O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK
UNIVERSITETI
XITOYSHUNOSLIK FAKULTETI
XITOY TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
Mavzu: “Xitoy tilida xat matnining lisoniy tahlili”
Bajardi : “Xitoy filologiyasi” ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi kurs talabasi Ibragimjonova Naima
Ilmiy rahbar : PhD, dot. Mustafayeva S.T
Toshkent – 2020
MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………..........................6
I. BOB XITOY TILIDA XATLARNING TAVSIFI VA STRUKTUR XUSUSIYATLARI……………………………………………………………….11
1.1. Xitoy tilida xatning tavsifi va turlari …………………………………...11
1.2. Xatlarning struktur xususiyatlari………………………………………..14
II. BOB XITOY TILIDA XAT MATNINI LEKSIK XUSUSIYATLARI…38
2.1. Xatlarda so‘zlarning qo‘llanishi………………………………………...38
2.2.Xatlarda qo‘llaniluvchi birikma va konstruksiyalar…………………….55
XULOSA…………………………………………………………………….70
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………….72
ANNOTATSIYA
Bitiruv malakaviy ishida Xitoy tilidagi savdo-iqtisodiy sohaga oid xat matnlari obyekt qilib oldik, xitoy tilida ish yurituv xatlarining turlarini o‘rgandik, har bir turdagi bir qancha xatlarni tahlil qildik, har bir xat turining alohida tavsifladik, xatlarning tuzilish tartibini o‘rgandik, xitoy tilidagi rasmiy-ish yurituv xatlarining tuzilish tartibining har biriga misollar keltrib ularni tahlil etdik, tahlil qilgan xatlarni alohida turlar doirasida qo‘llanilgan so‘zlarni ajratib olib, ushbu so‘zlarni xatlarda tez-tez qaytarilish hodisasini kuzatdik.
Mazkur bitiruv malakaviy ishi xitoy tilidagi savdo-iqtisodiy sohaga oid xat matnlarini o‘rganish va tahlil qilishga qaratilgan.
简介
本文研究了中文经济贸易信函的文本,研究了商务信函的类型,分析了几种类型的词汇,分别描述了每种词语,研究了词语的结构,中文我们通过举例说明该语言中正式字母的结构,区分了每种字母中使用的单词,并分析了这些单词在该行业信函字母中频繁重复的现象,从而对每种字母进行了分析。
本文的重点是在中国贸易和经济文本的研究和分析。
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikga erishgach siyosiy, ijtimoiy – iqtisodiy, ma’naviy – ma’rifiy, sohalarda turli o‘zgarishlar, yangiliklar ko‘zga tashlana boshlanadi. Respublikamiz taraqqiyoti kun sayin yuqori pog‘onalarga ko‘tarilib, o‘z madaniyati, tili, urf-odatlari biz yoshlarning ilmga bo‘lgan salohiyati bilan dunyo sathlarida samarali foydalanilgan holda dunyo mamlakatlarini o‘rganish, ularning dini urf – odatlari, madaniyati, tilini bilish zarurdir.1
O‘zbekiston va Xitoy – har tomonlama strategik sheriklar. O‘zbekiston XXRning tashqi siyosiy kursi va yagona Xitoy masalalari bo‘yicha qat’iy pozitsiyasini, terrorizm, ekstremizm va separatizmga qarshi olib borayotgan kurashini qo‘llab-quvvaytlaydi. Xitoy mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va O‘zbekistonning mintaqaviy siyosatini olqishlaydi. Davlatlar xalqaro tashkilotlar doirasida faol hamkorlik qilmoqda. Davlat rahbarlarining muntazam uchrashuvlari va siyosiy irodasi O‘zbekiston-Xitoy har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarmoqda. Bugun siyosat, iqtisodiyot, savdo, sanoat, moliya, qishloq xo‘jaligi, qurilish, fan, ta’lim va madaniyat sohalarida hamkorlik jadal rivojlanmoqda.
Xitoy – O‘zbekistonning eng yirik savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sheriklaridan biri. O‘zaro tovar ayirboshlash izchil o‘smoqda. O‘tgan yil 2018-yilning yakunlariga ko‘ra, uning hajmi 6,4 milliard dollardan, joriy yilning birinchi choragida esa 50 foizga oshgan.
O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilingan Xitoy investitsiyalari va kreditlari hajmi 8 milliard dollardan oshdi. 2017-yil may oyida XXRga amalga oshirilgan oliy darajadagi davlat tashrifi natijasida umumiy qiymati 4,5 milliard dollardan ziyod loyihalar amalga oshirilmoqda.2
Do'stlaringiz bilan baham: |