Bajardi : “Xitoy filologiyasi” ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi kurs talabasi Ibragimjonova Naima Ilmiy rahbar



Download 126,5 Kb.
bet2/26
Sana14.07.2022
Hajmi126,5 Kb.
#798133
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Ibragimjonova Naima 4-kurs filologiya (o\'zbek)BMI 2020

Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillgini qo‘lga kiritgach siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda turli o‘zgarishlar yangiliklar ko‘zga tashlana boshlandi. Bugungi kunda davlatimizning ijtimoiy iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hayotidagi tub o‘zgarishlarni amalga oshirish jarayonida fuqarolarning dunyoqarashida ham shunga monand islohatlar olib borish zarurligi ustivor masalaga aylandi. Bu borada ijtimoiy-gumanitar fanlar, birinchi navbatda tilshunoslik zimmasiga yanada ma’suliyatli vazifalar yuklandi. Zero, o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi 3 . O‘zbekistonning o‘z taraqqiyot yo‘lida chuqur islohotlar yo‘lidan borib amalga oshirayotgan bunyodkorlik ishlari til jabhalarida ham e’tiborga molik ishlarni amalga oshirish imkoniyatlarini bermoqda. Ayniqsa, insoniyatning XXI asr boshlarida kelib glaballashuv davriga qadam qo‘yishi, kommunikatsiya va informatsiya aloqalarida tub burulishlar yasalayotganligi tilni o‘rganish, uning bilan bog‘liq ilmiy tadqiqotlarni olib borishni yanada dolzarb qilib qo‘ymoqda.
O‘zbekiston – Xitoy hamkorlik munosabatlari keng ko‘lam kasb etib, strategik sheriklik aloqalari yuksak darajaga ko‘tarilmoqda. Mamlakatlarimizning milliy manfaatlari, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, jahondagi nufuzi yuksalishiga xizmat qiladigan bu aloqalar O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov boshlab bergan o‘zaro do‘stlik, mustahkam ishonchga asoslangan hamkorlik negizida taraqqiy etmoqda.
O‘zaro manfaatli hamkorlikning huquqiy bazasini 2005-yilda imzolangan Do‘stlik, hamkorlik va sheriklik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma, 2010-yildagi Do‘stlik, hamkorlik va sheriklik munosabatlarini har tomonlama chuqurlashtirish va rivojlantirish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya, 2012-yildagi Strategik sheriklik o‘rnatish to‘g‘risidagi Qo‘shma deklaratsiya, 2013-yildagi Ikki tomonlama strategik hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va rivojlantirish haqidagi Qo‘shma deklaratsiya, 2014-2018-yillarga mo‘ljallangan Strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish dasturi hamda 2016-yilda imzolangan Qo‘shma bayonot tashkil qiladi.
Mazkur hujjatlarning qabul qilinishi ulkan tarixiy ahamiyatga ega bo‘lib, nihoyatda keng ko‘lamlidir. Ular uzoq muddatli istiqbolda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 2017-yilning 11-13-may kunlari davlat tashrifi bilan Xitoyda bo‘ldi. Mazkur tashrif o‘z navbatida ikki davlat hamkorligi tarixida yangi sahifa ochdi. 4
Ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy sohadagi bunday hamkorlik tabiiyki, tomonlar o‘rtasidagi yozishmalarsiz bo‘lmaydi. Shu boisdan nafaqat xitoy tilida ravon so‘zlashadigan, balki ushbu tilda yozma hujjatlarni savodli rasmiylashtiradigan malakali xitoyshunos kadrlarga ehtiyoj va talab kun sayin ortib bormoqda.
Hozirgi kunda mamlakatimiz talabalari orasida xitoy tilini o‘rganishga bo‘lgan talab kun sayin ortib bormoqda. Ko‘plab o‘zbek talabalari hozirda Xitoyning juda ko‘p mashhur bilim yurtlarida o‘z malaka va ko‘nikmalarini oshirib bormoqdalar.
Lekin talabalarning asosiy qismi xitoy tilida ish yurituv hujjatlari haqida yetarli darajada ma’lumotga ega emas. Talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari shuni ko‘rsatdiki, talabalarning ko‘p qismi xitoy tilida ish yurituv xatlarini o‘qib tushuna oladilar, lekin o‘zlari mustaqil ish yurituv xatlarini yoza olmaydilar, xitoy tilida ish yurituv xatlarining turlari, yozilish qoidalari bilan tanish emaslar. Shunga qaramay talabalar ushbu mavzuga qiziqish bildirdilar hamda ushbu mavzu yuzasidan tadqiqot ishlari olib borilishi foydadan holi emas deb xulosa berdilar.
Ushbu bitiruv malakaviy ishi:

  • xitoy tilida ish yurituv xatlarining turlari

  • har bir turdagi bir qancha xatlarning tahlili

  • har bir xat turining alohida tavsiflari

  • xatlarning tuzilish tartibi

  • xitoy tilidagi rasmiy-ish yurituv xatlarining tuzilish tartibining har biriga misollar keltrib ularni tahlil etish

  • tahlil qilgan xatlarni alohida turlar doirasida qo‘llanilgan so‘zlarni ajratib olib, ushbu so‘zlarni xatlarda tez-tez qaytarilish hodisasini kuzatish kabi masalalarni ochib beradi.


Download 126,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish