tranzit schyotlar (T) — bu hisobot davrida foydalaniladigan, lekin yopiladigan va hisobot davri oxirida qoldiqqa ega bo‘lmaydigan, Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladigan, daromadlar va xarajatlarga vaqtinchalik schyotlaridir;
qayta sug‘urta qilish bo‘yicha qabul qilingan tavakkalchiliklar — sug‘urtalovchi tomonidan boshqa sug‘urtalovchilardan qayta sug‘urta qilish shartnomasiga muvofiq qabul qilingan tavakkalchiliklar;
qayta sug‘urta qilishga berilgan tavakkalchiliklar — sug‘urtalovchi tomonidan qabul qilingan va qayta sug‘urta qilish shartnomasiga muvofiq boshqa sug‘urtalovchida sug‘urtalangan tavakkalchiliklar;
qayta sug‘urtalanuvchi — o‘ziga qabul qilib olgan sug‘urta majburiyatlarini qayta sug‘urta qilishga beruvchi sug‘urtalovchi yoki qayta sug‘urtalovchi;
Keyingi tahrirga qarang. qayta sug‘urtalovchi — qayta sug‘urta qilish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya yoki bir vaqtda qayta sug‘urta qilish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi sug‘urta faoliyati bo‘yicha litsenziyaga ega bo‘lgan sug‘urtalovchi, joylashgan joyidagi davlat qonunchiligiga muvofiq qayta sug‘urta qilish faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan chet el sug‘urta tashkiloti.
II qism. Asosiy qoidalar I bo‘lim. Uzoq muddatli aktivlar I kichik bo‘lim. Asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa uzoq muddatli aktivlar 2. Ushbu kichik bo‘limning schyotlari quyidagilar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan:
a) mulkchilik huquqi sug‘urtalovchiga tegishli bo‘lgan va uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning mavjudligi, harakati va eskirishi;
Keyingi tahrirga qarang. b) mulkchilik huquqi sug‘urtalovchiga tegishli bo‘lgan nomoddiy aktivlarning mavjudligi, harakati va eskirishi;
v) qimmatli qog‘ozlarga, sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga, chet el kapitali mavjud bo‘lgan va boshqalarga qilingan uzoq muddatli investitsiyalar;
g) mahalliy va xorijdan keltirilgan o‘rnatiladigan asbob-uskunalarning mavjudligi va harakati to‘g‘risida;
d) barcha turdagi kapital qo‘yilmalar;
e) olingan veksellar bo‘yicha hisob-kitoblarning uzoq muddatli qismi, uzoq muddatli ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar, xodimlarning uzoq muddatli qarzlari, boshqa uzoq muddatli debitor qarzlar, vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig‘i, boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar.
Keyingi tahrirga qarang. 3. Ushbu bo‘limda quyidagi schyotlar bo‘yicha hisob yuritish tartibi yoritiladi:
0100 — Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar;
0200 — Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar;
0300 — Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar;
Keyingi tahrirga qarang. 0400 — Nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar;
0500 — Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlar;
0600 — Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar;
0700 — O‘rnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar;
0800 — Kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar;
0900 — Uzoq muddatli debitor qarzlari va kechiktirilgan xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar.