Bahor manzarasi va mehnat


II. Bob. 3-sinf o`qish darsligidagi “Bahor manzarasi va mehnat” bo`limini o`rganishning shakl, metod va vositalari



Download 243 Kb.
bet12/17
Sana09.07.2022
Hajmi243 Kb.
#764974
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Bahor manzarasi va mehnat

II. Bob. 3-sinf o`qish darsligidagi “Bahor manzarasi va mehnat” bo`limini o`rganishning shakl, metod va vositalari.
II.1. 3-sinf o`qish darsligidagi “Bahor manzarasi va mehnat” bo`limini o`tishda o`qish texnikasi.

O'qish darslarining ahamiyati shundaki, ta'limning dastlabki kunlaridan boshlab o'quvchilar tabiat, jamiyat va kishilar mehnati haqidagi bilimlarni o'zlashtirib boradilar. Ana shu bilimlarni muvaffaqiyatli o'zlashtirishlariga erishish uchun quyidagilarga e'tibor berish taqozo etiladi.


1. Darslik asosida o'rganilgan bilimlar bilan kuzatish va tajriba ma'lumotlarini bog'lab borish.
O'rganiladigan manbaa xususiyatlariga qarab o'qishni kuzatish tajriba ishlari va xayotiy dalillar bilan mustahkamlash. Dastlab, kuzatib tajribalar o'tkazib keyin ko'rganlari xaqida o'qisa o'quvchilar bilimi puxta bo'ladi. Keyingi safar esa oldin o'qib, o'qiganlarini amalda ko'rishlari mumkin.
Ayrim hollarda esa o'qitib mazmun tushuntirilsa yetarli bo'ladi. Darslarni rejalashtirishda ana shular hisobga olinadi.
Masalan 3- sinf o'qish kitobidagi “Ulug'lardan o'rganmoq - oqillik” bo'limi berilgan. Ushbu bo'limda o'quvchilarni o'tmishda yashab, xalqi va Vatani uchun ma'rifat rivoji uchun xizmat qilishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan allomalar Al-Xorazmiy, Abu Ali ib Sino, Amir Temur, Alisher Navoiy, Zaxiriddin Muxammad Bobur, Abdulla Avloniylarning bolalikdagi jasoratlari, kasb xunar egallash yo'lidagi sa'i-xarakatlari xalqqa ko'rsatgan g'amxo'rilklari yurt obodonchiligi yo'lidagi xizmatlari ilm, sabr xaqidagi yoritilgan o'ikoya she'r xikmatlar, rivoyat va maqolalar kiritilgan.
Boshlang'ich sinf o'qish darslarning mazmuni ko'p qirrali o'qish malakalarini shakllantirish asar matni ustida ishlashni o'rgatish, nutq o'stirish tabiat va jamiyat xaqidagi bilimlarni o'rgatish, ahloqiy sifatlarni taribyalash singari vazifalari qo'yiladi. Ta'limning murakkab vazifalari darsni tashkil etishni talab qiladi.
Boshlang'ich sinflarda kichik xajmli asarlar o'qiladi. Yangi mavzuni bayon qilish uni mustahkamlash, umumlashtirish ishlari olib boriladi. Darslar tasavvur va malakalarni shakllantirish va rivojlantirish uchun darslarning qurilishi moslashtiriladi. Bo'limdagi har bir mavzu tarixiy shaxslarimizning ibratli gaplarining suratlari ham berilgan.
Tarixiy maqolalarni o'qish asosida o'qituvchi muhim o'rin tutadi. Bu darslarda turli jadvallar va qo'shimcha manbaalardan foydalaniladi. Tabiatshunoslikka oid maqolalarni o'rganishda ko'proq ekskursiya va o'quvchilarning o'zlari ko'rgan bilganlariga asoslanish mumkin. Bu aytilganlar albatta darslarning tuzilishiga ta'sir qiladi.
Bu ta'limdagi har bir mavzular o'ziga xos xususiyatlarga ega. Bu mavzularni taxlil qilishda undagi obrazga, tinglovchini xayajonlantirishga, yozuvchining fikrlarini yetkazishga xarakat qilinadi.
Asarlarning janr xususiyatlariga ham e'tibor berishga to'g'ri keladi. Hikoya, she'r, ertak, hadislar, hikmatlarning tuzilishi, bir-birlaridan farq qiladi. Lekin har qanday holatda ham dars maqsadini belgilash va uni tashkil etishga e'tibor beriladi. O'qish darslarida ishning bir turidan boshqasiga o'tishda uning maqsadini aniq belgilash kerak. Ya'ni asarni dastlabki o'qishdan ko'zlangan maqsad nima, qayta o'qishdan o'quvchilar nutqi ustida ishlashdan reja tuzish va qayta hikoyalashdan ko'zlangan maqsad, aniq belgilanishi kerak. Bu ishlarni qanday tashkil etish kerakligi ham oldindan hisobga olinadi.
Darslarda o'qituvchi va o'quvchilar faoliyati ko'zga tashlanadi. Darsda har ikki tamonlama faoliyat o'rin oladi. O'quvchi dasrning maqsadinigina emas balki, undagi har bir ish turining maqsad va vazifalarini tushinishi kerak.
Bo'limdagi mavzularni o'tish jarayonida o'quvchilarni lug'at boyliklariga, nutq o'stirishga alohida e'tibor beriladi. Buning uchun darslikdagi va boshqa rasmlar asosida suhbat, kuzatganlari yuzasidan og'zaki hikoya tuzish, ertak, she', topishmoq va maqollarni yodlash singari turli ish usullaridan foydalanishlari mumkin.
Umuman olganda o'qituvchi har bir darsning muo'im vazifalarini oldindan belgilab olsa, darslarni shunga muvofiq tashkil etishga xarakat qiladi.
Darsga nisbatan umumdidaktik talablar ma'lum shakl va mazmun birligi, o'qituvchining rahbarlik mavqei, umumiy va yakka tartibdagi ishlarni almashtirib yurish, o'qituvchi va o'quvchilar xarakatini muvofiqlashtirish, ta'lim tarbiya birligi darsning barcha o'quvchilar faoliyatini oshirish, darsning oldingi va bundan keyingi darslarga bog'lashdan iboratdir.
Dars turlarini belgilash masaslasida juda xilma-xil fikrlar mavjud. Ijodkor o'qituvchilarning fikrlariga ko'ra dars tuzilishi ma'lum bir qolibga tushirilishi qo'pol xatoliklarga saba bo'ladi. Lekin ta'lim mazmuni, maqsadi va xususiyatlariga ko'ra ma'lum bir tartibga solinishi lozim.
O'qish darslari tuzilishida o'qish mazmunini, didiaktik maqsadi va o'rganilayotgan asar xususiyatlari xisobga olinadi.
Darsga nisbatan yana bir muhim talab uning xar bir qismi bir- biri bilan chamabarchas bog'liq bo'lishi va darsning umumiy maqsadiga bo'ysindirilishi kerak.
Har bir darsdagi ish turi shu mavzudiga boshqa darslarga ham mos kelishi lozim. Ya'ni ish turlari shakli o'zgargan holda barcha darslarda ham takrorlanadi.
Darsning umumiy maqsadi uning yo'nalishini belgilaydi. Darsning didaktik maqsadlari yangi bilimlar berish, mustahkamlashtirish, umumlashtirish, takrorlashtirish yoki o'quvchilar bilimini hisobga olishdan iborat bo'lishi mumkin. Shunga ko'ra dars turlari beliglanadi.
Pedagogika va metodikaga oid adabiyotlardan dars va uning turlari xaqida muhim fikrlar qimmatli ta'riflar berilgan.
Mualliflar dars turlarini belgilashda uning har hil belgilariga darsda qo'llaniladigan ta'lim metodlariga darsda o'quvchilar faoliyatini uyushtirish va darsning didaktik maqsadlariga asoslanganlar. Shuningdek, o'ar qaysi muallif o'z mutaxassisligi va umumiy xolatda kelib chiqib dasr turlarini belgilashga harakat qilganlar.
Metodist olim S.V.Ivanov darslarni quyidagi turga ajratib ta'riflagan:
1. Kirish darslari.
2. O'quv manbaalari bilan dastlabki tanishuv darslari.
3. Tushunchalar hosil qilish.
4. O'zlashtirilgan bilimlarni amalda tadbiq etish darslari.
5. Mashq qilish darslari
6. Takrorlash va umumlashtirish darslari
7. Tekshirish darslari
8. Aralash yoki umum xarakterdagi darslar
M.Maxmudov darslarining asosiy didktik maqsadiga ko'ra 3 guruhga bo'linishini tavsiya qilgan:
1. Yangi bilimlarni o'rganish darslari
2. Bilim malaka va ko'nikmalarini takomillashtirish darslari.
3. Tekshirish darslari
Yangi bilimlarni o'rganish darsi – darsning asosiy qismi bo'lib yangi tushunchalar mustaqil izlanish faoliyatini malakalarini o'zlashtirish kabi qator didiaktik masalalarni hal qiladi, ya'ni birinchi turdagi dars o'quv jarayonining barch aqismlarini o'z ichiga oladi.
Ikkinchi turdagi darsning asosiy mazmuni o'quvchilar bilimlari ko'nikmalari malakalarni takomillashtirishdan iborat.
Bu sistemalashtirish va umumlashtirish, umumlashtirilganni takrorlash va mustahkamlash uni amalda qo'llanish kabi metodik masalalarni hal qilish singari ishlarni nazarda tutadi.
Darsning uchinchi turi o'quvchilarning ishlari natijasini tushunchalar sistemasini o'zlashtirganlik darajasini, eska tushirish ijobiy va ijobiy, o'qish-bilish, ko'nikma, hamda malakalarning shakllanganlik darajasini baholashga xizmat qiladi.
Ma'lumki o'qish darslarining tarbiyaviy ahamiyati beqiyosdir. Ayniqsa badiiy asar va xalq og'zaki ijodi namunalarini tarbiyaviy ahamiyati katta ekanligi ma'lum. Shu bois maktabda bilimlarni o'zlashtirish bilan tarbiyaviy ta'sir o'tkazish ishlari o'zaro bog'liq holda olib boriladi.
O'qishni o'rgatishga oid barcha olib boriladigan ishlar turli usullardan mohirona foydalanish orqali erishiladi.
O'quvchilarni mustqil fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirishda o'qish darslari bilan bir qatorda tashqi muhit xam alohida kasb etadi. Bola o'z shakllanishi jarayonida atrof-muhitdagi voqea xodisalarga u yoki bu tarzda aloqador bo'ladi. Bu aloqadorlik natijasida narsa –buyum, voqea-xodisalarning nomalri va ularning o'ziga xos xusuisyatlarini bilishga intiladi. Masalan, 1-sinf o'quvchilarining nutqida “nima uchun shunday” degan savol ko'proq uchraydi. Chunki, 1-sinf o'quvchilarini narsa-buyum voqea -xodisalarining mohiyati va mazmuni ko'proq qiziqtiradi.
Shunga ko'ra 1-sinf o'quvchilari uchun tanlanadigan o'quv materiallari xodisalarning mazmuni va mohiyati bilan tanishtirib borish, bolalarning mantiqiy mushohada yuritishga jalb etish uchun xizmat qilmog'i lozim.
Ma'lumki o'qish darsligi materiallarining o'quvchi taraqqiyotiga ta'siri kattadir. Yetuklikning tamal toshi esa boshlang'ich ta'lim bosqichida qo'yiladi. Maktab, unda amalga oshiriladigan ta'lim-tarbiyaning mazmuni biz tomondan, milliy xududiy ahamiyat kasb etishi lozim. Shundagina shaxs sifatida shakllanayotgan bola milliy o'zligini anglaydi va ijtimoiy ahloq ta'lim vositalarini maqsadga muvofiqtarzda tanlashta'lim natijasida xosil bo'lgan bilim va ko'nikmalarini muntazam nazorat qilib borish asosida ularni takomillashtirishga qaratilgan o'quv maturiallarini taqdim qilish ko'zda tutiladi. O'quvchi ta'lim jarayonida xalqning ijtimoiy tarbiyasi til vositalari ahloq meyorlarini bilish o'zlashtirish jarayonida rivojlanadi. Ta'lim olish bilan mustaqil fikrlash faoliyatning rivojlanish yaxlit jarayon sifatida o'zaro bog'liq.
Lekin ayni bir pedagogik xodisa emas, Chunki ona tili va o'qish darslarida badiiy hamda ta'limiy matnlar vositasida tilning ifoda imkoniyatlari, so'z boyligi, imlo xamda punktasion me'yorlari tabiat va jamiyat xodisalari kishilar orasidagi ijtimoiy munosabatlar, odamlarning xarakteri fazilati hamda xislatlari muomala, kiyinish madaniyati, o'simlik va xayvonot olamining o'ziga xos jixatlarini o'rgatish maqsadida ta'lim beriladi.
Ta'limning vosita sifatida ajratilgan o'quv materiallari moddiy borliqdagi narsa, predmet, voqea-hodisalarnigtushunchalar xamda odamlar o'rtasidagi ijtimoiy munosabatlar jamiyat, va tabiat orasidagi aloqadorlikni o'quvchilarga anglatish tilimizdagi qiyin so'z va iboralarni mazmun va ioda birligini ko'rgazmali tarzda izohnishga asoslanadi. Obrazli o'qishni tashkil etishga keng yo'l ochildi.
Birinchi sinf o'quvchilarini o'qish texnikasini doimiy ravishda kuzatib borish maqsadga muvofiqdir. Ayni bir matnni takror-takror o'qitish quyidagi xollardagina o'quvchilarni to'liqtirishini rivojlantiradi.
1. Ongli ravon hamda to'g'ri o'qishni
2. Ifodali o'qishni yo'lga qo'yganda.
Chunonchi ifoda o'qishni ta'minlash o'quvchilarda hissiyot, hissiy nafosat hissi zavq shavqni tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega. Shu bilan bir qatorda ifodali o'qish jarayonida bolalar til vositalari ifodalangan nozik ma'nolar tilning uslubiy imkoniyatlarini ham anglab boradilar.
Bolalarda ifodali o'qib olish malakasini shakllantirish uchun avvalombor o'qituvchining o'zi matnini ifodali va ta'sirchan o'qiy olishi lozim. O'qituvchi tamonidan badiiy adabiyot namunasining aniq va ifodali o'qilishi o'quvchini darsga jalp etishning eng yaxshi vositasidir.
O'quvchining har tamonlama rivojlanishda ta'limiy informasion xarakatlar matnlar, suhbat va hikoyalar ham alohida o'rin tutadi. Bunday matnlar ustida ishlash jarayonida o'quvchilar aniq dalil va ma'lumotlar asosida xulosa va umlashmalar hosil qiladi.
Ta'limiy –informasion xarakterdagi matnlar bilimlar mantiqiy jixatdan qat'iy nazar biayon qiladi. Badiiy tarzdagi hikoyalar esa moddiy borliqdagi narsa, voqea hamda hodisalar ijtimoiy munosabatlar obrazli tarzdaifodalanadi. Ta'lim jarayonida dars materialining o'quvchilar tamonidan ongli tarzda o'zlashtirilishiga erishish muhim ahamiyatga ega. Dars jaryonida ko'chma ma'noli so'zlarning asl ma'nosini anglatish, rasmga qarab reja tuzishga qaratilgan topshiriqlar bolani rivojlantirishga nuqtai nazaridan ham katta ahamiyatga ega.
Boshlang'ich ta'lim jarayonida milliy ahloq va nafosat tarbiyasini amalga orishish zarurligini nazarda tutgan holda dars materiallarinitanlash maqsadga muvofiqdir. Shunga ko'ra integral asosidagi o'qish dasturiga quyidagi mavzular kiritilishi lozim.
- salomatlik tuman boylik, sikldagi badiiy asarlar
- tozalikka rioya qilishga o'rgatadigan badiiy asarlar, she'r maqol va topishmoqlar.
- tozalik va ozodlikning targ'ib qiliuvchi asarlar.
- xarakterli o'yinlarni badiiy ifodalovchi asarlar.
- insonning yil fasllariga xos bo'lgan mehnat jarayonini ifodolovchi badiiy asarlar. She'r maqol va topshiriqlar.
- oilaviy hayot mavzusiga oid badiiy asarlar
- ota-ona va farzand munosabatlarini yorituvchi badiiy asarlar, she'r va maqollar.
- savdo-sotiq, bozor manzarasini aks ettiruvchi badiiy asarlar;
- pul va uni tejab ishlatishni targ'ib qiluvchi badiiy asarlar;
- kiyim kechaklar, oziq –ovqatlarni tayyorlash jarayonini yorituvchi badiiy asarlar;
- mehnatni qadrlashni o'rgatadigan badiiy asarlar;
- xuquqiy bilimlarni targ'ib qiluvchi badiiy asarlar;
- ona-Vatan tuyg'usini anglatishda xizmat qiluvchi badiiy asarlar;
- milliy urf –odatlarni targ'ib qiluvchi badiiy asarlar;



Download 243 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish