Bahor manzarasi va mehnat


II.2. 3-sinf o`qish darsligidagi “Bahor manzarasi va mehnat” bo`limini o`tishda yangi pedagogik texnalogiyalardan foydalanish



Download 243 Kb.
bet13/17
Sana09.07.2022
Hajmi243 Kb.
#764974
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Bahor manzarasi va mehnat

II.2. 3-sinf o`qish darsligidagi “Bahor manzarasi va mehnat” bo`limini o`tishda yangi pedagogik texnalogiyalardan foydalanish.
Ta'lim jarayonida pedagogik texnalogiya qo'llanganda ma'ruza darsida pedagog savollar, dialog, takrorlash, taqqoslashlardan foydalanadi.
Seminar darsi talabalarni yuqori aqliy faoliyatini, yangi bilim va ko'nikma olishga intilishini keltirib chiqaradi. Bunday pedagog nostandart usullardan foydalanishi maqsadga muvofiq bo'ladi.
Munozara darsi talabalarni muammoli masalalar bilan to'qnashtirish o'zlarining fikrlarini bayon ettirish uchun (o'quv) pedagogdan katta mahorat talab etadi.
Muammoli o'qitish bu shunday metodki, unda pedagog o'rtaga bir muammoni tashlab, bu muammoni yechishda vujudga keladigan qarama-qarshiliklar, e'tirozlarni ko'rsatib beradilar, eksperiment orqali haqligini isbotlaydi, turli xil nuqtai-nazarlarni tushuntiradi. Talabalarga formula qonunlar, sana va ming xil qoidalarni quruq yodlatishdan foyda yo'q. Shuning uchun ijodiy xarakterdagi savollar bilan talabalarga murojaat etish muhim. Bunda tajribali mutaxassis talabalar bilan pedagogik jarayonni hamkorlikda amalga oshiradi.
Bunday darsda talabalarning bilim olishga qiziqishi, ehtiyoji, talabchanligi oshadi. Ular savolga javob izlashadi.
An'anaviy darslarda pedagog savol beradi, talabalar esa shu savolga faqatgina darslikka tayanib javob beradi. Bunday paytda, talabalarda shunday tasavvur paydo bo'ladiki, hamma narsa haqiqat shu darslikda namoyon bo'lyapti, unda yana nimani izlash kerak? Nimaga? Bu oxir-oqibatda darsning zerikarli bo'lishiga olib keladi. Pedagoglar bir darsni muammoli, izlanuvchan faol bo'lishi uchun, talabalarga savol va topshiriqlar tizimini yaratadi. Bu savollar qisqa lo'nda bo'lishi kerak. Bunday savollar talabalarning nafaqat fikrlash doirasi, izlanuvchanligini kengaytiradi, balki ularni ijodiy qobiliyatlarini, tashkilotchiligini, intizomliligini kuchaytiradi.
Shunday savollarni qo'llash kerakki, ularda e'tirozli qarama-qarshilik tomonlari bo'lsin. Talabalar mulohaza yuritsin. Shuni aytish kerakki, savollarning ko'pligi yoki kamligi guruhdagi talabalarning yoshiga intellektual qobiliyatiga mos kelishi kerak.
Pedagog o'zining darsida talabalarning xatoga yo'l qo'yishi mumkinligini inobatga olishi kerak. O'zi esa savollarni to'ldirib, javoblarni ham to'la berishi kerak. Javoblarni yuzaki, sayoz bo'lishi keyingi savol berishga bo'lgan xohishni o'ldirishi mumkin, shu bilan birga talabalarning faolligi ham so'nadi. Darsdagi mustaqil ish. Tajribali pedagogning yosh pedagogdan farqi u kam kuch sarf qilib, yaxshi natijaga erishadi, chunki talabalarni mustaqil bilim olishga o'rgatadi. U shunday qoidaga buysunadi; agar material osonroq bo'lsa, u talabalarga mustaqil ish qilib beradi, agar qiyinroq bo'lsa, o'zi tushuntiradi. Mustaqil ishning ko'p turlarini o'qituvchilar talabalarni yangi bilimni egallashga tayyorlash uchun qo'llashadi. Birinchi navbatda bu takrorlash xarakteridagi ishlar. Ularga oldingi o'tilgan mavzular yuzasidan masala, misollar pedagogning topshirig'iga asosan biror darslikni tanlab berish, grafik ishlar, ya'ni sxema, jadval va boshqalar.
Bundan tashqari mustaqil ishlar yangi materialni o'rganishda ham qo'llash mumkin. Birinchi va ikkinchi holatlarda mustaqil ishni o'qitish jarayonida singdirish pedagog rahbarligida olib boriladi.
Tajribali pedagoglar talabalarni darslik bilan mustaqil ishlashga, konspekt qilish texnikasiga, ijodiy ishlarning metodikasiga o'rgatib borish kerak.
Tajribali pedagog darsda, talabalarning darslik bilan ishlayotgan paytida, tez ishlaydigan o'quvchini to'xtatmaydi, sekin ishlaydigan o'quvchini shoshiltirmaydi.
Berilgan savolga to'g'ri javob bergan talabaga keyingi savolni beradi. Xatoga yo'l qo'ygan talabaga tezgina qo'shimcha topshiriq beradi. Mustaqil ishni tashkil qilishda yosh pedagog o'ziga kamroq majburiyatni oladi. Talabalar shunga o'rganib qolishadiki, pedagog hamma narsani tushuntirib, kerakli joyini muhimligini ta'kidlab o'tadi. Vaholanki, shu materialni mustaqil o'rganib chiqishga, uni qayta ishlashga talabalar o'rganmagan bo'ladi.
Har doim talabalarning individual qobiliyatlarini o'rganib, kuzatib, hisobga olib yuradigan pedagog ularning mustaqil ishini tashkillashtirishda pedagogik mahoratga ega bo'ladi.
Talabalarning bilim egallash jarayonini tashkil etish uchun, pedagog darsdagi teskari aloqalarni amalga oshirishi kerak. Bunday mahoratga pedagog talabalar bilan muloqot qilgan kuzatuvchanligi, yaxshi rivojlangan tasavvur va chuqur mulohazali bo'lgandagina erishiladi.
Bunda tajribali pedagog qoloq, bilim olishda passiv talabalarni qo'yidagi darajalarga ajratish mumkin:
–bilish doirasi sust (diqqatsiz, xotirasi yomon, fikrlash, muloxaza yuritish doirasi yaxshi rivojlanmagan va x k.)
–emosional–irodaliligidagi kamchiliklar (passiv, sust, ortiqcha xayajonli, qunti yo'qligi va x.k.)
–shaxsiy sifatlarning yaxshi shakllanganligi (bilim olishga qiziqish, mustaqil ish yuritish, javobgarlik, mas'uliyat)
–bir qancha kamchiliklarni uyg'otish.
Pedagog mutaxassis boy tasavvurga ega bo'lishi kerak. Bu narsa o'zini talabalar o'rniga xayolan qo'lga olish, o'quvchining roliga kirib, shu nuqtai-nazardan pedagogik muammolarni hal qilishda namoyon bo'ladi. Bunday pedagoglar to'g'risida talabalar: “Ular hamma narsani ko'radilar, ulardan hech narsani yashirib bo'lmaydi” deb gapirishadi, odatda. Shuning uchun, munosabatni amalga oshirishning asosiy talabi tarbiyalanuvchi psixologiyasini anglay olishdir.
Savol tug'iladi: qarama-qarshi munosabatni qachon amalga oshirsa yaxshi bo'ladi? Ilg'or pedagoglar ko'pincha darsni oldingi bilimlarni faollashtirishdan emas, balki muammoli vaziyatni tug'dirish yoki oldin qo'yilgan muammoni yechimi to'g'risidagi taxminlarni, o'rtaga tashlangan taxminni isbotlash vaqtida, ular avval egallagan bilimlarni dolzarb ekanligini qo'llashadi. Bundan tashqari dars boshida oldingi o'tilgan mavzuga asosan nazorat ishi o'tkazish ham maqsadga muvofiq bo'ladi.
Muammoni dolzarb g'oyasi pedagogga darsni nimadan boshlash kerakligini ham ko'rsatib beradi. Ba'zida darsni og'zaki so'roq bilan boshlash, ba'zida esa masala beruvchi yoki misolni yechish bilan boshlash maqsadga muvofiq.
Shuni aytish kerakki, darsning boshlanishi uning keyingi borishini ham, o'qitish usulini ham tanlashni belgilab beradi. Bu albatta pedagogning o'z tashabbuskorligi va ijodkorligiga bog'liq.
Yetuk pedagog-mutaxassislar talabalarning o'zlashtirilishini oshirish samaradorligini har doim uy-mustaqil ishini to'g'ri tashkil etish bilan bog'laydilar.
Shu maqsadda ular vazifalarni xarakter va formasiga qarab: og'zaki va yozma, muhim va o'z xohishidagi, qo'shimcha adabiyotlarni qo'llab, o'zi tanlagan topshiriq, individual, gruppali va x.k.ga o'zgartirishadi.
Uy vazifasini aniq va to'g'ri bo'lishi uchun pedagog dars jarayonida samarali qilib, tushuntirish ishlarini olib borishi kerak. Shuning uchun ham malakali pedagoglar yangi materialni tushuntirishga ko'proq vaqt ajratadilar. Chunki bilimlarning og'zaki mag'zini chaqish, anglash jarayoni qanchali samarali bo'lsa, keyingi darsda uy vazifalari tekshirishga shunchalik kamroq vaqt ketadi.
Yosh pedagog birinchi kunlardanoq shunga e'tibor berishi lozim. Yangi materialni tushuntirishga ko'pincha vaqt yetmaslikning sababi shundaki, uy vazifasini tekshirishga ko'p vaqt ajratiladi, chunki materialni o'zlashtirmagan bo'ladi. Shuning uchun tajribaga ega bo'lgan pedagoglar yangi mavzuni tushuntirish vaqtida pedagogni vazifasini bajarishda muntazam ravishda tayyorlab boradilar. Ular asosiy e'tiborni talabalarni aniq bir xil tushunganligiga va ularning qay darajada materialni tushunganligi tekshirib boriladi.
Shubhasiz, uy vazifalarini bajarishning faollashtirish sabablaridan biri, ularni tez-tez pedagog tomonidan tekshirilib borilishidir. Aks holda pedagoglarda uy vazifalarining nazoratsiz (tarzda) bo'lishi vujudga kelishi mumkin va ular uy vazifalarni bajarishda sust bo'lib qolishadi. “Topshiriq berdingmi – tekshir, tekshirmadingmi, topshiriq berma” – bu qoidaga pedagog doimo amal qilishi kerak.
Pedagogik mahoratni egallash uchun pedagogga faqat o'zining fanini chuqur bilishi yetarli emas, u bundan tashqari siyosat, fan, san'at, texnika, sport sohasida odamlarni nimaiki qiziqtirsa, hammasidan xabardor bo'lishi kerak. Dars har doim ta'lim jarayoniga o'xshab, o'z ichiga siyosiy yo'nalganlik elementini oladi. Dars bu hali kafedra, hali minbar,umuman – dunyoga bo'lgan o'ziga va talabalarga pedagogning munosabati aks ettiriladigan vaziyat. Shunda fuqarolik qarashlari kasbiy qarashlarni takomillashtiradi. Pedagogik mahoratning kaliti ham shu yerda.
Pedagog har doim talabaning rivojlanish darajasini, uning xotirasi, diqqati,irodasi, quntini sinaydi. Shunda nimalarga amal qilishi lozim? Pedagog hech qachon o'zining talabasi, qolaversa inson haqida yomon o'ylamasligi, shoshma – shosharlik bilan unga baho bermaslik kerak. Uning asosiy vazifasi – talabani har tomonlama o'rganib chiqib, uni tushunish, pedagoglik kasbi o'ylamay ish qilishni kechirmaydi, talaba qalbiga nisbatan samimiylik, uni psixologiyasini, ichki dunyosini anglash pedagogga xos.
O'quv o'yinlari ko'rinishlari: didaktik o'yinlar, o'yin-mashg'ulot, sahifali o'yinlar. Didaktik o'yinlar bevosita dars tarkibiga kiritilib, o'quv materialini chuqur o'rganish va mustahkamlash uchun xizmat qiladi. O'yin-mashg'ulotlari xotira, diqqat, fikrlash va h.k.larni tarbiyalashga yo'naltirilgan. O'yin mashg'ulotlarga bellashuv, krassvord, topishmoq, rebuslarni kiritish mumkin. Sahifa o'yinlarning mohiyati tasavvurni faollashtiradi.
Didaktik o'yinlar – o'qitish va tarbiyalashning zamonaviy va tan olingan uslubi bo'lib, o'qitish, rivojlantirish va tarbiyalash funksiyalariga ega va ular birgalikda ta'sir etadi.
Fanga qiziqishni turli usullarini qo'llab oshirish mumkin, biroq shug'ullanishni jalb etishni talab etadigan usul eng qulaydir.
Informatikani o'qitishda quyidagi 4 xil ko'rinishdagi masalalar jalb etish uchun qo'llaniladi: rasmli masalalar, mantiqiy masalalar, qiziq masalalar, sharti to'liq ko'rsatilmagan masalalar.
Maxsus o'qitish vositalaridan biri - bu bellashuvlar, krassvord, rebuslar. Bellashuvlar o'z mohiyati bo'yicha rivojlantiruvchi vosita bo'lib, topshiriqlarni takrorlash yoki bilimlarni faollashtirishda qo'llash mumkin.
Krassvordlar test topshiriqlariga o'xshash bo'lib, krassvord savollariga javob bera turib, o'quvchilar o'z bilimini tekshiradi, javoblar bilan tanishayotganda bilmagan ma'lumotlarini o'rganishadi va erudisiyasini oshiradi. O'quvchilar krassvordlarni faqatgina javobini topmasdan balki savollarini tuzishda o'z bilimini mustahkamlaydi, ijodiy qobiliyatlarini takomillashtiradi.
O'quvchilar uchun bellashuv ko'rinishidagi vaziyatlar juda ma'qul bo'lib, unda ular o'z bilimini va qobiliyatini ko'rsatish imkoniga ega bo'ladi. Bunday imkoniyatlarni boshqotirma va rebus ko'rinishdagi uslublar yaratadi. Ular yordamida odat tusiga kirgan darslarni qiziq o'tishga va o'quvchilarning barchasini bilimini baholashga sharoit yaratadi. Rebuslarni tuzishda, yuqori sinf o'quvchilari ijodiy fikrlash asosida maroq bilan bajarishadi. Pedagogik faoliyat davomida o'qitishning interaktiv vositalaridan foydalaniladi, bunda elektron darslik yordamida informatika fanining barcha bo'limlarini 3 o'lchovli animasiyalar, videoklip, video sahifalar orqali ifodalash, bilimni tekshirish, test savollari, amaliy topshiriq va loyihalarga misollar keltirib, to'liq o'zlashtirilishga zamin yaratadi.
Kompyuter – bu o'quvchi va o'qituvchining ijodiy faoliyati uchun samarali qurilmadir. Darslarga tayyorlana turib, o'quv material taqdimoti tuziladi, didaktik materiallar yaratiladi, o'quv o'yinlar tuziladi, bularning barchasi darsni yanada samarali o'tkazish imkonini beradi. O'qitishning interaktiv vositalarni qo'llash natijasida o'quv jarayonida o'yin holati yaratilib, zerikarli nazariy mashg'ulotdan holi bo'lishga, ijodiy o'quv faoliyatini, dunyoqarashni kengaytirish, individual qobiliyatni ochish va rivojlantirishga olib keladi.
Kompyuter, o'quv materiallarni chiroyli va qiziqarli ko'rinishda taqdim qila qolmay, balki o'quvchilar faol harakatini o'quv material o'zlashtirish sifati va unumdorligini tezkor holda tekshirish imkonini beradi.
Darslarni noan'anaviy ko'rinishda o'yin uslubda o'tkazish o'quvchilar uchun qiyin o'zlashtiriladigan va qiziq bo'lmagan o'quv materialini anglashda muhim ahamiyat kasb etadi. Umumlashtiruvchi darslarda bellashuv, musobaqa ko'rinishlarini qo'llab turib, o'quvchilar o'quv faoliyatini faollashtirish mumkin. O'yin ko'rinishdagi darslarni quyidagi turlarga bo'lish mumkin: musobaqa, quvnoqlar va zukkolar (kvn), badiiy ko'rinishli darslar, qidiruv darslar, ongli to'qnashuv darslar. Noan'anaviy ko'rinishdagi darslarni o'tish davomida o'quvchilarga informatika faniga qiziqish paydo bo'ladi, o'qitish sifat ko'rsatkichi oshadi va binobarin o'qituvchi malakasi ham oshadi.
Informatika faniga qiziqishni oshiruvchi qo'shimcha vositalar sifatida o'quvchilar referatlari va ma'ruzalari qo'llaniladi. Darsda qo'shimcha o'quv materialini qo'llash, uni ongli rivojlantirish, dunyoqarashini kengaytiradi, malakani mustaqil ta'lim olishda takomillashtiradi, madaniyatini oshiradi.
O'qituvchining asosiy maqsadi bu o'quvchining ongini rivojlantirishdir. Ushbu maqsadga erishish uchun ular o'z pedagogik faoliyatida o'yin uslubi texnalogiyalari qo'llaniladi. Darsda o'yin sahifalari qo'llay turib, o'quvchilar bilim, ko'nikma, malakasiga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir etib, ularni rivojlantirish ya'ni o'quvchilarning fikrlash qobiliyatini o'yinli vaziyatlarni boshqarish imkonini beradi.

Download 243 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish