O'QUVCHILARNING TAYYORGARLIK DARAJASIGA
QO'YILADIGAN MINIMAL TALABLAR
3.1. Ona tili ta'lim sohasi o'qish texnikasi
Miqdoriy ko'rsatkich - minutiga 80 - 90 so'zni o'qiy olish.
Talablar:
a) harflarni to'g'ri talaffuz etish;
b) so'zlarni to'g'ri o'qish;
d) gap ohangiga rioya qilgan holda ravon va obrazli o'qish;
e) gapdagi tinish belgilarini talaffuzda aks ettirish;
f) sanash va ajratish ohanglaridan to'g'ri foydalanish;
g) so'z urg'ulariga rioya qilish; h) ohangga rioya qilish;
i) ilmiy atama va ramzlarni to'g'ri talaffuz etish.
Matnning xarakteri — eng sodda, ravon, nasriy va nazmiy bolalar adabiyoti hamda xalq og'zaki ijodi namunalari.
Matn mazmunini anglash, o'zgalar nutqini eshitish va fikrinianglash malakasi
Miqdoriy ko'rsatkich — 10 minutda 4—5 sahifali matnni o'qib, qayta so'zlab bera olish.
Talabiar: og'zaki nutqning to'g'ri, ravon, aniq, tushunarli va ta'sirchan bo'lishi, monologik nutqning ravonligi, dialogik nutqda o'zaro muloqotning ta'sirchanligi, izchilligi, mantiqiy jihatdan aniqligi.
Matnning xarakteri — til jihatdan ravon, nasriy-nazmiy bolalar adabiyoti hamda xalq og'zaki ijodi namunalari.
Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi A. Miqdoriy ko'rsatkich — 4-sinf yakunida 75—80 so'zdan iborat diktant yoza olish. Talabiar:
a) imlo—xatolarga yo'i qo'ymaslik;
b) ijodiy matnning mantiqiy jihatdan izchilligi;
d) berilgan izohlarning aniqligi;
e) lug'atlarning to'g'ri va aniq berilishi. Diktantning turlari: saylanma diktant, lug'at diktant,
ta'kidiy diktant, yod yozuv diktanti, nazorat diktanti, izohli diktant, ko'rsatkich diktant.
B. Miqdoriy ko'rsatkich —5—6 gapdan iborat bo'lgan matnni (fikr ehtiyoji bilan bog'liq mavzu asosida) yaratish. Talabiar:
a) matndagi gaplarning mazmunan o'zaro bog'liqligi va aloqadorligi ko'rsatilgan mavzu doirasida birlashishi; b) harf va tinish belgilarini to'g'ri yozish;
d) husnixatda qatorlarni to'g'ri joylashtirish;
e) so'zlar orasidagi oraliqni to'g'ri belgilash;
f) tavsifning xabar berish qiymati (sodda xabar);
g) tasvirda tilning ifoda vositalaridan foydalanish;
h) matnda so'zlarni takrorlashdan saqlanish va sinonimlarni qo'llay olish;
i) matnda abzatslarning yaxlitligi va fikr izchilligini ta'minlash;
j) uyadosh so'zlardan foydalana olish.
Matnning xarakteri — o'quvchiga tanish bo'lgan va ko'z oldida sodir bo'lgan voqea-hodisa tasviri, kichik insho, xat-xabar, tabriknomalar.
Boshlang'ich ta'lim bosqichida o'quvchilar quyidagi badiiy janrdagi asariarni o'qishlari va bu janrlarni o'zaro farqlay olishSari lozim. Ertak, she'r, maqol, tez aytish, topishmoq, qo'shiq, alia, hikoya, qissa va boshqalar. Boshlang'ich sinf o'quvchilari 4-sinf yakunida 20 ta she'rni yoddan aytib bera olishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |