Keyingi tahrirga qarang.
11. Asosiy vositalarni tugatish, sotish, tekinga berish, ustav kapitaliga ulush sifatida berish, uzoq muddatli ijaraga berish, kamomad yoki buzilishi natijasida hisobdan chiqarishda ularning boshlang‘ich qiymati tegishli (0100) asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlardan 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyotining debeti orqali hisobdan chiqariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. 0110 “Yer” schyotida qonunchilikka muvofiq sug‘urtalovchiga mulk sifatida berilgan yer maydonlari hisobga olib boriladi. 0110 “Yer” schyotining debetida shuningdek, yer maydonlarini xarid qilishda to‘lanadigan qo‘shimcha xarajatlar, ko‘chmas mulk agentlarining komission mukofoti, advokatlarning xizmat haqi, sotib olish bilan bog‘liq soliqlar, zovurlar qiymati, yerlarni tozalash va tekislash xarajatlari hisobga olinadi.
Yerlarni foydalanishga tayyorlash jumladan, suv olib kelish, oqova suvlarni chiqarish inshootlari, geodeziya ishlari bo‘yicha umumiy xarajatlar 0110 “Yer” schyotida kapitalizatsiya qilinadi. Chunki ushbu xarajatlar erdan kelgusida foydalanish va uning qiymatini oshirish uchun zarur.
Yer maydoni bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish yoki qurish uchun sotib olinganda, mavjud konstruksiyalar va boshqa to‘siqlarni bartaraf etish qiymati 0110 “Yer” schyotining debetida kapitalizatsiya qilinadi. Bunda konstruksiyani tugatishdan olingan materiallarni sotishdan tushgan tushum ushbu xarajatlarni kamaytiradi.
Agar yer maydoni oldindan tasarrufda bo‘lsa va mavjud konstruksiyalar yangi qurilish obyektiga joy berish uchun buzib tashlansa, buzish bo‘yicha xarajatlar 0110 “Yer” schyotiga kapitalizatsiya qilinmaydi, balki eski konstruksiyalarni hisobdan chiqarish bilan bog‘liq xarajat sifatida aks ettiriladi.
13. 0111 “Yerni obodonlashtirish” schyotida yer maydonlari tuzilishini o‘zgartirish, kelish yo‘llari, avtomobillar va boshqa transport vositalarining to‘xtash maydonlari, devorlar va boshqa inshootlarning holatini yaxshilash xarajatlari hisobga olinadi.
14. 0112 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish” schyotida uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha ijaraga olingan mulkni obodonlashtirish bilan bog‘liq kapital xarajatlar hisobga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish bo‘yicha kapital xarajatlarga, shuningdek, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish xarajatlari ham qo‘shiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. 0120 “Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar” schyotida quyidagilar hisobga olinadi:
a) bino — ishlab chiqarish, ma’muriy, ijtimoiy-maishiy, uy-joy (inventar obyekti bo‘lib, mustaqil xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan, alohida turgan bino yoki qo‘shimcha qurilishlar hisoblanadi). Bino va qo‘shimcha qurilishlar tarkibiga bir me’yorda foydalanish uchun sharoit yaratib beradigan barcha kommunikatsiya tizimi (isitish, yoritish, shamollatish, suv-gaz ta’minoti tizimlari, ichki telefon va kompyuter tarmoqlari, lift xo‘jaligi, yong‘indan saqlash va qo‘riqlash signalizatsiya tizimi) kiradi;
b) inshootlar — avtomobil yo‘llari, ko‘priklar, osma yo‘llar, suv ombori, neft va gaz quduqlari, shaxta quduqlari va boshqalar;
v) o‘tkazuvchi moslamalar — elektr quvvatini uzatish tizimlari, truba yo‘llari, issiqlik va gaz tarmoqlari, transmissiyalar va boshqalar.
16. 0130 “Mashina va asbob-uskunalar” schyotida quyidagilar hisobga olinadi:
a) kuchlantiruvchi mashina va uskunalar — atom reaktorlari, qozonlar, bug‘ dvigatellari, turbinalar, kuchlantiruvchi transformatorlar, ichki yonuv dvigatellari va boshqalar;
b) ishchi mashinalar va uskunalar — mehnat buyumlariga mexanik, issiqlik, kimyoviy va boshqa texnologik ta’sir ko‘rsatuvchi stanoklar, apparatlar, agregatlar;
v) o‘lchov va boshqaruv moslamalari va laboratoriya uskunalari hamda jihozlari — tarozilar, manometrlar, termostatlar, dispetcher nazorati uskunalari, signalizatsiya, ilmiy-tekshirish laboratoriyasi, seysmologik stansiya uskunalari va boshqalar;
g) boshqa mashinalar va uskunalar — telefon stansiyasi uskunalari va boshqa oldingi guruhlarda hisobga olinmaydigan mashina va uskunalar.
17. 0140 “Mebel va ofis jihozlari” schyotida ishlab chiqarish va boshqaruv uchun mo‘ljallangan mebel va jihozlar (stollar, shkaflar, mebel yig‘imlari, kreslo, temir seyflar va boshqalar) shuningdek, ofis jihozlari (telefaks apparati, qog‘oz qirqadigan va yo‘q qiladigan mashinalar va boshqalar) hisobga olinadi.
18. 0150 “Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi” schyotida kompyuterlar, printerlar, skanerlar, modem va boshqa kompyuter jihozlari, hamda hisoblash texnikalari hisobga olinadi.
19. 0160 “Transport vositalari” schyotida temir yo‘l, suv, havo, avtomobil, ishlab chiqarish va kommunal transport vositalarining harakatlanuvchi tarkibi shuningdek, magistral quvur tarmoqlari (truboprovodlar) hisobga olinadi.
20. 0170 “Ishchi va mahsuldor hayvonlar” schyotida ishchi kuchi sifatida foydalaniladigan ishchi hayvonlar — otlar, ho‘kizlar, tuyalar, xachir va eshaklar va boshqa ishchi hayvonlar (shuningdek, yuk transport vositasi sifatida foydalaniladigan hayvonlar) hisobga olinadi.
21. 0180 “Ko‘p yillik o‘simliklar” schyotida ko‘kalamzorlashtirish, dekoratsiya, meva-rezavor daraxtlar va o‘simliklar, yashil devorlar va boshqalar hisobga olinadi.
22. 0190 “Boshqa asosiy vositalar” schyotida yuqorida keltirilgan schyotlarda sanab o‘tilmagan asosiy vositalar hisobga olinadi.
23. 0199 “Konservatsiya qilingan asosiy vositalar” schyotida qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda konservatsiya qilingan asosiy vositalar hisobga olinadi.
24. Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar (0100)ning bog‘lanishi
25. Sug‘urtalovchining mulki hisoblangan yoki uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |