O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti “iqtisodiyot” kafedrasi


Investitsiya loyihalarini amalga oshirishda tavakkalchiliklarning oldini olish va pasaytirish yo’llari



Download 2,81 Mb.
bet4/7
Sana08.06.2022
Hajmi2,81 Mb.
#643341
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mamadaminov.E

2.Investitsiya loyihalarini amalga oshirishda tavakkalchiliklarning oldini olish va pasaytirish yo’llari
Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni rivojlantirishga iqtisodiy va siyosiy omillarining ta’siri yaqqol seziladi. Inflyatsiya darajasining yuqoriligi, korxonalarning to’lovga layoqatlilik darajasining pastligi, banklarning resurs bazasining zaifligi loyihalarni moliyalashtirishga salbiy ta’sir etuvchi umumiy sabablardir. Investitsiya loyihasini amalga oshirish murakkab jarayon bo’lganligi sababli, uni muvaffaqiyatli amalga oshirishda hukumat tomonidan yaratilgan imkoniyatlar yetarli emas. Chunki, investitsiya loyihalari turli noaniqliklar, tavakkalchiliklar bilan bog’liq.
3-rasm. Tavakkalchiliklar(risklar)ni boshqarish bosqichlari
Loyihalarni moliyalashtirishda tavakkalchilik turlarini aniqlash, tahlil qilish, ularni loyiha ishtirokchilari o’rtasida taqsimlash hamda risklarni kamaytirish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqish loyiha samaradorligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Har bir muvaffaqiyatli amalga oshgan loyiha esa respublika iqtisodiyotiga ijobiy hissa qo’shadi. Shuni hisobga olgan holda, investitsiya risklarini boshqarishning mazmuni, mohiyati, boshqarishdagi vazifalar, tavakkalchiliklarni pasaytirish yo’larini hamda usullarini bilish har bir loyiha qatnashchilari va investorlar uchun juda muhim hisoblanadi. Iqtisodiy adabiyotlarda tavakkalchiliklarni boshqarish - bu tavakkalchilik va foyda miqdorini oqilona qo’shilmasini aniqlashga qaratilgan harakatlardir, deb ta’rif beriladi.
Loyiha risklarini boshqarishning u yoki bu turdagi vositalarining, mexanizmlarining qo'llanilishi amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari bilan bog’liq tavakkalchiliklarning aniq turlari va ularni keltirib chiqaruvchi omillar koʻlamiga, shuningdek, ularning loyihani amalga oshirish natijalari ta'siriga bog'liqdir. Tavakkalchiliklar barcha loyihalar uchun umumiy bo'lgani kabi har bir investitsiya loyihasining oʻziga xos xususiyatlariga, muayyan tasniflariga qarab maxsus risklar ham bo'lishi mumkin. Bunday sharoitlarda tavakkalchiliklarni tahlil etish, ularni boshqarish vositalarini ishlab chiqishda kuchli va tajribali mutaxas-sisning malakali bilimiga tayaniladi. Bunda loyiha risklarini boshqarish bir martalik yoki bitta jarayondan iborat bo'lmasdan, balki u bir qancha bosqichlarni o'z ichiga qamrab oladi. Bu jarayonlar investitsiya loyihasini amalga oshirishdagi risklarni pasaytirish yoki bartaraf etishnigina emas, balki loyihaning ijobiy natijalarini ta'minlash yoki oshirishga ham bo'ysundirilgan boʻladi.
Tavakkalchiliklarni boshqarishning asosiy maqsadi - ularni pasaytirish hisoblanadi. Quyida investitsiya loyihalarini ishlab chiqishda aniqlanuvchi, hisobga olinuvchi tavakkalchiliklarni tahlil qilish va ularni loyihani ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonlaridagi boshqarish tizimining bosqichlari keltirilgan:
- tavakkalchiliklarni boshqarishni rejalashtirish;
- tavakkalchiliklarni tasniflash;
- tavakkalchiliklarni sifatli baholash;
- tavakkalchiliklarni miqdoriy baholash;
- tavakkalchiliklarni rejalashtirish (aniqlash) va ularni hal etish uslublarini tanlash;
- tavakkalchiliklarning monitoringini olib borish.
Loyihani amalga oshirishdagi tavakkalchiliklarini boshqarishning yuqoridagi barcha bosqichlari bir-biri bilan o’zaro bog’liqlikka ega. Har bir bosqich har bir loyihada bir marta bajariladi.
1. Tavakkalchiliklarni boshqarishni rejalashtirish. Tavakkalchiliklarni boshqarishni rejalashtirish deganda aniq loyiha bo’yicha boshqarishni rejalashtirish va qarorlarni qabul qilish jarayoni tushuniladi. Shuningdek mazkur jarayon o’z ichiga loyiha tavakkalchiliklarini boshqarish jarayonini kadrlar bilan ta’minlashni tashkil etishni ham qamrab olishi lozim.
2. Tavakkalchilikni tasniflash. Tavakkalchiliklarni tasniflash jarayoni doirasida loyihaga haqiqatan ham ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan risklar aniqlanadi va bu risklarning tasnifi keltiriladi. Shuni ta’kidlash lozimki, investitsiya loyihalarini amalga oshirishda tavakkalchiliklarni tasniflash ularni boshqarishning eng muhim jarayonlaridan hisoblanadi.
3. Tavakkalchiliklarni sifatli baholash. Risklarni sifatli baholash – loyihada tasniflangan tavakkalchiliklarning sifatli tahlilini amalga oshirish va ulardan eng xatarlilarini ajratib olishdir. Tavakkalchiliklarni sifatli baholash tavakkalchilik-larning paydo bo’lish shart-sharoitlarini baholashni va ularning standart yoki nostandart usullar va vositalar bilan loyihaga ta’siri aniqlanadi. Fikrimizcha, aksariyat hollarda tahlilning universal usullarini qo’llash olinadigan natijalarning ko’zlangan darajadagi ishonchligini ta’minlashga imkon bermaydi.
4. Tavakkalchiliklarni miqdoriy baholash. Adabiyotlarda tavakkalchiliklarni miqdoriy baholash sifatida risklarning paydo bo’lish ehtimolligini aniqlash va ularning loyihaga ta’siri tushuniladi. Fikrimizcha, miqdoriy tahlil, aksariyat hollarda, tavakkalchiliklarni boshqarishning mustaqil bosqichi hisoblansada, u tavakkalchiliklarni sifatli baholash bosqichi bilan uzviy bog’liqlikda qo’llanilishi lozim.
5. Tavakkalchiliklarni rejalashtirish (aniqlash) va ularni hal etish uslublarini tanlash. Adabiyotlarda tavakkalchiliklarni rejalashtirish (aniqlash) va ularni hal etish uslublarini tanlash sifatida loyihaga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi tavakkalchiliklarni pasaytirish uslublari va texnologiyalarini ishlab chiqish tushuniladi.
6. Tavakkalchiliklarning monitoringini olib borish. Tavakkalchiliklarning monitoringini olib borish bosqichi doirasida aniqlangan risklar, bartaraf etilmagan tavakkalchiliklar va tavakkalchiliklardan himoyalanish rejasining bajarilishi ta’minlanganligi aniqlanadi hamda uning samaradorligini baholash ishlari olib boriladi.
Shuni e’tiborga olish lozimki, investitsiya loyihalari risklarini boshqarishda ularning tahlil qilinish natijalariga asoslanib, boshqarish usullari tanlanadi. Investitsiya loyihalarini amalga oshirishdagi alohida risklar ta’sirini yo’qotish yoki yumshatish uchun bir qancha usullar qo’llaniladi.
1. Tavakkalchilikdan qochish. Qochish deganda risk bilan bog’liq tadbirlardan shunchaki og’ish tushuniladi. Tavakkalchilikni pasaytirishning bu usuli mukammal k o’rib chiqilmaydi.
2. Tavakkalchilikni loyiha ishtirokchilari o’rtasida taqsimlash (tavakkalchilikning bir qismini hamkorlarga berish). Tavakkalchilikni taqsimlash loyihaning moliyaviy rejasini va aniq hujjatlarini ishlab chiqishda amalga oshiriladi.
3. Tavakkalchilikni sug’urtalash. Tavakkalchilikni sug’urtalash, mantiqan olganda, muayyan tavakkalchiliklarni sug’urta kompaniyalariga berishni anglatadi. Uning mohiyati investorning riskdan qutilish maqsadida daromadning bir qismidan vos kechish orqali aks ettiriladi. Bunda investorning tavakkalchilik darajasini “nol”ga tushirish uchun to’lovni amalga oshirishga tayyor ekanligini tushunish mumkin. Ko’p hollarda, sug’urta kompaniyalari moliyaviy tavakkalchiliklarni sug’urtalash bilan tavakkalchilik darajasini pasaytirishga to’liq erishishiga xizmat qiladilar.
4. Tavakkalchilikni pasaytirish (ko’zda tutilmagan xarajatlarni qoplash uchun zahira mablag’larini tashkil etish yo’li bilan yo’qotishlar hajmini qisqartirish). Ko’zda tutilmagan xarajatlarni qoplash uchun zahira mabla g’larini tashkil etishdagi asosiy muammo tavakkalchiliklarning jiddiy oqibatlarini baholash hisoblanadi. Buning uchun loyiha qiymatini boshlang’ich baholashni hisobga olish lozim. Bu esa zahira summasini aniqlashga katta yordam beradi.
Tavakkalchilikni pasaytirishning aniq vositasini tanlashsa investor quyidagi tamoyillarga asoslansa, maqsadga muvofiq bo’ladi:
- ortiqcha tavakkal qilish kerak emas;
- tavakkalchilik oqibatlari to’g’risida o’ylash lozim;
- kam narsa uchun tavakkal qilish kerak emas.
Birinchi tamoyilga asosan, investor o’z kapitalidan ko’ra ko’proq tavakkal qilishi mumkin emas, ya’ni investor investitsiya loyihasini amalga oshirish to’g’risida qaror qabul qilishidan avval quyidagilarga amal qilishi lozim:
- loyihaga ta’sir etuvchi risk bo’yicha mumkin bo’lgan zararning maksimal hajmini aniqlab olishi;
- uni qo’yilayotgan kapital va o’zining barcha moliyaviy mablag’lari bilan taqqoslashi lozim.
- ushbu kapitalning yo’qotilishi investorning bankrot bo’lishiga olib kelish-kelmasligini risk koeffitsientini hisoblash asosida aniqlashi lozim.
Uchinchi tamoyilning amal qilinishi loyihadan koʻriladigan zarar hajmi nisbatan yuqori bo'lgan hollarda riskdan (tavakkal qilishdan) bosh tortish zarurligi bilan anglanadi, ya'ni oz samara uchun ko'p narsadan vos kechish kerak emas. Investor uchun uning manfaatiga mos boʻlgan loyiha uni amalga oshirishdagi yuzaga keluvchi risklarning toʻliq bartaraf etilganidir. Loyihaning iqtisodiy samaradorligini aniqlashda muqobil loyihalarni taqqoslama tahlil etishning ahamiyati juda kattadir. Loyihalarning taqqoslama tahlili, hatto, ularning qaysi biri eng kam riskli, yuqori foydali, tez qaytimli, kafolatlangan daromadli, hayotiyligi ishonchli investitsiya loyihasi ekanligini aniqlashga imkon beradi. Bunday tahlil investorning moliyalashtirishga loyiq haqiqiy raqobatbardosh loyihani aniqlashi va tanlashiga imkon beradi.
Investitsiya bilan bog’liq tavakkalchiliklarni pasaytirish usullari quyidagilardan iborat:
1. Tavakkalchiliklarni diversifikatsiyalash.
2. Tavakkalchiliklarni sug’urtalash.
3. Tavakkalchiliklarni loyiha qatnashchilari o’rtasida taqsimlash.
4. Tavakkalchiliklar uchun moliyaviy zahiralar ajratish.
5. Qo’shimcha ma’lumotlar va axborotlarga ega bo’lish.
Tavakkalchiliklarni diversifikatsiyalash bir-biriga bog’liq bo’lmagan turli xil faoliyatlar o’rtasida tavakkalchiliklarni taqsimlash hisoblanadi. Diversifikatsiya turli xil faoliyatlar o’rtasida investitsiyalarni taqsimlash asosida tavakkalchilikning bir qismidan qutulish imkonini beradi (investitsiya portfelini shakllantirish).
Investitsiya portfelini shakllantirishda tavakkalchiliklarni taqsimlashning quyidagi shakllari mavjud:
1. Tovar va xizmatlar, faoliyat turlari bo’yicha diversifikatsiyalash;
2. Iste’molchilarni diversifikatsiyalash;
3. Mol yetkazib beruvchilarni diversifikatsiyalash;
4. Loyiha qatnashchilarni diversifikatsiyalash.
Tavakkalchiliklarni sug’urtalash bu risklardan og’ish hisoblanib, bunda mukofot evaziga tavakkalchiliklarni sug’urta kompaniyalariga berish orqali tavakkalchilik-larni pasaytirish hisoblanadi. Sug’urtalashda mulkni sug’urtalash hamda baxtsiz xodisalardan sug’urtalash amalga oshiriladi. Mulkiy sug’urtalashning quyidagi shakllari mavjud:
1. Moddiy yo’qotishlar va zararlardan himoya qilish maqsadida pudrat
qurilishlarini sug’urta qilish;
2. Moddiy yo’qotishlar va zararlardan himoya qilish maqsadida dengiz yoki
havo transportlari orqali tashilayotgan yuklarni sug’urta qilish;
3. Moddiy yo’qotishlar va zararlardan himoya qilish maqsadida pudrat va subpudrat tashkilotlariga tegishli bo’lgan asbob uskunalarni sug’urta qilish.
Baxtsiz hodisalardan sug’urta qilishning quyidagi shakllari mavjud:
1. Qurilish qatnashchilari tana jarohatlari, shaxsiy zarar yoki mulkiy zarar ko’rganlarida bosh pudrat tashkilotlari faoliyatini himoya qilish maqsadida umumiy fuqorolik javobgarligidan sug’urta qilish;
2. Loyihalashtirish jarayonida arxitektorlik va texnik nuqtai nazardan xatolarga yo’l qo’yilganda loyihalarni boshqarishda kamchiliklar kelib chiqqanda bosh pudrat tashkilotini moddiy javobgarlikdan sug’urta qilish. Tavakkalchiliklarni loyiha qatnashchilari o’rtasida taqsimlash moliyaviy reja va shartnoma xujjatlarini ishlab chiqish davomida amalga oshiriladi. Tavakkalchiliklarni sifat va miqdor jihatdan taqsimlash mumkin. Tavakkalchiliklarni sifat jihatdan taqsim-lashda loyiha qatnashchilari ularga tegishli bo’lgan u yoki bu risklarni ko’paytirib yoki kamaytirgan holda qaror qabul qiladilar. Lekin, bunda, masalan, investorlarga qanchalik yuqori tavakkalchiliklar taqsimlanishi ko’zda tutilsa, shunchalik ularni loyihaga jalb qilish qiyinroq bo’ladi.
Tavakkalchiliklarni miqdor jihatdan taqsimlashda yuqorida ko’rib o’tilgan risklarni tahlil qilish usullari qo’llaniladi. Masalan, “Qarorlar daraxti” usulida har bir bosqichda hech bo’lmaganda ikki tomon ishtirok etadi: sotuvchi va sotib oluvchi, buyurtmachi va buyurtmani amalga oshiruvchi. Buyurtmachi shartnomada ko’rsatilgan ishlarni o’z vaqtida hamda sifatli qilib bajarilgan holda shartnoma qiymatini kamaytirishga harakat qiladi; buyurtmani bajaruvchi esa, maksimal foyda olishga harakat qiladi. Bunda tavakkalchilik darajasi ikki tomon uchun ham mos kelishi kerak.Riskni kompensatsiyalash moliyaviy zahiralarni tashkil etishni ko’zda tutadi. Ko’zda tutilmagan zararlarni qoplash uchun moliyaviy zahiralarni tashkil etish orqaligina loyihani amalga oshirishda vujudga keladigan uzilishlarni bartaraf etish mumkin.
Moliyaviy zahiralarni tashkil etishda quyidagilarni aniqlash lozim:
1. ko’zda tutilmagan xarajatlarni qoplash uchun kerakli bo’lgan mablag’ miqdori;
2. ko’zda tutilmagan harajatlarni qoplash uchun kerakli bo’lgan zahiraning tarkibi;
3. belgilangan zahiralardan foydalanish maqsadlari.

Download 2,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish