O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti “iqtisodiyot” kafedrasi



Download 2,81 Mb.
bet1/7
Sana08.06.2022
Hajmi2,81 Mb.
#643341
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mamadaminov.E


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA'LIM VAZIRLIGI

SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI
IQTISODIYOT” KAFEDRASI

MAKROIQTISODIYOT” fanidan


KURS ISHI


Mavzu: Investitsiya faoliyatida tavakkalchilikning o’rni

Bajardi: “IK320”- guruh talabasi Mamadaminov Erali Alisher o’g’li
Ilmiy rahbar:
SAMARQAND–2022
MUNDARIJA
Kirish………………………………………………………………………………3
1.Investitsiya faoliyati mohiyati. Investitsiya faoliyati bilan bog’liq tavakkalchiliklar va ularning tasniflanishi….…………………………………..6


2.Investitsiya loyihalarini amalga oshirishda tavakkalchiliklarning oldini olish va pasaytirish yo’llari………………………………………………....…………15
3.Investitsiya loyihalarini amalga oshirishda tavakkalchilikning loyiha samaradorligiga ta’sirini baholash va boshqarish amalyoti tahlili…………23
Xulosa…………………………………………………………………………….33
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………………….35


Kirish
Kurs ishi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Har qanday mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish holatiga investitsiyalar katta ta’sir ko’rsatadi. Shu sababdan har qanday davlat ichki va tashqi investitsiyalarni ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohasiga faol jalb qilish, ulardan samarali foydalanishga harakat qiladi. Yalpi ichki mahsulotda investitsiyalarning ulushi ko’rsatkichi esa turli mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlarini taqqoslash uchun asos bo’lib xizmat qiladi va bu ko’rsatkich rivojlangan mamlakatlarda 20 foizni tashkil qiladi”1.
Bir vaqtning o’zida yalpi ichki mahsulot tarkibida investitsiyalar ulushini oshirish tavakkalchilik darajasiga, bu esa mamlakatda olib borilayotgan investitsiya siyosati samarasiga bevosita bog’liq bo’ladi. O’zbekiston Respublikasining barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va dunyo miqyosida raqobatbardoshligining o’sishiga mamlakat, mintaqalar, iqtisodiyot tarmoqlari va alohida korxonalarning investitsion jozibadorligini oshirishga yo’naltirilgan davlatning samarali investitsiya siyosatisiz erishib bo’lmaydi. Mamlakatda tadbirkorlikning rivojlanayotganligi, barqaror iqtisodiy o’sishga erishilayotganligi, xorijiy investorlarning milliy iqtisodiyotimizga bo’lgan qiziqishlarining ortib borishi mamlakatdagi, avvalambor, iqtisodiyotning real sektoridagi investitsiya jarayonlarini faollashtirmoqda.
Jahon amaliyotidan ma’lumki, har qanday davlat o’z iqtisodiyotiga chet el sarmoyalarini, investitsiyalarni jalb qilmasdan turib taraqqiy eta olmaydi. Ishlab chiqarishni intensiv rivojlantirish, asosiy fondlarni yangilash, ijtimoiy muammolarni bartaraf etish, zamonaviy texnika-texnologiyalar asosida ishlab chiqariladigan mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish va mamlakatning eksport salohiyatini mustahkamlash investitsiyalar orqali ta’minlanadi.
Shu boisdan bu borada Harakatlar strategiyasida ilgari surilgan g‘oyalarni hayotga joriy etish, mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy o‘zgartirish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish hamda investorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoev ta’kidlaganidek, “Qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritgan bo‘lsa, o‘z iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga erishgan. Shu sababli ham investitsiya – bu iqtisodiyot drayveri, o‘zbekcha aytganda, iqtisodiyotning yuragi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi”.
Investitsiya faoliyatining samarali tashkil etilishi uning huquqiy jihatdan ta’minlanganlik darajasiga ham bog‘liqdir. O‘tgan yillar davomida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish uchun qulay investitsiya muhitini shakllantirish, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning samarali faoliyat yuritishi uchun bir qator islohotlar amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018yil 1 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5495 sonli Farmonida belgilanganidek, investitsiya kiritish uchun eng qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan, investitsiya faoliyati sohasidagi unifikatsiya qilingan qonun hujjati loyihasini yanada takomillashtirib tez fursatda hayotga tatbiq etish zarur edi.2 Dastlab investitsiya sohasidagi yagona hujjat sifatida Investitsiya kodeksi konsepsiyasi ishlab chiqilib muhokamaga qo‘yildi. Keyinchalik loyiha “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun nomini oldi. Mazkur qonun “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”, “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”, “Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risida”, “Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”, “Konsessiyalar to‘g‘risida”, “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to‘g‘risida”gi qonunlar va boshqa hujjatlarda, shuningdek bir qator qonunosti hujjatlarda mavjud bo‘lgan normalarni tizimli ravishda o‘zida mujassamlashtirdi.
Shu asosda tayyorlangan “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019 yil 25 dekabr kuni imzolandi va rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran bir oy o‘tgach kuchga kirishi belgilab qo‘yildi. Tuzilishiga ko‘ra 12 bob, 69 moddadan iborat bo‘lgan “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun ilgari investitsiyaga oid qonun hujjatlarida mavjud bo‘lmagan yangi tartib va qoidalar bilan yanada takomillashtirildi nvestitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun chet el investorlari hamda mahalliy investorlar tomonidan amalga oshiriladigan investitsiyalar va investitsiya faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan, to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiluvchi yagona normativ-huquqiy hujjat bo‘lib xizmat qilishi barobarida, investitsiya qonunchiligidagi ziddiyatlarni bartaraf etish, xorijiy sarmoyadorlar bilan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda “davlat-xususiy sektor” sherikligini rivojlantirish, sarmoyadorlar kiritgan mablag‘lar xavfsizligini kafolatlash, iqtisodiy barqarorlik va moliya bozorining mustahkamlanishiga hissa qo‘shadi.
Shuni alohida ta'kidlash joizki, investitsiya loyihalarini amalga oshirish juda katta tavakkalchilik darajasini talab etadi, bu esa ularni bartaraf etishining samarali va optimal variantlarini ishlab chiqishni taqozo etadi. Demak, har qanday investitsiya loyihalari turli noaniqliklar, tavakkalchiliklar bilan bog'liq. Har bir investitsiya ishtirokchisi tavakkalchiliklar, tavakkalchilik turlarining vujudga kelishi sabablari, ularning tasnifi hamda tavakkalchilik ehtimollarini oldini olish bo'yicha tadbirlar haqida aniq ma'lumotlarga ega bo'lishlari lozim. Shundagina ular investitsiya loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirishga o'z hissalarini qo'shishlari mumkin.

Download 2,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish