Keyingi tahrirga qarang. 0211 “Yerni obodonlashtirishning eskirishi”;
0212 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning eskirishi”;
Keyingi tahrirga qarang. 0220 “Bino, inshoot va uzatuvchi moslamalarning eskirishi”;
0230 “Mashina va asbob-uskunalarning eskirishi”;
0240 “Mebel va ofis jihozlarining eskirishi”;
0250 “Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasining eskirishi”;
0260 “Transport vositalarining eskirishi”;
0270 “Ishchi hayvonlarning eskirishi”;
0280 “Ko‘p yillik o‘simliklarning eskirishi”;
0290 “Boshqa asosiy vositalarning eskirishi”;
0299 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi”.
Keyingi tahrirga qarang. Analitik hisobning tashkil qilinishi O‘zbekiston Respublikasi hududidagi va xorijdagi asosiy vositalarning mavjudligi va eskirishining harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatini ta’minlashi lozim.
26. Asosiy vositalarning eskirishini hisoblash O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2003-yil 10-oktabrda 114-son bilan tasdiqlangan (5-sonli BHMS) “Asosiy vositalar” Buxgalteriya hisobining milliy standartida (2004-yil 20-yanvar, ro‘yxat raqami 1299 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 3-son, 35-modda) belgilangan me’yor va usullar asosida amalga oshiriladi.
27. Quyidagi asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblanmaydi:
a) kutubxona fondlariga;
b) qonunchilikda belgilangan tartibda konservatsiyaga o‘tkazilgan fondlarga;
v) muzey qiymatliklariga;
g) san’at va arxitektura yodgorliklariga;
d) to‘liq eskirish hisoblangan asosiy vositalarga.
28. 0211—0290 schyotlarda mulkchilik huquqi sug‘urtalovchiga tegishli bo‘lgan asosiy vositalarning eskirishi hisobga olinadi.
29. 0299 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi” schyotida uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalarning eskirishi xususiy asosiy vositalarga eskirish hisoblash tartibi kabi bir xil tartibda hisobga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang. 30. Asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasi tegishli asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlarning (0200) kreditida, xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda olib boriladi.
31. Ijaraga beruvchi — sug‘urtalovchilar joriy ijaraga berilgan asosiy vositalar bo‘yicha hisoblangan eskirish summasini tegishli asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlarning (0200) krediti va 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyotining debetida aks ettiradilar.
32. Sug‘urtalovchi mulki bo‘lgan asosiy vositalarni tugatish, sotish, tekinga berish, ustav kapitaliga ulush sifatida berish, uzoq muddatli ijaraga berish, kamomad yoki buzilish natijasida hisobdan chiqarishda ularga hisoblangan eskirish summasi tegishli asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlarning (0200) debetidan 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” schyotining krediti bo‘yicha amalga oshirilgan yozuv orqali hisobdan chiqariladi.
Keyingi tahrirga qarang. 33. Asosiy vositalar eskirishini hisobga oluvchi schyotlar (0200)ning bog‘lanishi
34. Sug‘urtalovchida uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish 0310 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar” schyotida amalga oshiriladi. Ushbu schyot ijarachi sug‘urtalovchilarda qo‘llaniladi.
Keyingi tahrirga qarang. 35. Sug‘urtalovchi tomonidan qisqa muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar hisobi balansdan tashqari 001 “Qisqa muddatli ijaraga olingan asosiy vositalar” schyotida yuritiladi.
Keyingi tahrirga qarang. 36. Ijara hisobi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2004-yil 12-mayda 75-son bilan tasdiqlangan (6-sonli BHMS) “Ijara hisobi” Buxgalteriya hisobining milliy standartiga (2004-yil 22-iyun, ro‘yxat raqami 1374 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 25-son, 292-modda) muvofiq amalga oshiriladi.