NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
"O'ZBEK TILI VA ADABIYOTI" FAKULTETI
2-KURS "G"GURUH TALABASI
ASHUROVA ZARINANING
KURS ISHI
MUNDARIJA
I. KIRISH.
II.ASOSIY QISM.
1) To'ra Sulaymon Ijodining obrazliligi.
2)To'ra Sulaymon she'riyatining folklorga aloqadorligi.
III.XULOSA
KIRISH
To'ra Sulaymon ijodining asosiy xususiyati - xalqonalik. Shoir asarlarida folklor bilan aloqaning ko'p uchraydigan ko'rinishi xalq maqollarining qo'llanilishidan tortib, xalqona urf-odat hamda qadriyatimizning motivi sifatida ijodkor asarlari mazmuniga san'atkorona singdirilishi holatlari kuzatiladi. Shoir ijodini o'rganish nafaqat adabiyotshunoslar, tilshunos-dialektologlar, madaniyatshunoslar uchun ham yetarli manba bera olishi bilan yanada qadrli. To'ra Sulaymon kutubxonasidagi shoir o'qigan badiiy asarlarning o'ziyoq folklorshunoslar hamda xalq shevalarini o'rganuvchi mutaxasislar uchun qimmatli ma'lumotlarni taqdim etadi. Sababi shoir hayoti davomida mutolaa qilgan asarlarida qo'llangan so'zlarning xalqona variantlarini qayd etib borgan.
Adabiyotshunos olim Ozod Sharafuddinov "To'ra Sulaymon bizga juda kerak odam edi. Bizning hayotimiz uchun zarur bo'lgan odam edi,mafkuramiz uchun zarur bo'lgan odam edi". Bunday e'tirofga sabab shoirning xalqchil hamda samimiyatga boy ijodidir. To'ra Sulaymon xalq og'zaki ijodi bilan yozma adabiyotni bir-biriga payvand qila bildi va o'zicha yanggi bir maktab ochdi. Ana shu masalani tadqiq etish lozimligi ishimizning dolzarbligini belgilaydi.
Ishimizda To'ra Sulaymon ijodi bilan bog'liq yangi ma'lumotlar-ni ilm ahliga taqdim etish, shoir asarlarining tizimli tadqiqini amalga oshirish maqsad qilib olindi. Ushbu maqsad bilan bogliq quyidagi vazifalar qo'yildi:
Birinchidan, To'ra Sulaymon biografiyasi bilan bog'liq materiallarni to'plash;
Ikkinchidan,shoir ijodining o'ziga xos bo'lga asosiy xususiyatlarini aniqlash;
Uchinchidan, shoir asarlarining xalq og'zaki ijodi bilan munosabatini tadqiq etish;
Ishda To'ra Sulaymonning1962-2003 yillarda nashr etilgan to'plamlarigamanba sifatida tayanildi. Ushbu to'plamdagi she'rlar, dostonlar, baxshiyona termalar, hajviy asarlari obyekt sifatida foydalanildi.
Shoirning ilk asarlari to'g'risida adabiyotshunos N. Karimov hamda M. G'affurovlar tanqidchilikdagi dastlabki fikrlarini bildirdilar. Shoir ijodining folklor bilan aloqasi borasida ilk tadqiqni folklorshunos olim M.G'affurov amalga oshirdi. Uning tadqiqotida To'ra Sulaymon dostonlari g'oyaviy-badiiy xususiyatlari haqida fikr yuritiladi.
Adabiyotda xalqchillik masalasi doimo adabiyotshunoslarning diqqat markazida bo'lib kelgan. Xalqonalik asarga ba'zida jo'nlik olib kelsa, uni san'atkorona qo'llash asarning ulug'vor bo'lishini ta'minlaydi.
Shoir asarlarida dastlab folklordan ta'sirlanish tarzida kuzatilgan xalq og'zaki ijodi bilan aloqa keyinchalik To'ra Sulaymon folklorizmi shakllanishigazamin bo'ldi.
O'zbek adabiyotshunosligida folklor hamda yozma adabiyot aloqalari masalasi chuqur o'rganilgan. Xususan, folklorizm tushunchasi tadqiqiga doir B.Sarimsoqov, I.Yormatov, O. Sobirov kabi olimlarning tadqiqotlarida bu masala atroflicha tahlil etilgan. Folklorshunos G'. Mo'minov, D.Xoliqovalar xx asr 70-80-yillari o'zbek adabiyotida folklorizm hodisasini o'rgangan bo'lsalar-da, ularda bu yillar o'zbek she'riyatidagi folklorizmlar tabiatini o'rganishga yetarlicha ahamiyat berilmaganligi ko'zga tashlanadi. Bu yo'nalishda eng so'nggi tadqiqotlardan biri folklorshunos I. Sharipovaning "xx asrning o'zbek she'riyatida folklorizm" nomli ishi davr folklorizmi tabiati borasidaqimmatli ma'lumotlarni taqdim etadi.
O'tgan asrning 80-yillarida B.Sarimsoqov tomonidan tasniflangan folklorizmlarning tuzilishi hamda badiiy asar syujetidagi o'rniga ko'ra turlari bugunga qadar o'zbek adabiyotida folklorizm masalasi yuzasidan tadqiqotlar uchun asos bo'lib xizmat qilmoqda. Olim folklorizmlar tabiatini tahlil ettirar ekan, ularni ikki guruhga ajratadi:
- Oddiy folklorizmlar;
- Murakkab folklorizmlar.
Oddiy folklorizmlar folklorning kichik hajmli janrlari bo'lgan maqol hamda matallardan yozma adabiyotda foydalanishni o'zida aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |