizlarni belgilash;
- jalb qilingan resurslar bo‘yicha foiz stavkasining dinamikasini o‘rganib borish;
- inflyasiya sharoitida resurslarning real qiymatini hisobini olib borish;
Bank amaliyotida depozit siyosati instrumentlarini foydalaniladigan yo‘nalish
boshqarmalari mavjud:
Kredit boshqarmasi;
Amaliyot boshqarmasi va albatta g‘aznachilik boshqarmasi qatnashadi.
Jahon amaliyotida banklarning faqat ratsional tarzda resurslarni taqsimlab olayotgan
moliya muassasagina o‘zining likvidlilik darajasini saqlab qolishi mumkin. Moliyaviy
inqiroz davrida banklar aholidan bo‘sh pul mablag‘larini yuqori foiz stavkalar evaziga jalb
qilgan holda keng tarzda kredit siyosatining depozit siyosatini olib boradi, ammo ko‘pgina
banklarning mijozlarga ajratilgan kredit mablag‘larining o‘z vaqtida qaytmasligi sababli
kapitallashuv darajasini kamayishiga, aks holda bankrotlik darajasiga olib kelishi mumkin
bo‘ladi. Mazkur holatlarni oldini olish uchun mamlakatimiz miqyosida O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki tomonidan davlat banklarining kapitallashuv darajasini
155
oshirishga harakat qilib kelinmoqda. Binobarin, ayni shu usullarni qo‘llashda davlat
banklarining depozit siyosatlarini qayta qo‘rib chiqish zaruriyati dolzarb masala sifatida
namoyon bo‘ladi.
Hozirgi davr moliya va iqtisodiy tahlil mutaxassislari moliyaviy inqiroz davrida
quyidagi fikrlarni ilgari surishadi: barcha tijorat banklari moliyaviy vositachi sifatida
omonatchilar va kreditorlardan davrlar mobaynida juda katta miqdorda mablag‘larni jalb
etadi. Bank kapitali jalb qilingan mablag‘larni qaytarish bilan bog‘liq bo‘lgan xatarlar
bo‘yicha omonatchilar va kreditorlarning manfaatiga bevosita bog‘liq bo‘lmasligi zarur.
YA’ni, omonatchilar va kreditorlarning bank kapitaliga nisbatan hech qanday qonuniy
yoki bilvosita da’volari mavjud bo‘lmasligi zarurdir. Tijorat banklari ustav kapitalining
boshlang‘ich miqdori shakllantirilgandan so‘ng, uning miqdorini ko‘paytirish bank
aksiyadorlarining qarori va bankning faoliyatini samarali ishlashiga bevosita bog‘liq
bo‘ladi. Odatda, tijorat banklari ustav kapitalining miqdorini oshirish asosan, ikkita yo‘l
bilan amalga oshiradi. Bankning moliyaviy hisobot yakunida shakllantirilgan foydasidan
ajratmalar hisobidan va qo‘shimcha ravishda bankning oddiy aksiyalarini chiqarish yo‘li,
fikrimizcha, daromadlarini tahlil qilishda choraklik davriy oraliqlardan foydalanish
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunda tijorat banki daromadlari va harajatlarini o‘sib boruvchi
yakun tarzida aks ettirilshpi bilan izohlanadi. Tijorat banklari foydasidan ajratmalar
hisobiga tashkil etiladigan zaxira fondi bankning moliya bozoridagi qimmatbaho qog‘ozlar
bilan amalga oshiriladigan operatsiyalardan ko‘rilgan zararlarni qoplashga mo‘ljallangan.
Depozit siyosatining asosiy himoyachisi bo‘lgan zaxira fondining minimal miqdori tijorat
banklarining ustav kapitaliga nisbatan o‘rnatiladi.
Tijorat banklarining jalb qilingan mablag‘lari tarkibida talab qilib olinguncha
saqlanadigan depozitlar, Markaziy bankdan olingan kreditlar va bankka jalb qilinadigan
mablag‘lar qiymati jihatidan arzon, lekin muddati jihatidan nobarqaror moliyaviy resurslar
hisoblanadi.
Qimmat mablag‘lar guruhiga tijorat banklarining regulyativ kapitali tarkibidagi ustav
kapitali, muddatli depozitlar, jamg‘arma va depozit sertifikatlar, banklararo kreditlar va
boshqa mablag‘larni kiritish mumkin. Ushbu mablag‘lar tijorat banklari uchun qiymati
jihatidan qimmat mablag‘lar bo‘lsa-da, ular muddati jihatidan nisbatan moliyaviy barqaror
hisoblanadi. Xalqaro bank tajribalari va amaliyotdagi mavjud holatlarning natijasi shuni
ko‘rsatmokdaki, tijorat banklari depozit siyosati mahsuloti bo‘lmish depozit portfeli
likvidligini ta’minlashda moliyaviy barqaror mablag‘larning ulushi qanchalik yuqori
bo‘lsa, ularda moliyaviy inqiroz davrida likvidlilikni ta’minlash yuzasidan muammolar
shunchalik kam bo‘ladi. Moliyaviy inqirozning jalb qilingan mablag‘lar tarkibida tahlil
etilgan davrning boshida kreditlar asosiy salmoqqa ega bo‘lgan, tahlil etilayotgan davrning
so‘nggiga kelib, ushbu manbaning ulushi pasayish tendensyasiga ega bo‘lgan. Kreditlar
tarkibida banklararo kreditlarning ulushi boshqa turdagi kreditlarga nisbatan yuqori
salmoqqa ega ekanligi respublikamiz banklari o‘rtasida resurslarni o‘zaro almashish
jarayoni faol darajada amalga oshrilayotganligidan dalolat beradi. Jalb qilingan mablag‘lar
tarkibidagi kreditlarni nisbatan qimmatli va moliyaviy barqarorligini e’tiborga oladigai
bo‘lsak, ularni mablag‘lar tarkibidagi ulushining pasayish tendensyasiga ega ekanlgini
salbiy holat natijalarini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Tijorat banklari jalb qilingan
156
mablag‘lar tarkibida keyingi manba jami kapital hisoblanadi. Jami kapital tarkibidagi
ustav kapitali qiymati va muddati jihatidan esa barqaror manba hisoblanadi.
Banklar depozit bazasining tarkibidagi muddatli depozitlar va jamg‘arma omonatlari
moliyaviy jihatdan barqaror manbalar hisoblanadi. Muddatli depozitlar va jamg‘arma
depozitlar naqd pullarning banklardan tashqari aylanmasini qisqartirishi va bank kreditlari
uchun garov ta’minoti vazifasini bajarishi mumkin, buning natijasida kredit qo‘yilmalari
hajmi oshadi, kredit riski ma’lum darajada kamayadi.
Bank depozitlari bazasi tarkibidagi transaksion (talab qilib olinguncha saqlanadigan)
depozitlar banklarning likvidliligiga jiddiy ziyon etkazadi. SHu sababli, Glass-Stigoll
qonuniga asosan 1933 yilda transaksion depozitlarga foiz to‘lashning taqiqlanishi oqilona
tadbir hisoblanadi. Lekin muddatli va jamg‘arma depozit hisob raqamlariga tijorat banklari
tomonidan to‘lanadigan foiz stavkalari past darajada belgilanishi ularning depozit bazasiga
salbiy ta’sir qiladi
Ma’lumki, banklar passivining asosiy ulushi depozit mablag‘lar hissasiga to‘g‘ri
keladi. Depozit – ma’lum miqdordagi summa bo‘lib, omonatchi vaqtinchalik bo‘sh pul
mablag‘larini jamg‘arib borish, saqlash va qo‘shimcha foyda olish maqsadida bankka
topshiradi. Albatta, omonatchining vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘ini bankka topshirishga
undaydigan asosiy omil qo‘shimcha foyda hisoblanadi. Biroq, bozor iqtisodiyoti sharoitida
omonatchining vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘ini bankka topshirishga iqtisodiy foydadan
tashqari boshqa qator omillar ta’sir qiladi. Xususan:
– milliy valyutaning barqarorligi. Milliy valyuta qanchalik barqaror bo‘lsa, uning
sotib olish qobiliyati ortadi va inflyasiya darajasi pasayadi. Natijada omonatchining
depozitlar hisobidan oladigan sof daromadining miqdori ortib boradi (6-jadval).
– banklar majburiyatlarni to‘liq va o‘z muddatida bajarishi. Omonatchi bankka
topshirgan depozitlarga hisoblangan foiz to‘lovlari bilan birgalikda depozit shartnomasi
muddati tugagandan yoki ayrim hollarda muddatidan oldin naqd pullarni olish bo‘yicha
talabini zudlik bilan qondirish lozim;
– banklar omonatlarining turlari, shakllari va foizlari bo‘yicha reklama. Bozor
iqtisodiyoti sharoitida iste’molchi har qanday xizmat va mahsulot haqidagi ma’lumotni
asosan, reklama orqali qabul qiladi. Reklama ham barchaning e’tiborini tortadigan
darajada televidenie va radio orqali berilishi maqsadga muvofiq.
YUqorida qayd etilganlardan tashqari, bank depozit bazasi hajmi va uning
barqarorligiga bank foiz stavkalari va omonatchilar oladigan daromadlar bevosita ta’sir
qiladi. Quyidagi jadvalda bank depozitlari bo‘yicha foiz stavkalari o‘zgarshining
depozitlar taklifiga ta’sirining ssenariylari keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |