Bahor manzarasi va mehnat


Bahor manzarasi va mehnat bo’limiga 19 soat ajratilgan



Download 243 Kb.
bet11/17
Sana09.07.2022
Hajmi243 Kb.
#764974
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
Bahor manzarasi va mehnat

Bahor manzarasi va mehnat bo’limiga 19 soat ajratilgan.
Mazkur bhlimda o`quvchilarni o`tmishda yashab, xalqi va Vatani uchun, ma'rift rivoji uchun xizmat qilishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ygan allomalar: Al-Xorazmiy, Abu Ali Ibn Sino, Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur, Abdulla Avloniylarning bolalikdagi jasoratlari, kasb hunar, bilim egallash yhlidagi sa'y-xarakatlari, xalqqa khrsatgan g`amxo`rliklari, yurt obodonchiligi yo`lidagi xizmatlari, ilm, sabr haqidagi fikrlari yoritilgan hikoya, she'r, hikmatlar, rivoyat va maqolalar kiritilgan.


I.3. Oilada bolalarga nafosat tarbiyasini berish.
Oilada singdirilgan tarbiya yosh avlodning murg`ak qalbida bir umr muhrlanib qoladi. Tarbiyaning barcha ko`rinishlari, shu jumladan estetik tarbiya ham keng qamrovli bo`lib insonda estetik ong va did go`zallikni ko`rib bilishni o`rgatish orqali shakllantiriladi. Oilasida dastlabki estetik tarbiya topgan inson go`zallik va nafosatni xuniklik va qo`poliqdan ajrata boshlaydi, tabiat hamda voqea-hodisalaridagi estetik sifatlarni idrok etib beg`araz zavqlanishni o`rganadi.
Go`zallik tushunchasi ko`p qirrali bo`lib, u hilma-xil ko`rinishlarda namoyon bo`ladi. Tabiatdagi go`zallik ijtimoiy hayot go`zalligidan, amaliy faoliyatdagi go`zallik esa, badiiy ijoddagi go`zallikdan ma'lum jihati bilan farqlanadi. Lekin bu farq bir qarashda qanchalik kuchli bo`lmasin ularning umumiyligi ham bor. Umumiylik - go`zallikning barcha ko`rinishlari hamisha «foydali» bo`lishidadir. Bu foydalilik alohida turdagi foyda bo`lib, u insonga, jamiyatga, taraqqiyotga ma'naviy estetik foyda keltiradi. Ma'naviy estetik foyda deganda estetik lazzatlanish, ruhiy qoniqish va beg`araz zavqlanish holatlarini tushunish mumkin. Bu esa, o`z navbatida insoni hayot va faoliyati faol bo`lishga, ijod turlari bilan shug`ullanishga, bunyodkorlikka yo`naltiradi.
«Go`zallikni his qilish oldindan belgilangan, kutilgan, anglangan belgilardan yuqori turadi. Go`zallik bilish jarayonida falsafiy jihatdan uch vazifani bajaradi:
-bilish jarayonida kuchni tejaydi;
-eng yaqin va to`gri yo`l bilan maqsadga erishishni ta'minlaydi;
-ijobiy emosiya orqali ehtiyojni qondiradi».1
Go`zallikni ko`ra bilish va undan to`gri baxramand bo`la olish ko`nikmalarini rivojlantirishda oila va oiladagi ma'naviy muhitning o`rni beqiyos. Estetik tarbiya ham boshqa tarbiya ko`rinishlari kabi go`dak hali dunyoga kelmasidanoq boshlanadi. Aynan o`sha davrda bo`lajak ona faqatgina go`zal narsalarga qarashi, fikr-o`ylari, orzu-niyatlari ham go`zal bo`lishi kerakligi barchaga ma'lum. Oiladagi ma'naviy muhit soglom, halol luqma va halol amallarga tayangan bo`lishi ham juda muhimdir. Dunyoga kelgan chaqaloq chiroyli va qulay narsalar bilan qurshab olinadi. Bunda yorqin ranglar go`zallikni ilk ko`rinishi bo`lib, chaqaloqqa xizmat qiladi. Vaqt o`tgan sari go`dak tevarak-atrof, tabiatdagi go`zallikni ko`ra bilishga o`rgatiladi. Yosh bolaga o`sib turgan gul, uchib yurgan kapalakning go`zalligini ko`rsatar ekanmiz, bu go`zallikni asray bilish va qadrlashni ham o`rgatishimiz lozim.
Go`zallik barchaga tegishli qadriyat ekanligini, uni keyingi avlodlarga ham bekamu-ko`st yetkazish har bir shaxsning insoniy burchi ekanligini tushuntirib borish
zarur. Bunda estetik tarbiya, ham axloqiy, ham ekologik tarbiya bilan uyg`unlashgandagina yaxshi natijalar beradi. «Tabiatdagi go`zallik insonni g`am-tashvishlardan xalos etadi, unga kuch-qudrat beribgina qolmasdan, yuksaltirib ezgu ishlarga ham yo`naltiradi»1 - deb, Abu Xamid al-Gazzoliy bejiz aytmagan. Tabiatdagi go`zallikni ko`ra bilish va to`g`ri baxramand bo`lishni shakllantirish, oilada tabiatga ongli, madaniy munosabatda bo`lishni tarbiyalash insoniyat kelajagini belgilovchi omil bo`lib bormoqda. Bunda tarbiyani oddiydan murakkab tomon yo`naltirilishi, milliy bilan umuminsoniy qadriyatlarni uyg`unlashtirgan holda olib borilishi maqsadga muvofiqdir. Shundagina go`zallikni ko`ra bilish va his etish insonning tashqi bir xislati emas, balki ichki, ma'naviy negiziga aylanadi. Go`zallikni his qilish tuyg`usi estetik ehtiyoj darajasiga ko`tarilib borar ekan, insonning estetik didi shunchalik rivojlanib boradi.
Estetik didda insonning aqliy va hissiy dunyosi, dunyoqarashi, orzu-umidlari, talab-extiyojlari, maqsad-manfaatlari yaqqol namoyon bo`ladi. Did orqali shaxs o`zligini namoyon qilar ekan, o`z navbatida shaxsiy buyumlar, kiyim-kechak, uy-joy va faoliyatining barcha samaralari inson didining darajasini aks ettirib beradi. Barchamizga tanish bo`lgan «did haqida bahslash-maydilar» degan mushohada estetik didning aynan mana shu insonning individualligi bilan bog`liqligini nazarda tutib aytilgan ayon bo`ladi. Agar maqsadimiz har tomonlama barkamol insonni tarbiyalash vazifasiga oqilona yondashishdan iborat bo`lsa, u holda did to`g`risida bahslashish o`rinli bo`lib qoladi. Chunki estetik did har bir odamning hissiy-emosional tomonlari bilan aqliy-intellektual tomonlarining uyg`unlashuvi natijasida shakllanib, axloqiy, diniy, huquqiy va boshqa qarashlarga qaraganda ko`proq g`oyaviy, ijtimoiy-siyosiy qarashlariga ham ta'sir ko`rsata olishi bilan ajralib turadi. Shuning uchun ham har bir oilada estetik didni shakllantirish va rivojlantirish masalasiga befarqlik o`z navbatida, mafkuraviy va ijtimoiy-siyosiy befarqlikni keltirib chiqarishi mumkin.



Download 243 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish