Keyingi tahrirga qarang. 37. Sug‘urtalovchiga uzoq muddatli ijara shartlari asosida kelib tushgan asosiy vositalar 0310 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar” schyotining debeti va 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi” hamda 7910 “To‘lanadigan uzoq muddatli ijara” schyotining kreditida aks ettiriladi.
Keyingi tahrirga qarang. 38. Uzoq muddatga ijaraga olingan asosiy vositalardan foydalanganlik uchun ijaraga beruvchiga to‘lanadigan joriy to‘lovlar 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi” schyotining debeti va pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlarning kreditida aks ettiriladi.
Keyingi tahrirga qarang. 39. Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha hisoblangan foizlar summasi quyidagicha aks ettiriladi:
Keyingi tahrirga qarang. a) ijarachida — 9610 “Foizlar ko‘rinishidagi xarajatlar” schyotining debeti va 6920 “Hisoblangan foizlar” schyotining kreditida;
b) ijaraga beruvchida — 4830 “Olinadigan foizlar” schyotining debeti va 9550 “Uzoq muddatli ijaradan daromadlar” schyotining kreditida.
Keyingi tahrirga qarang. 40. Uzoq muddatli ijara shartnomasining shartlariga muvofiq (yoki ijaraga beruvchi va ijarachining qo‘shimcha kelishuvi asosida) ijaraga olingan asosiy vositalar ijarachi korxonaning mulkiga o‘tishi, hisobda asosiy vositalarni hisobga oluvchi (0100) schyotlarning tegishli schyotlari debeti va 0310 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar” schyotining kreditida tegishli asosiy vositalar turlari bo‘yicha yozuvlar amalga oshiriladi. Bir vaqtning o‘zida ushbu obyekt bo‘yicha 0299 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi” schyotida hisoblab borilgan eskirish summasi tegishli asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlarga (0200) o‘tkaziladi.
Agar uzoq muddatli ijara shartnomasining tugashi bilan asosiy vosita obyektlari ijaraga beruvchiga qaytarilsa, u holda hisobda 0299 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi” schyotining debeti va 0310 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar” schyotining krediti bo‘yicha yozuvlar amalga oshiriladi.
Agar ijaraga olingan asosiy vositalar uzoq muddatli ijara shartnomasining muddati tugashiga qadar ijaraga beruvchiga qaytarilsa, u holda hisobda 0310 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar” schyotining krediti va 0299 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi” (hisoblangan eskirish summasiga), 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi”, 7910 “To‘lanadigan uzoq muddatli ijara” (ijara to‘lovlarining qoldiq summasiga) schyotlarining debeti bo‘yicha yozuvlar amalga oshiriladi.
0310 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar” schyoti bo‘yicha analitik hisob asosiy vositalarning turlari va alohida inventar obyektlari bo‘yicha yuritiladi.
41. Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar (0300)ning bog‘lanishi
42. Mulkchilik huquqi sug‘urtalovchiga tegishli nomoddiy aktivlarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
0410 “Patentlar, litsenziyalar va nou-xau”;
0420 “Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalari”;
0430 “Dasturiy ta’minot”;
0440 “Yer va tabiat resurslaridan foydalanish huquqlari”;
0450 “Tashkiliy xarajatlar”;
0460 “Franchayz”;
0470 “Mualliflik huquqlari”;
0480 “Gudvill”;
0490 “Boshqa nomoddiy aktivlar”.
43. Obyektlarni nomoddiy aktivlarga kiritish tartibi va ularning tarkibi qonunchilik asosida hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2005-yil 25-martda 35-son bilan tasdiqlangan (7-sonli BHMS) “Nomoddiy aktivlar” (yangi tahrir) Buxgalteriya hisobining milliy standarti (2005-yil 27-iyun, ro‘yxat raqami 1485 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 25-26-son, 188-modda) asosida tartibga solinadi.
44. Nomoddiy aktivlar quyidagi obyektlar uchun aniqlanadigan boshlang‘ich bahoda nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlarda hisobga olinadi:
a) ta’sischilar tomonidan sug‘urtalovchining ustav kapitaliga ulush hisobidan kiritilgani — tomonlarning kelishuvi bo‘yicha;
b) to‘lov asosida boshqa korxona va shaxslardan xarid qilingan ushbu obyektlarni xarid qilish va tayyor holatga keltirish bo‘yicha amalga oshirilgan — haqiqiy xarajatlar bo‘yicha;
v) boshqa korxona va shaxslardan tekinga olingan obyektlar — kirim qilish sanasidagi bozor bahosida yoki qabul qilish-topshirish hujjatlarida ko‘rsatilgan qiymat bo‘yicha;
g) sug‘urtalovchining o‘zi tomonidan yaratilgan yoki sug‘urtalovchining o‘zida ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida olingan obyektlar — haqiqiy tannarxi bo‘yicha.
45. Ta’sischilar tomonidan sug‘urtalovchining ustav kapitaliga ularning ulushlari hisobiga kiritilgan nomoddiy aktivlarni kirim qilish (0400) nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlarning debetida va 4610 “Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi” schyotining kreditida aks ettiriladi.
Boshqa korxona va shaxslardan xarid qilingan nomoddiy aktivlar, nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlarning debeti, 0830 “Nomoddiy aktivlarni xarid qilish” schyotining kreditiga kirim qilinadi.
Boshqa korxona va shaxslardan tekinga olingan nomoddiy aktivlarning kirim qilinishi nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlarning debetida, 8530 “Tekinga olingan mulk” schyoti bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
Agar nomoddiy aktiv sug‘urtalovchining o‘zi tomonidan yaratilsa va uni yaratish xarajatlarining aniq summasini aniqlash imkoni mavjud bo‘lsa, u holda nomoddiy aktiv haqiqiy tannarxi bo‘yicha aks ettiriladi. Nomoddiy aktivlarning haqiqiy tannarxini aniqlash imkoniyati mavjud bo‘lmagan holda ushbu xarajatlar ilmiy-tadqiqot ishlari (ITI) yoki ilmiy-tadqiqot va sinov konstruktorlik ishlari (ITSKI) xarajatlari sifatida aks ettiriladi.
46. “Gudvill (firma bahosi)”ning buxgalteriya hisobi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2005-yil 25-martda 35-son bilan tasdiqlangan (7-sonli BHMS) “Nomoddiy aktivlar” (yangi tahrir) Buxgalteriya hisobining milliy standarti (2005-yil 27-iyun, ro‘yxat raqami 1485 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 25-26-son, 188-modda) muvofiq amalga oshiriladi.
47. Nomoddiy aktivlar chiqib ketganda (sotilganda, tekinga berilganda va boshqalarda) ularning boshlang‘ich qiymati nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi tegishli schyotlarning (0400) kreditidan 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyotining debetiga hisobdan chiqariladi.
48. Nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar (0400)ning bog‘lanishi
49. Mulkchilik huquqi sug‘urtalovchiga tegishli bo‘lgan nomoddiy aktivlar obyektlari bo‘yicha jamlangan amortizatsiya to‘g‘risida ma’lumotlar quyidagi schyotlarda umumlashtiriladi:
0510 “Patentlar, litsenziyalar va nou-xauning amortizatsiyasi”;
0520 “Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalarining amortizatsiyasi”;
0530 “Dasturiy ta’minotning amortizatsiyasi”;
0540 “Yer va tabiat resurslaridan foydalanish huquqlarining amortizatsiyasi”;
0550 “Tashkiliy xarajatlarning amortizatsiyasi”;
0560 “Franchayzning amortizatsiyasi”;
0570 “Mualliflik huquqlarining amortizatsiyasi”;
0590 “Boshqa nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi”.
50. Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi Soliq kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2005-yil 25-martda 35-son bilan tasdiqlangan (7-sonli BHMS) “Nomoddiy aktivlar” (yangi tahrir) Buxgalteriya hisobining milliy standarti (2005-yil 27-iyun, ro‘yxat raqami 1485 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 25-26-son, 188-modda) ko‘zda tutilgan usullarga muvofiq, belgilangan me’yorlar bo‘yicha sug‘urtalovchi tomonidan hisoblab chiqilib, oyma-oy tegishliligiga qarab tannarxga yoki davr xarajatlariga olib boriladi.