Bahor manzarasi va mehnat


I. Bob 3-sinf o`qish darsligidagi “Bahor manzarasi va mehnat” bo`limini o`rganishning samarali omillar



Download 243 Kb.
bet3/17
Sana09.07.2022
Hajmi243 Kb.
#764974
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Bahor manzarasi va mehnat

I. Bob 3-sinf o`qish darsligidagi “Bahor manzarasi va mehnat” bo`limini o`rganishning samarali omillar.


I.1. 3-sinf o`qish darsligidagi “Bahor manzarasi va mehnat” bo`limini o`rganish bugungi kundagi o`rni.

Ta'lim bugungi kunda o`quvchining indivudial, ham umumiy taraqqiyotini ta'minlovchi jarayon sifatida namoyon bo`lmog`i kerak. Shuning uchun ham mazkur jarayon turli yoshdagi o`quvchilarni aqliy rivojlanishi dinamikasini, o`quv –biluv jarayonida o`quvchi shaxsining faoliyati, ta'lim olishi va rivojlanishi o`zaro aloqadorligida ta'minlashga yordam bermog`i lozim. Qaysikim, bu holat rivojlantiruvchi ta'lim g`oyasida o`z aksini topmoqda.


O`quvchi shaxsining umumiy rivojlanishiga yo`naltirilgan o`quv biluv jarayonini tashkil etish o`ta muhim masalalalardan biridir. Bunda bilish jarayonining o`z o`quvchisini kuzatish, uning faoliyatini tashkil etishga yo`nalitirmog`i lozim.
Shununing dek hozirgi zamon gumanistik yo`nalishdagi psixologiyaning g`oyasi o`quvchi shaxsiga yo`nalitirilgan ta'lim jarayonini tashkil etishdan iboratdir. Buning uchun o`z-o`zini rivojlantirish maydonini vujudga keltirishga bo`lgan extiyoj tarkib topmog`i lozim. O`quvchining o`z-o`zini rivojlantirishga bo`lgan qulay shart-sharoit va imkoniyatning namoyon bo`lishi yo`lida “2004-2009 yillarda maktab ta'limnin rivojlantirish Davlat umummilliy dasutri” ning qabul qilinishi muhim qadam bo`lib hisoblanadi.
Shaxsning o`ziga xos yaxlitligini toptirishda o`quv biliuv jarayoni muhim omildir. Bu jarayon ilmiy metodik hamda modiy-texnik jihatdan to`la ta'minlangandagina samarali natijalar beradi. O`quvchida bilish extiyojining paydo bo`lishi motivlari ham mana shu shart –sharoit natijasida vujudga keladi. Bularning barchasi o`quvchi shaxsi rivojlanishining psixologik pedagogik didaktik yo`nalishlarning belgilaydi.
Shaxs taraqqiyotini ta'minlovchi ta'lim jarayonini tashkil etish g`oyasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning asosini ifodalaydi. O`quv-biluv jarayonida o`quvchining o`ziga xosligini pedagogik qo`llab quvvatlash choralarini rivojlantirish muammosining yechimlarini izlash bugungi kunda o`ta muhimdir.
O`quvchi shaxsining axloqiy jihatdan tarbiyalash, uning jismoniy, hamda ruhiy, salomatligini muhofaza qilish hamda mustahkamlash har bir bolaning o`ziga xosligini saqlab qolish, rivojlantiirish, qo`llab –quvvatlash uning taraqqiyot darajasiga muayan talabalar qo`yish hamda ta'lim jarayonini tashkil etishda unga rioya qilish muhimdir. Barcha o`quv fanlaridan ta'lim ta'lim mazmunini gumanitarlashtirish bilan bog`liq bo`lgan talablarni belgilab olishni taqozo qiladi.
Ta'limning variantivligi hamda o`quvchi shaxsiga umuminsoniy madaniyatni singdirishga yo`naltirishiga erishishi hamda didaktikada muhim ahamiyatga ega bo`lgan muhim masalalardan biridir. Muayyan o`quv predmeti vositasida dunyoning yaxlit tarzdagi manzarasini ifodalash talabiga ham ta'lim mazmunini belgilashda, darsliklar yaratishda rioya qilish talab etiladi. Asosiy g`oyalar va didaktik tamoyillar insonparvarlikka intilish pedagogik-psixologik ma'lumotlarga asoslangan holda barcha o`quvchilar ta'lim olish jarayonida bilim olish layoqatiga ega ekanliklarini qay darajadaligini aniqlash lozim. Shundagina ular uchun yetarli pedagogik, didaktik, moddiy – texnik, shart-sharoitlarni maqsadga muvofiq tarzda yaratish mumkin. Bu esa ularning bilim darajasining yuqori bo`lishining asosiy omilidir. Har bir sinf uchun yaratiladigan darsliklarda o`quvchi shaxsining rivojlanishi bilan bog`liq bo`lgan o`zgarishlar aniq hisobga olinishi kerak. Bizda butun maktabga kelgan olti hamda 7 yoshli o`quvchilarning barchasi yoppasiga 1-sinflar uchun yozilgan darsliklardan foydalanishmoqda. Bu didaktik hamda psixologik jixatdan noto`g`ri yondashuvdir. Bunday yondashuv o`quvchilarning o`zlashtirish darajasi bilimlarning sifatiga salbiy ta'sir ko`rsatmoqda. 6 yoshli bola bilan 7 yoshli o`quvchining imkoniyatlari birday teng emasligini pedagogika fani allaqachon isbotlab bergan.
Har bir yosh davrida o`ziga hos o`quv yuklamasining taqdim qiladigan o`quv-metodik majmualar zarurligini davrning o`zi taqozo qilmoqda. Bu o`quv jarayoni muvoffaqiyatli ketishining muhim shartlaridan biridir. Chunki bolaning yoshi, uning tajribasini tavsiflovchi bosh omildir. Buni o`quv – metodik majmualarning yangi avlodini yaratishga kirishganda har bir mutaxassis anglab yetishi lozim. Darslik mualliflari o`quvchining ijtimoiy tajribasini hisobga olish deganda, faqat turli-tuman manbaalar, kopyuterlar, istiroxat bog`lari, madaniyat o`choqlariga qilinadigan sayru sayoxat va boshqalar vositasida har daqiqada boyib borayotgan shaxardagi o`quvchining ijtimoiy tajribasigina emas, balki shahar hayotida kino, teatr, istiroxat bog`laridan uzoqda komputer kirib bormagan qishloq va ovul bolalarining ijtimoiy tajribasini boyitishda ham nazarda tutgan. Holda darsliklarni yaratishga erishishilari lozim.
Qaysikim, bunday o`quvchilar uchun darsliklar ularni rivojlanishdagi asosiy manbaa bo`lishi kerak. Bundan tashqari olis qishloq va ovullarda yashayotgan o`quvchilar aniq his etishlari kerakki, darslikda ularni o`rab turgan muhit ham hisobga olingan. Ushbu darslik aynan ularga yo`naltirilgan. Demak, o`quv fanlari bo`yicha yaratiladigan darsliklarning avlodida shahar hayoti bilan tabiiy tarzdagi olis qishloq va ovullar hayoti uyg`un tarzda ifodalanishi talab etilishi. Ushbu maskanlarning har ikkalasi shahar va qishloqlarda yashayotgan o`quvchi shaxsining ijtimoiy tajribasi, darslik va o`quv – metodik manbaalarda bab-baravar hisobga olinishi lozim. Shunga ko`ra har bir darslikda xududiy materiallarga alohida o`rin ajratish talab etiladi.
Har bir o`quvchining o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ularni pedagogik qo`llab – quvvatlash, qobiliyat va iqtidorlarini ro`yobga chiqarish, muayyan sharoitga moslashuvchanligini qaror toptirishga yo`naltirilgan maxsus o`quv faoliyatida o`quvchilarning optimal rivojlanishi tanlash muhimdir. Yangi sharoitda optimal rivojlanish deganda, biz o`quvchining o`ziga xosligini pedagogik jihatda qo`llab-quvvatlash, uning rivojlanishi boshqa yangicha bir o`quv modeli ta'sir qilishini ko`zda tutamiz. Agar o`quvchiga ta'lim berish va rivojlantirish muammosi uyg`unlashtirilsa uning o`ziga xosligini pedagogik qo`llab -quvvatlash birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Didaktik va psixologik talabalarni xisobga olgan holda muayyan o`quv predmeti doirasida maxsus tashkil etilgan indivudial hamda aloo`ida guruhlarda, jamoa bo`lib olib boriladigan ishlar orqali hamda turlicha murakkablik darajasida bo`lgan topshiriqlarning xar tamonlama o`ylab ishlab chiqilgan tizimi, xar mavzuning o`zlashtirilishi muayyan pedagogik shart-sharoitlarning talab qiladiki, bunday sharoitda ta'lim rivojlanishiga nisbatan ilgarilab boradi. O`quvchi, odatda mustaqil bajarlidagina topshirig`ini kichik guruhda o`zaro yordam, kamfikrlik natijasida tez bajaradi. Kichik guruhda o`zaro yordam, kamfikrlik natijasida tez bajaradi. Kichik gurux uchun murakkablik qiladigan mashq va masalalarning o`quvchilarni jamoa bo`lib oson va sifatli bajarishlari mumkin. Savol va topshiriqlarning diffirensiallik darajasida kelib chiqqan holda xamda bir mavzu bo`yicha belgilab beriladigan topshiriqlar, ularning sifati xar bir o`quvchining o`zligini namoyish qilishini talab qiladi.
Shu bilan bir qatorda bunday topshiriqlarni bajarish jarayonida o`quvchi o`z riqojlanishi va bilim sifatining darajasi va indiqidual xarakatlarini xam belgilab oladi. O`quvchi shaxsining o`ziga xos taraqqiyot jarayoni quyidagilarda namoyon bo`ladi:
O`z bilimlarini oshirishda, u yoki bu o`quv predmetini o`zlashtirishi moyilik tarzida.
Ijodiy tafakkur, aqliy qobiliyatning taraqqiyotinig o`quv predmetiga nisbatan bilimdonlik, aqliy qobiliyat xamda ijodiy tafakkurning rifojlanishi xissiyotni tarbiyalash, jamoa xayoti va o`quv -tarbiya jarayoniga ijtimoiy psixologik jixatdan moslashishi o`zzimmasiga olish, mustaqil qarorlar qabul qilish va unga mos xarakatlarni bajarish jamoa orasida, ishlashga odatlanish tengdoshlari kabi kattalarga ham murojaat qila olish, tanqidga toqatli bo`lish xamda dalil tanqid qila olish, boshqalarga yordam ko`rsatish shaxsiy fikrining asoslash va isbotlash, jismoniy madaniyat elementlarini namoyon qila olish, boshqalarga yordam ko`rsatish, shaxsiy fikrni asoslash va isbotlash, jismoniy madaniyat elementlarini namoyon qila olish, sog`lom turmush tarzining qimmatli ahamiyatini anglab yetish, alkogol va narkotiklar zararini tushunib yetish, estetik didga ega bo`lish, atrof-olamning go`zalligini his etish, tabiatga extiyotkorona munosabatda bo`lish ko`nikmalarini namoyon qila olish, taxlil qilish, farqlash ko`nikmalariga ega bo`lish, boshqalarning fikrlarini xurmatlash, jamiyat a'zolari bilan muloqot qilish madaniyatiga ega bo`lish. Bu ko`nikmalarning qimmatli va zarurligini anglash o`quvchilarning ongida dunyoning ilmiy manzarasini yaxlit –tarzda gavdalantirish, bu manzraning uning uchun qulay bo`lgan materiallar orqali yetkazish lozimligini tasdiqlaydi. Bu o`quv sohalarining mazmuni orqali yetkaziladi.
Chunonchi, ona tili, adabiyot, matematika, milliy istiqlol g`oyasi va ma'naaviyt asoslari, tabiat, jamiyatshunoslik va xokozo. Har bir o`quv predmetining mazmunida dunyoning ilmiy nazariyasi o`ziga xos integrasiyalashgan tarzda ifodalanishi lozim. Bugungi kunda ta'lim mazmuni tanlashda har bir o`quvchining o`ziga xosligigiga tayanib uning o`ziga xosligini ta'minlashdan iborat. Bunda o`quvchining o`ziga xos imkoniyat va qobiliyat darajasi alohida hisobga olinishi kerak. Har bir bolaning uzluksiz rivojlantirish tamoyili o`quv materiallarini integrasiyalash, integrasiyalashgan o`quv materiallarini qamrab olgan darsliklar yaratishni taqozo qiladi. Taqdim etiladigan bilimlarni mustahkamligi o`quvchining umumiy rivojlanishi dastlab sensor etalonlarga asoslanadi. Shuning uchun o`quv matriallari tarkibida turli ranglar, rasmlar, ularning ma'nosi, kuzatuvchanlik faoliyati tarkib topadi. Chunki kuzatuvchanlik shaxs faoliyatining asosiy yo`nalishi tashkil etadi. Bu esa o`z navbatida fikrlash faoliyati tarkib topadi. Chunki kuzatuvchanlik shaxs faoliyatining asosiy yo`nalishini tashkil etadi. Bu esa o`z navbatida fikrlash faoliyatini rivojlantiradi. Mustaqil fikrlash natijasida esa o`quvchi qiyoslash, qarama-qarshi g`oya olish, guruhlash ko`nikma va malakalarini egallab boradi. Bu o`z navbatida lingvistik, kommunikativ hamda matematik hisoblash, muloqot qilish ko`nikmalarini egallash uchun muhimdir.
O`quvchining umumiy rivojlanish darajasi hissiyotlar, axloq, ong, qobiliyat, xamdardlik, xis eta olish, kommunikativlik ko`nikmalarini shaklanishi, ijod qilishga intilish kabilarni tarkib toptirishga asos bo`ladi. Bir vaqtnig o`zida estetik tarqqiyotning ham ta'minlaydi. Go`zallikni xis etish qobiliyatini shakllantiradi. Badiiy asarlarda o`zini o`rab turgan moddiy borliqni aks etayotganligini anglash, nafosat hissi va yumorga moyillikni tarkib toptiradi. O`z jismining imkoniyatlarini ro`yobga chiqarish va takomillashtirib borishga intilishga xolat vujudga keltiradi. O`quv materiallari o`quvchini xar tomonlama rivojlantirishni ta'minlaga yo`naltirilmog`i lozim.
Har bir o`quvchiga o`zining mustaqil ta'lim olish yo`lini tanlash uchun imkoniyat va rag`bat shakllantirish kerak. O`quvchining muhim rivojlanish darajasi bilan xos ravishda o`quv materiallari bayon qilinmog`i lozim. Aniq belgilab olingan holat dasturiga asoslangan holda har bir o`quvchini uzluksiz rivojlantirish tamoyilini amalga oshirish talab etiladi. Har bir darsda muntazam uyg`un ko`nikmalarni shakllantirish maqsadida muvofiqdir. Bu ko`nikmalarning bir qismi malakaga aylangunga qadar o`quv-biluv jarayonini ko`p tarmoqli mikramaydonlar bilan kengaytirib borish kerak bo`ladi. Ularning bir qismi mustaqil ishlash, boshqa bir qismi axborot manbalari yordamida xosil bo`ladi. Boshqa bir tomondan hamkorlikda kichik yoki katta gurux bo`lib ishlash orqali o`quv faoliyatini tashkil etuvchi asosiy manbaa sifatida darslik namoyon bo`lmoqda. Biz mustaqil ishlash deganda, o`quvchining yolg`iz nazoratsiz faoliyatni tushunmasligimiz kerak. Balki o`z-o`zini bilimini oshirishni anglamoq lozim. O`quvchi o`zini qiziqtiradigan, yechishga kuchi yetadigan topshiriqlarni aynan o`zi tanlay olish talab qilinadi. Bunda o`quvchining hohishi va bilim sifatini hisobga olish muhimdir. O`quvchilar har bir topshiriqni unga ijodiy yondoshgan holda mustaqil bajarishlariga erishish didaktik maqsad bo`lmog`i kerak. Kelgusida o`qishni davom ettirish va mustaqil xayotga qadam qo`yish uchun zarur bo`lgan bilimlarni tanlash, ongli o`zlashtirish iqtidoriga har bir o`quvchi ega bo`lishi kerak.
Kichik yoshdagi o`quvchilarni har tomonlama rivojlantirish uchun darslikda maksimal imkoniyatlar yaratilishi shart, ya'ni o`quvchi o`zining yosh darajasiga qabul qilish imkoniyatini beradigan axborotlarni asosan darslikdan olish lozim bo`ladi. Har bir o`quvchini uzluksiz rivojlantirish g`oyasi muayyan darsda unda hosil bo`lgan ko`nikmalarini muntazam qo`llab –quvvatlashni anglatadi. Bu ko`nikmalarning bir qismi turli axbort manbaalari bilan ishlash natijasida xosil bo`lsa, boshqa bir qismi xrestomatiyalar, lug`atlar, badiiy asarlar, internet saytlari kabilar bilan ishlash natijasida vujudga keladi.
Hamkorlikda ishlash natijasida hosil bo`ladigan ko`nikmalari o`z xarekteriga ko`ra kichik hamda katta guruhlarida vujudga keladi. O`quvchilar o`zlashtirilgan bilimlardan nostandart, xayotiy vaziyatlarda mohirlik bilan foydalanish ko`nikmasini ega bo`lishlari lozim. Shaxs rivojlanishining turli darajasini xisobga olgan holda o`quv-biluv jarayonini tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Bunda turli tipdagi qiyinchiliklarni bartarf etish yo`llari nazarda tutiladi.
Davlat ta'lim standarti talabalari asosida tuzilgan dasturmatreiallarinini o`zlashtirishda har bir o`quvchiga yordam va o`zaro yordam nihoyatda zarur. Chunki bunday yordamsiz standart talabalarini o`quvchi to`liq o`zlashtira olmaydi. Chunki bunday yordamsiz standart talablarni o`quvchi to`liq o`zlashtira olmaydi. Bu yordam aynan o`quv-biluv jarayonida turli –tuman mikramoydonlarni tashkil etish sharoitda amalga oshirilishi kerak. Xuddi shunday sharoit yaratilgan taqdirda har bir o`quvchi DTS da ko`rsatilgan ta'lim mazmuni negizini tashkil qilgan hamda o`quv dasturiga kirgan o`quv materiallariga ega bo`ladi. Bu tadbir ta'limning turli bosqichlarida pedagogik yordamning turli ko`nikmalari sifatida o`quvchi hamda o`quvchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Uzliksiz ta'lim jarayonida bilim, ko`nikma va malakalar o`quvchilarning maqsadi emas balki vosita sifatida qarashiga erishish lozim. DTSda ko`zda tutilgan ta'lim mazmunini o`zlashtirish natijasi mustahkam bilim, ko`nikma va malakalar sifatida namoyon bo`lishi kerak. Shu bilan bir qatorda ko`p variantli o`quv materiallarning individual imkoniyatlarini xisobga olgan holda taqdim jtishni ham nazarda tutish lozim. Bunday tadbirni amalga oshirish muhim qimmatga ega.
Shuni alohida ta'kidlash kerak, DTS da ko`zda tutilgan ta'lim mazmuning barcha o`quvchilar ko`nikma darajasida egallashlari shart. Shundan keyingina o`quvchining individual imkoniyati va hohishini xisobga olgan, bir qadar murakkabroq o`quv materiallarini taqdim etish lozim. Bunday o`quv materiallari alternativ, o`quv dasturlari, darslik va o`quv adabiyotlarida o`z aksini topmog`i lozim.
Bunday o`quvchining bilim sifati va muayyan fanni o`qitishga qo`yiladigan talablar ham bir qadar oshriladi. Ta'lim mazmunini integrasiyalashning muhim shartlaridan biri, avvalombor, ta'lim mazmunig singdirilgan barcha tushunchalarini tabiiy-ilmiy hamda ijtimoiy –gumanitar sohaga oid bilimlar siftida taqdim etishdan iboratdir.
Integrasiyalashgan o`quv kurslari o`quvchilarda dunyoning yaxlitligi xaqida bir butun tasavvur xosil qilishga ko`maklashadi. Tabiiyki, bir qator o`quv fanlarini integrasiyalashgan bugungi kunda kuchli extiyoj sezilmoqda. Har bir o`quv predmetining mazmuni nafaqat muayyan o`quv dasturida ko`zda tutilgan mavzularni, balki moddiy bog`liq xodisalarini ham o`zida mujassaslashtirgan holda ifodalydi.
Matematik hamda til, muloqot qonuniyatlarining ifodalanishini aks ettiradi. Bu manzaralarni o`quvchi anglab olishni ta'minlashga erishi muhim ahamiyatga ega. Jonli va jonsiz tabiatning aloqadorligi, tabiat bilan kishilik jamiyati madaniyatining mutanosibligi manzarasi o`quv predmetlari mazmunida aksini topmog`i lozim. Amaliy ijodning texnikasi hamda texnalogiyasining ifodalanishi fan-texnika rivojlanayotgan bizning asrimizda muhim ahamiyatga ega.
Har bir o`quvchining umumiy rivojlanishi uchun didaktik jixatdan qulayliy yaratish kerak. Buning uchun o`quv-biluv jarayonida, avvalombor, psixologik bo`lishi maqsadga muvofiqdir. Bu, o`z navbatida o`quv-biluv jarayonida o`quvchining har tomonlama rivojlanishi uchun qulay pedagogik shart-sharoit vujudga kelishiga imkon beradi. Turli- tuman o`quv hamda kommunikativ ko`nikma va malakalarining shakllanishi ta'lim jarayonining muvaffaqiyatli bo`lishini ta'minlaydi. O`quvchilarning ruhiy salomatligini mustahkamlash imkoniyatini yaratadi. O`quv jarayonining barcha qulayliklar asosida tashkil etilishi natijasida o`quvchida ruhiy ishonch qaror topadi. Bu esa o`quv-biluv faoliyatini jadallashtiradi. O`quv faoliyatiga bunday qulaylik har bir o`quvchining DTS da ko`zda tutilgan ta'lim mazmunining asosiy negizini to`liq o`zlashtirishi uchun imkoniyat yaratadi. Ta'lim jarayonida o`quvchilarning o`quv materiallarini puxta o`zlashtirishlari, bilimlarining mustahkam bo`lishi uchun qulay pedagogik muhitni vujudga keltiradi.
O`quv fanlari iyetegrasiyasi o`zining obrazliligi bilan ajralib turadi. Integral xarakterdagi o`quv kurslari sun'iylik xarakterga egadir. Shuning uchun ham bunday kurslarini o`zlashtirish o`quvchilar uchun qulay hisoblanib, darsliklarda dunyoning yaxlit manzarasini ifodalash uchun qulaylik tug`diradi. O`quvchilarga barqarorlik hamda qonunlarni anglash hissini bag`ishlaydi. Dunyoning manzarasini uyg`unlashtirish, har bir o`quv manzarasida umumlashgan o`quv predmetlariga xos bo`lgan vaziflar hal qilinadi. Integral o`quv kurslari o`quvchilarda ishonch xissini qaror toptiradi. O`quv jarayonining muvaffaqiyatini hamda bilimlarning yuqori sifatini ta'minlaydi. Darsliklarda psixologik qulayliklarining o`ziga xos qirralari singdiriladi. Illiyustrativ materiallar uyg`unlashtiiladi. O`quvchi faoliyatini samarali tashkil qilishga yo`naltirilgan o`quv materiallari taqdim etiladi. qasikim, bu materiallar qulay o`quv faoliyatini tashkil qilishga xizmat qiladi.
Taqdim etiladigan o`quv materilalarining interaktiv metod, texnik vositalar bilan tuyg`unligi ham ahamiyatga ega. Har bir o`quvchining uzluksiz rivojlanishi o`quv hamda kommunikativ harakatlarning shakllanishi bilan bevosita bog`liqdir. Bir tomondan o`quv materialining berilishi, darslikdan zarur o`quv o`quv materialining berilishi, darslikda zarur o`quv marterialini izlash, darslikka keltirilgan turli ruknlar ustida ishlash hamda boshqa qo`llanmalar bilan tanishtirish, o`quv materialini puxta o`zlashtirish bilimlar mustahkamligining kafolati hisoblanadi. Ikkinchi tomondan, moddiy borliqni yaxlit idrok etish orqali dunyoqarashni rivojlanishiga yordam beradi. Buning uchun o`quvchida kitob bilan ishlash ko`nikmasi shakllanmog`i lozim. Shundagina ularning egallagan bilimlari mustahkam va sifatli bo`ladi.



Download 243 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish