O'qish mavzulari. O'qish dasturini tuzishda g'oyaviy-estetik, mavsumiy, tadrijiy asoslar hisobga olinadi. Shunday qilib, o'quv materiailari bolalarga ta'iim berish, ularni tarbiyalashda muhim bo'lgan borliq haqidagi bilimlar va yuksak insoniy munosabatlarni o'z ichiga oladi. O'quvchilarni badiiy, ilmiy-ommabop asarlar bilan tanishtirish orqali kitobxonlik madaniyatini tarkib toptirish o'qish dasturlarining tub mohiyatini tashkil etadi.
O'tmishda vatanimiz va xalqimiz boshidan kechirgan muhim voqea-hodisalar aks ettirilgan asarlarni o'qish orqali o'quvchilarda ijtimoiy-tarixiy bilimlar shakllana boradi.
Ona yurt dahlsizligi yo'lida ajdodlarimiz olib borgan kurashlar tarixi haqida hikoya qilingan asarlar bolalarda vatanga muhabbat tuyg'ularini tarbiyalaydi.
Boshlang'ich ta'iim o'quv dasturidan o'rin olgan vatan mavzusidagi asarlar o'quvchilarni mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayoti va xalqning jangovor mehnati bilan tanishtirishga yordam beradi. Dasturning vatanga, inson e'tiqodi va ma'naviyatiga bag'ishlangan mavzularini o'rganish o'quvchilarni ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashda alohida o'rin tutadi.
Istiqlol tufayli erishgan yutuqlarimiz, xususan, ozod vatanimizning ramzlari (bayrog'i, tamg'asi, madhiyasi) haqidagi asarlar milliy g'urur tuyg'ularini tarbiyalashga xizmat qiladi.
Har bir sinf uchun mazmuni, tili va kompozitsion tuzilishi jihatidan murakkablashtirib borilgan o'qish materiailari berildi.
1-sinfning o'quv yili oxirida bolalar vatan va uning tabiati, insoniy qadriyatlari haqida kichik-kichik asarlarni o'qiydilar.
2-sinfda shakl va mazmun jihatdan uncha murakkab bo'lmagan vatan, ona tabiat, istiqlol, kishilarning hayoti va mehnati, axloqiy munosabatlar haqidagi asarlar bilan tanishadilar.
3- va 4-sinflar o'qish dasturida mavzular ko'lami ancha kengaydi. Bu sinflarda o'qish darslarining kattagina qismi (30—35 daqiqa) asarni o'qish va matn ustida ishlashga qaratiladi. Suhbatlar, hikoya qilishlar, dastlabki o'qishlar o'qilgan matnlar mazmuni bilan uzviy bog'langan bo'lishi, mavzuga qiziqish uyg'otishi, o'quvchilarni his-hayajon bilan o'qishga tayyorlashi va asarni to'g'ri tushunishga yordam berishi zarur.
Darsda o'quvchiiarning faolligini oshiradigan, tasavvurlarini boyitadigan usullardan foydalanish, asarlarni janr tabiatidan kelib chiqib rollarga bo'lib o'qitish, qahramonlar nomidan qayta hikoya qilish, qahramonning taqdiri haqidagi hikoyani davom ettirish, qiziqarii mavzularda og'zaki hikoya tuzdirish kabi ijobiy topshiriqlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
O'qish darslari oldiga qo'yilgan tarbiyaviy vazifaning muvaffaqiyatli hal etilishi darsda badiiy asar matni ustida ishlash bilangina bog'liq bo'lib qolmay, balki bolalarni qurshab olgan hayot, tabiatdagi turfa o'zgarishlar, ekologik vaziyat, ijtimoiy foydali mehnat bilan ham o'zaro bog'liq bo'lishi lozim.
Bolalarni o'qishga o'rgatishda hayot tajribalariga tayanib ish ko'riladi. Buning uchun o'quvchi madaniy-maishiy va boshqa sohadagi turli korxonalarga sayohatlar uyushtiradi, tabiat hodisalari yuzasidan kuzatishlarni tashkil etadi.
O'qish darslarini bolalarda go'zallikka muhabbat uyg'otadigan, poklik tuyg'ulariga ozuqa beradigan, hissiyotni o'tkirlashtiradigan, aqlni, fahm-farosatni charxlaydigan, tasavvurlarni boyitadigan, estetik didni o'stiradigan musiqa va tasviriy san'at predmetlari bilan chambarchas bog'langan bo'lishi kerak. O'qish, musiqa, tasviriy san'at darslarini o'zaro bog'lab uyushtirish bolalarda san'at asarlarini to'g'ri tushunish va qadrlash ko'nikmalarini o'stiradi, o'quvchilarni shaxs sifatida ma'naviy qiyofasini shakllantirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |