Bahor manzarasi va mehnat



Download 243 Kb.
bet10/17
Sana09.07.2022
Hajmi243 Kb.
#764974
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
Bahor manzarasi va mehnat

Sinfdan tashqari o'qish. Boshlang'ich sinflarda sinfdan tashqari o'qishga kichik yoshdagi o'quvchilarni ona tilini puxta o'zlashtirishga tayyorlashning ajralmas qismi, ta'lim jarayonida ularni axloqiy-estetik tarbiyalashning muhim vositasi sifatida qaraladi. Sinfdan tashqari o'qishning maqsadi kichikyoshdagi o'quvchilarni bolalar adabiyoti va xalq og'zaki ijodining xiima-xil namunalari bilan tanishtirish, ularda kitobxonlik madaniyatini tarkib toptirishdir.
Sinfdan tashqari o'qish dastuming mazmuniga ko'ra ta'limning har bir bosqichida ikki asosiy bo'lim ajratiladi: Birinchi bosqichda o'qish doirasi, ya'ni o'qitiladigan kitoblar va ularni qaysi tartibda o'qish bilan tanishtirish yuzasidan o'quvchilarga ko'rsatma beriladi. Ikkinchi bosqichda shu o'quv materiallari asosida bilim, ko'nikma va malakalar shakllantiriladi.
O'quvchilar kitob va ularning mualliflari haqidagi biiimlarni bevosita amaliy faoliyatlari, ya'ni kitob ustida ishlash jarayonida egallaydilar.
Sinfdan tashqari o'qish mashg'ulotlari o'qish darslari bilan bog'lab olib boriladi. O'quvchilar o'qituvchi rahbarligi ostida awal mavzuga oid bir necha kitob bilan tanishsalar, keyinroq yetakchi bolalar yozuvchilarining asarlari bilan tanishadilar, so'ngra bolalarning qiziqishlariga mos, ruhiyatlariga yaqin har xil mualliflarning bir mavzuga doir kitoblarini mustaqil tanlab o'qishga o'tadilar.
1-sinfda sinfdan tashqari o'qish mashg'ulotlarida savod o'rgatish darslarida hosil qilingan ko'nikma va malakalar asosida bolalarning ona Vatan, istiqlol, milliy qadriyatlar haqidagi tasawur-tushunchalari kengaytiriladi, boyitiladi.
2-sinfda o'quvchilar kichik hajmdagi asarlarni o'qituvchining topshirig'i va yordami asosida mustaqil o'qishga o'tadilar.
3- va 4-sinflarda sinfdan tashqari o'qish mashg'u­lotlarida o'quvchilarning mustaqil o'qishlari uchun kishilaming hayotiyorqin tasvirlangan, ularning ma'naviy-axloqiy turmush tarzi aks ettirilgan badiiy va ilmiy-ommabop asarlar tavsiya etiladi. Jumladan, o'quv materiali sifati sarguzashtlarga boy asarlar, ona tabiat sahovati, kishilaming o'zaro mehr-muhabbati tarannum etilgan, buyuk ajdodlarimizning olamshumul faoliyatlari ko'rsatilgan axloqiy-ma'rifiy hikoyalar, tarixiy badialar, istiqlol to'g'risidagi ilmiy-ommabop maqolalar bilan tanishishga ahamiyat berilgan.
O'quvchilarning bolalar kitobi, gazetasi va jurnallari bilan mustaqil ishlashda sinf va maktab kutubxonasi bilan hamkorlikni to'g'ri yo'lga qo'yish sinfdan tashqari o'qish mashg'ulotlarining samaradorligiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Birinchi sinf o'quvchilarining kitob bilan mustaqil faoliyatini shakllantirish uchun sinf kutubxonasida hafta davomida kitoblar ko'rgazmasi tashkil etib boriladi.
Ikkinchi sinfda esa kitoblar ko'rgazmasi mavzular asosida tashkil etiladi. Masalan, vatan, istiqlol, tabiat, axloqiy-ma'naviy qadriyatlar, buyuk ajdodlarimizning qahramonona jasoratlari kabi mavzular shular jumlasidandir. Bunday kitob ko'rgazmalari hamda tavsiya etilayotgan kitoblar ro'yxati o'quvchilar saviyalariga mos asarlarni tanlab o'qishlariga yordam berishi kerak.
Uchinchi sinf kitoblar ko'rgazmasida kitoblar mualliflariga qarab tartiblanadi. Masalan, Q.Muhammadiy, P.Mo'min, G'.G'ulom, Z.Diyor, A.Obidjon asarlari kabi. Shuningdek, tavsiya etiladigan kitoblar ro'yxati va kitob ustida mustaqil ishlash uchun mavzular bo'yicha kartotekalar mavjud bo'ladi.
To'rtinchi sinfda sinf va maktab kutubxonasidagi mavjud badiiy, tarixiy, ilmiy-ommabop kitoblar, bolalar gazetasi va jurnalida bosilgan, o'quvchilar o'qishi uchun tavsiya etilgan maqolalarning «Nimani o'qishim kerak?» sarlavhali katalogini (mavzusi yoki muallifi bir xil kitoblar va maqolalarning ma'lum tartibda tuzilgan ro'yxati) tuzish tavsiya etiladi.
Ikkinchi sinfdan boshlab o'quvchilarni shahar va tuman kutubxonalari bilan tanishtirish, sayohatlar uyushtirish tavsiya qilinadi. 3-4-sinflarda kitobxon o'quvchilarni tarbiyalashga, ularning kutubxonalardan mustaqil foydalanishlariga yordam beradigan adabiy ertaliklar, badiiy o'qish kabi tadbirlarni o'tkazish ko'zda tutildi.
Sinfda va sinfdan tashqari o'qish boshlang'ich sinflarda o'qitiladigan barcha predrinet dasturlarining bo'limlari bilan bevosita bog'liq. O'z navbatida grammatikavato'g'ri yozuv, tabiatshunoslik (atrofimizdagi olam), tasviriy san'at va musiqani o'rganishda olingan bilim va hosil qilingan ko'nikmalar o'qish darslarida foydalaniladi.

Download 243 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish