Mavzu: 3-sinf o`qish darsligidagi “Bahor manzarasi va mehnat” bo`limini o`tishda nafosat tarbiyasini berish
Reja:
Kirish
I. Bob 3-sinf o`qish darsligidagi “Bahor manzarasi va mehnat” bo`limini o`rganishning samarali omillar.
I.1. 3-sinf o`qish darsligidagi “Bahor manzarasi va mehnat” bo`limini o`rganish bugungi kundagi o`rni.
I.2. 3-sinf o`qish darsligidagi ““Bahor manzarasi va mehnat” bo`limini o`tishda DTS talablari.
I.3. Oilada bolalarga nafosat tarbiyasini berish.
II. Bob. 3-sinf o`qish darsligidagi “Bahor manzarasi va mehnat” bo`limini o`rganishning shakl, metod va vositalari.
II.1. 3-sinf o`qish darsligidagi “Bahor manzarasi va mehnat” bo`limini o`tishda o`qish texnikasi.
II.2. 3-sinf o`qish darsligidagi “Bahor manzarasi va mehnat” bo`limini o`tishda yangi pedagogik texnalogiyalardan foydalanish.
Tajriba-sinov ishlari
Xulosa
Tavsiyalar
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
Kirish
Mavzuning dolzarbligi va ahamiyati
Hozirgi kunda dars jarayonini jonli tarzda o`tkazish, undagi yangi mazmunni o`quvchilarga to`larok yetkazish uchun noan`anaviy usullardan foydalanish zamonaviy texnalogiyaning dolzarb talabi bo`lib xizmat kiladi.
O`qituvchilardan ham dars samaradorligi oshiradigan, o`quvchilar faolligini kuchaytiradigan texnalogiyalarni qo`llash talab etilmoqda. Bunday talablarga asosan o`quvchilarda o`zaro raqobatni o`rnatish uchun darslarda noan'anaviy usullardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov ta`lim sohasidagi islohotlarning asl mohiyati haqida fikr yuritar ekan: “Kelajak bugundan boshlanadi, hozir tarbiya masalasiga e`tibor qilinmasa kelajak boy beriladi. Tarbiyadan hech narsani ayamaymiz! Ma`naviy va axloqiy poklanish, iymon, insof, diyonat, or-nomus, mehr-oqibat va shu kabi chinakam insoniy fazilatlar o’z-o’zidan kelmaydi, hammasining zaminida tarbiya yotadi. Zero, bugungi yosh avlodga o’tmishimiz kim ekanligini anglatish, biz kimning avlodi ekanligimizni yetkazish eng dolzarb masalalardan biridir”1
Zamonaviy ta'limni tashkil etishda turli xil noan'anaviy usullardan samarali foydalanishga alohida e'tibor berilmoqda. Bugungi kunda adabiy ta'lim jarayonida ko`llash nihoyatda qulay bo`lgan bir qator noan`anaviy usullar yaratilmoqda. Noan`anaviy usullar nafakat nazariy bilimlarni mustahkamlash, ularning amaliy malaka va ko`nikmalariga aylanishini ta'minlabgina qolmay, balki ta'lim oluvchilarda muayyan axloqiy irodaviy sifatlarni ham tarbiyalashga o`z ulushini qo`shadi.
O`quv – tarbiya jarayonida pedagogik texnalogiyalarning to`g`ri joriy etilishi o`qituvchining bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslhatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa o`quvchidan ko`proq mustaqillikni, ijodni va irodaviy sifatlarni talab etadi. Har qanday pedagogik texnalogiyaning o`quv –tarbiya jarayonida qo`llanilishi shaxsiy xarakterdan kelib chiqqan holda, o`quvchini kim o`qitayotganligi va o`qituvchi kimni o`qitayotganiga bog`liq. Pedagogik texnalogiya asosida o`tkazilgan mashg`ulotlar yoshlarning muhim hayotiy yutuq va muammolariga o`z munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini qondirib, ularni fikrlashga, o`z nutqai nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi. Hozirgi davrda sodir bo`layotgan innovasion jarayonlarda ta'lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axborotni o`zlashtirish va o`zlashtirgan o`zlari tomonidan baholashga qodir , zarur qarorlar qabul qiluvchi, mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslar kerak. Shuning uchun ham, ta'lim muassasalarining o`quv – tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o`qitish uslublari-interfaol uslublar, innovasion texnalogiyalarning o`rni va ahamiyati beqiyosdir . Pedagogik texnalogiya va ularning ta'limda qo`llanishiga oid bilimlar , tajriba o`quvchilarni bilimli va yetuk malakaga ega bo`lishlarini ta'minlaydi
Biz ham bitiruv malakaviy ishimizni pedagogik texnalogiyalarga asoslangan holda olib bordik. O`quvchilarga tarbiya berishda nafosat tarbiyasi hozirgi kunda dolzarb muammo ekanligi isbotlandi.
Bugungi kunda boshlang`ich sinflarda darslarni tashkil qilishdagi asosiy muammo bu o`quvchilarni ta'lim jarayoniga jalb qilish, ularda mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish va yuqori o`zlashtirish darajasiga erishishdir.
Fan va texnikaning rivojlanishi tufayli XXI asrda axborotlar oqimi ham keskin darajada ko`payib, hatto, ushbu asrni axborot texnalogiyalari asri deb atalmoqda. Mana shunday axborotlar oqimi shiddat bilan kirib kelib, ta'lim sohasiga ham o`z ta'sirini ko`rsatmoqda. Ya'ni, o`quvchilarga berilishi lozim bo`lgan axborotlar sig`imi ham oshdi. Endilikda imkon boricha oz vaqt ichida o`quvchilarga ko`proq bilim berish bugungi zamon talabidir.
Boshlang`ich sinflarda predmetlarga tegishli darsliklarni, dasturlarni kuzatar ekanmiz, haqiqatdan ham o`quv materiallarining hajmi birmuncha oshganligini, qo`shimcha fanlar kiritilganligini, murakkablashganligini ko`rishimiz mumkin. Demak, oz vaqt ichida o`quvchilarni ko`proq bilimlarini o`sishiga erishish hamda tarbiyasi ogir bolalar bilan ishlash ularga xayot guzalligini anglatish bugungi kundagi eng dolzarb muammolardan biridir.
Ta'lim tizimida dolzarb muammolardan yana biri - bu o`quvchilarni bilim olishga, umuman ta'lim jarayoniga jalb etishdir. Hozirgi tinimsiz rivojlanishlar davrida ommaviy axborot vositalari tomonidagi berilayotgan informasiyalar, radio eshittirish, teleko`rsatuvlar va ayniqsa, bugungi kunda juda ham ommalashib borayotgan kompyuter o`yinlari pedagoglardan ta'lim berish usullari, vositalari va shart-sharoitlariga endilikda mutlaqo boshqacha yondashishni, o`quvchilar uchun ta'limni tashkil etishni bundan ham qiziqarliroq shakllarda amalga oshirishni, ya'ni, yuqorida ko`rsatib o`tilgan omillarga raqobatbardosh bo`la oladigan ta'lim berish yo`llarini ishlab chiqishni talab qilmoqda.
O`quvchilarning fikrlash ko`nikma va malakalarini ijodiy fikrlash darajasigacha ko`tarish, o`z fikriga ega, ularni asoslay oladigan shaxslarni tarbiyalash ham bugungi kundagi asosiy masalalardan biridir. O`quvchilarni ta'lim jarayoniga jalb etish, ularda mustaqil fikrlashni shakllantirgan holda har tomonlama puxta bilim olishlariga erishish uchun bugungi kunda pedagoglarimiz tinmay olib borayotgan izlanishlari, tadqiqotlari natijasi o`laroq bugungi kun ta'lim tizimiga noan'naviy usullar, texnalogiyalar, pedagogik tarbiya, innovasion tarbiya, integrasiya kabi turli xil usul va vositalar kirib kelmoqda.
Ularning maqsadi ham aynan ana shu muammolarni yechishga qaratilgan bo`lib, ta'lim samaradorligini oshirish, pedagoglarimiz oldiga qo`yilgan ta'limiy va tarbiyaviy maqsadlarni to`la amalga oshirishga xizmat qiladi. Shunday ekan tarbiya ya'ni nafosat tarbiyasi ham o`quvchilarga boshlangich sinflardan boshlab berib borilishini to`liq ta'minlash kerak.
Kuzatishlarimiz pedagogik institutlarda ta'lim sohasiga ko`plab yangiliklar kiritilishiga qaramasdan boshlang`ich maktablarda pedagogik texnalogiyalar qo`llanishi darajasi past ekanligidan dalolat bermoqda. Ta'lim samaradorligi shu sababdan qoniqarli darajada emas. Chunki, zamon, texnika rivojlanishi nafaqat o`quvchilarni o`ziga jalb qilmoqda, balki, o`zininig har xil ta'sirlarini ham o`tkazmoqda. Bir tomondan, ularning intelektual salohiyatiga ta'sir etsa, ikkinchi tomondan, noto`g`ri tushuncha yoki qarashlar shakllanishiga ham sabab bo`lib qolmoqda. Ana shularni oldini olish, o`z erkin fikri orqali har qanday zararli fikrlarga qarshi tura oladigan shaxsni tarbiyalash yana va yana ta'lim zimmasiga tushar ekan, o`qituvchilarimiz o`zlarining pedagogik mahoratlari, usullari orqaligina bunga erishishlari mumkin bo`ladi.
O`quvchilarga har tomonlama puxta bilim berish ta'lim oluvchilarni yetuk mutaxassis bo`lib yetishishlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Shundagina ular barcha sohalarda faoliyat ko`rsatishlari, shu sohani rivojlantirishlari mumkin bo`ladi. Barcha ezgu niyatlarimizning markazida farzandlarimizni ham jismoniy ham ma`naviy jihatidan sog`lom qilib o`stirish, ularning baxtu- saodati, farovon kelajagini ko`rish, dunyoda hech kimdan kam bo`lmaydigan avlodni tarbiyalash orzusi turadi.2
Bugungi kunda yuz foiz ahamiyatga ega bo`lgan bilimlarning yigirma-yigirma besh yildan so`ng ko`pi bilan o`n-o`n besh foizigina o`z salohiyatini saqlab qoladi. Shundan xulosa qilish mumkinki, mutaxassis o`z kasbiy vazifalarini malakali bajara olishlari uchun o`z bilimlarini uzluksiz ravishda yangilab borishlari kerak. Shu sharoitda unga rivojlangan mustaqil va mantiqiy fikrlash, vaziyatni to`g`ri baholay olish, to`g`ri qarorga kelish qobiliyatlari zarur bo`ladi.
Ushbu xususiyatlarni shakllantirish esa qisqa vaqt ichida amalga oshiriladigan jarayon bo`lmay, balki asta-sekin, bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan jarayondir. Uni qanchalik erta yoshdan amalga oshirilsa, shunchalik shaxsda erkin fikrlash, ijod qilish faoliyati erkin va kuchli bo`lishga erishiladi.
Noan'naviy usullar fan va texnikani rivojlanishini hisobga olgan holda zamonaviylikka asoslangan dars berish shaklidir. Bugungi kunda boshlang`ich sinf ta'lim jarayonini pedagogik texnalogiyalarni joriy etish usullarini ishlab chiqishning dolzarbligi shundaki, o`quvchilar kichik yoshdanoq erkin fikrlashga, o`zgalar fikrini hurmat qilgan holda o`z fikrini asoslashga o`rganadilar. Bu xususiyatlarni shakllantirishda esa ularning yosh xususiyatlarini hisobga olish zarur. Noan'aanaviy usular to`g`ridan-to`g`ri boshlang`ich ta'lim jarayoniga joriy qilish samarali natija bermaydi. Ularni soddalashtirish va qulaylashtirish orqaligina biz o`z maqsadimizga erishishamiz mumkin bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |