1-§. Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar (0100) 4. Mulkchilik huquqi sug‘urtalovchiga tegishli bo‘lgan asosiy vositalarning mavjudligi va harakati, foydalanilayotgan, konservatsiya qilingan yoki qisqa muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha berilgan asosiy vositalar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
Keyingi tahrirga qarang. 0110 “Yer”;
0111 “Yerni obodonlashtirish”;
0112 “Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish”;
Keyingi tahrirga qarang. 0120 “Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar”;
0130 “Mashina va asbob-uskunalar”;
0140 “Mebel va ofis jihozlari”;
0150 “Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi”;
0160 “Transport vositalari”;
0170 “Ishchi hayvonlar”;
0180 “Ko‘p yillik o‘simliklar”;
0190 “Boshqa asosiy vositalar”;
0199 “Konservatsiya qilingan asosiy vositalar”.
Analitik hisobning tashkil qilinishi respublika hududi va xorijdagi asosiy vositalarning mavjudligi va ularning harakati to‘g‘risidagi axborotlarni olish imkoniyatini ta’minlashi lozim.
5. Buxgalteriyada mulkni asosiy vositalar tarkibiga kiritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2003-yil 10-oktabrda 114-son bilan tasdiqlangan Buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-sonli BHMS) “Asosiy vositalar” (2004-yil 20-yanvar, ro‘yxat raqami 1299 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 3-son, 35-modda) va xarid qilish vaqtida olingan pasport va foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma, hamda boshqa texnik hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
6. Asosiy vositalar asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarda quyidagi obyektlar uchun aniqlanadigan boshlang‘ich qiymatda hisobga olinadi:
a) sug‘urtalovchining ustav kapitaliga ta’sischilar tomonidan ularning ulushi hisobidan kiritilgan obyektlar — tomonlarning kelishuviga asosan;
b) sug‘urtalovchining o‘zida tayyorlangan shuningdek, to‘lov evaziga boshqa korxona va shaxslardan sotib olingan obyektlar — ushbu obyektlarni (inshoot, qurish, tiklash) barpo etishga ketgan haqiqiy xarajatlardan kelib chiqib yoki ushbu obyektlarni xarid qilishda, to‘langan va qoplanmaydigan soliq (yig‘imlar) shuningdek, yetkazib berish, yig‘ish, o‘rnatish, ishga tushirish va ushbu aktivni ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog‘liq boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda;
Keyingi tahrirga qarang. v) boshqa korxona va shaxslardan tekinga olingan, shuningdek, hukumat idoralari tomonidan subsidiya ko‘rinishida olinganlari — qabul qilish sanadagi bozor bahosi yoki qabul qilish topshirish hujjatlarida ko‘rsatilgan qiymat bo‘yicha.
Asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati faqat qayta qurilganda, ta’mirlanganda va qisman tugatilganda hamda qayta baholangan hollarda o‘zgartirilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 31-dekabrdagi 490-sonli “Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2002-yilgi parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar mulkchilik shaklidan qat’i nazar, har yili 1-yanvar holatiga asosiy vositalar qiymatini joriy bahoga keltirish uchun qayta baholashni amalga oshiradilar. Asosiy vositalar bahosini oshirish (tushirish) summasi asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarning (0100) debeti (krediti) bo‘yicha 8510 “Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyoti bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
7. Ta’sischilar tomonidan sug‘urtalovchining ustav kapitaliga ulush hisobidan kiritilgan asosiy vositalarni kirim qilish asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarning (0100) debeti va 4610 “Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi” schyotining kreditida aks ettiriladi.
8. Sug‘urtalovchining o‘zi tomonidan qurilgan shuningdek, pudrat shartnomasiga asosan qurilgan asosiy vosita obyektlarini tegishli asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarning (0100) debeti, 0810 “Tugallanmagan qurilish” schyotining krediti bo‘yicha kirim qilinadi.
9. Mol yetkazib beruvchilar, pudratchilar va boshqa shaxslardan sotib olingan asosiy vosita obyektlari asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarning (0100) debeti, 0820 “Asosiy vositalarni xarid qilish” schyotining krediti bo‘yicha kirim qilinadi.
10. Boshqa korxona va shaxslardan tekinga olingan asosiy vositalarning kirim qilinishi asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlarning (0100) debetida 8530 “Tekinga olingan mulklar” schyoti bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. Biroq, soliqqa tortish maqsadida, tekinga olingan asosiy vositalarning qiymati daromad (foyda) solig‘ini hisoblashda soliqqa tortiladigan bazaga qo‘shiladi.