II bob: To'ra Sulaymon she'riyatining folklorga aloqadorligi;
Adabiyotda xalqchillik masalasi doimo adabiyotshunoslarning diqqat markazida bo'lib kelgan. Xalqonalik asarga ba'zida jo'nlik olib kelsa, uni san'atkorona qo'llash asarning ulug'vor bo'lishini ta'minlay-di.
Shoir asarlarida dastlab folklordan ta'sirlanish tarzida kuzatilgan xalq og'zaki ijodi bilan aloqa keyinchalik To'ra Sulaymon folklorizmi shakllanishiga zamin bo'ldi.
O'zbek she'riyatida ruhiy tasvir ko'rinishi va tamoyillari turli davrlarda turli shakllarda zohir bo'lgan. Chunki she'riyat davr nafasi o'sha davr kishisi ruhiy olamida kechuvchi jarayonlarining lirik qahramonlarning ruhiy dunyosi bilan uyg'un manzaralaridan yaraluvchi san'at mulkidir. Shuning uchun she 'riyatdagi ruhiyat tasviri xususiyatlarini davr harakteridan ajralgan holda tasavvur etish yoki tadqiq qilish haqiqatga muvofiq kelmaydi. Shu nuqtayi nazaridan turib, ishda xx asr o'zbek she'riyatining har bir taraqqiyot bosqichiga xos bo'lgan ruhiyat tasvirining namoyon bo'lish darajalari uning lirik she'riyat rivojidagi o'rni va ahamiyatini o'rganishga harakat qilindi.
Murakkab folklorizmlar folklorshunos B.Sarimsoqov tomonidan uch guruhga ajratiladi:
A)analitik folklorizmlar;
B)sintezlashgan folklorizmlar;
D)stilizatsiya xarakterdagi folklorizmlar.
Analitik folklorizmlar asarning badiiy to'qimasi, uning yetakchi g'oyasi bilan organik birikib keta olmasligi jihatidan xarakterlanadi. B.Sarimsoqovo'z tadqiqotida analitik folklorizmning vazifasini asarga ramziy, falsafiy ruh bag'ishlashdan iborat deya izohlaydi.
To'ra Sulaymon ijodida analitik folklorizm hodisasini uning "Qaldirg'och"nomli ocherki misolida ko'ramiz. Bu ocherk Mirzacho'l vohasini o'zlashtirishda faol qatnashgan Sharofat ismli ayol haqida. Muallif asar avvalida cho'lning o'zlashtirilishida suvning naqadar baland bo'lganini tasvirlash maqsadida cho'lda suvsiz qolgan bir tuyaqushning qonxo'r tabibga duch kelgani haqidagi afsonani keltiradi. Qonxo'r tabib tuyakashdanbir tomchi suv evaziga bir tomchi qon so'raydi. Bir amallab chanqog'ini qondirgan tuyakash kulbai xonasiga bir ahvolda yetib keladi. To'ra Sulaymon bu afsonani keltirar ekan, vohada suv qanchalar bebaho ahamiyatga ega ekanini ta'kidlashni o'z ildiga maqsad qilib qo'yadi. Ocherk orqali esa Mirzacho'l vohasini o'zlashtirish uchun qanchalab insonlar jonlarini fido etganliklari tasvirlanadi. Afsona bu o'rinda asarga birmuncha falsafiy ruh baxsh etadi hamda uning baiiyligini yanada oshiradi.
Doston. To'ra Sulaymon dostonlari xalq dostonlari singari liro-epik xususiyatga ega.
Shoir dostonlarining she'riy qismlari bo'g'inlari soni turlicha. Xalq dostonlaridagi kabi shiddatli voqea hamda tuyg'ular tasvirida bo'g'inlar soni kamayadi. Masalan, "Jahonnoma" dostonida urushga ketgan Otaquldan qoraxat olgan yaqinlari holati 7lik bo'gin asosida 4-3 turoqlangan holatda beriladi:
Eshik oldi oydin ko'l,
Oyna solsam botmaydi.
Armonda ketgan bolama
Ot yuborsam qaytmaydi.
Dostonlarning nasriy qismlarida sajlardan foydalanib, asar badiyati hamda xalq dostonlariga yanada yaqinligi ta'minlangan:"Momo shu yo'sinda ko'chalarga suv sepdirib, Turoni chilim bilan bir tortar nashaning noyobidan topdirib, o'n bir bolali mehmonxonasini chamanda gulday etib bezab, ko'rpa-ko'rpachalarni shohona qilib tuzab, qizsirab, qimizsirabkeladigan o'zi kelgan "mehmon atoyi xudo"larini eshonni kutganday kutib olib xizmatlariga tutinmoqqa boshlaydi..."
To'ra Sulaymon baxshiyona termalarida esa lirik qismlar, asosan, xalq yo'lidagi g'azallar ko'rinishida ijod etilgan:
Ne uchunkim bu elda saodat soxtadin soxta,
Xiyonat avjida, yorab, diyonat soxtadin soxta.
Izzat -ikrom, hayo, mehru oqibat soxtadin soxta,
Iltijolar ijobatsiz, ibodat soxtadin soxta.
To'ra Sulaymon termalarini folklor termalari bilan yaqinlashtiradigan yana bir jihat ularda bosh qahramon sifatida xalq ijrochilarining ishtiroh etishidir:
"Qafasga tushgan qushday,bu davra o'ng emas, tushday bo'lib o'tirgan Ergash bobo qo'liga otameros, bobomeros sozini olib to'lib-toshib huylashga kuylashga tushibdi..."
Shoir "Aylanib II" nomli ushbu termasida baxshi Ergash Jumanbulbul nomidan o'z dardlarini kuylaydi. Muallifning ushbu janrdagi asarlariga xalq baxshilarining hayoti, boshdan kechirgan voqea-hodisalar asos qilib olingan. Fikrimizning isboti sifatida To'ra Sulaymon "Ko'rsatma"nomli baxshiyona termasida shunday yozadi:
Yer yuziga sig'madim men, yeru ko'k torlik qildi,
Mard xudodan ko'rar, lekin bir bek xunxorlik qildi.
Bu satrdagi "bek"ka muallif quyidagi havolani beradi:
(Tog'abek ismli Xatirchi begi oqinning inisi Abdulxalilni qarorgohiga chaqirtirib, tun bo'yi doston ayttiradi. Shu tunda yuqa-yengil kiyingan Abdulxalil shamollab, oradan olti oy o'tar o'tmas qaytish qiladi. Bu Ergash boboning boshiga tushgan qaro kunlarning boshlanmasi edi".
Shu asarning yana bir o'rnida baxshining biografiyasiga doir quyidagi ma'lumot havola etiladi:
G'am - sitam yengdi mani, ayriliq, armon yengdi,
Jigarbandlarim dog'i bevaqt, begumon yengdi.
Qad-qovmatim dol aylab ul bargi suman yengdi,
Qurolsiz, aslahasiz yomondin yomon yengdi.
("Oqin bu yerda umr yo'ldoshi Ziynatoy O'tamurod qizini nazarda tutyapti")
Xullas, To'ra Sulaymonning baxshiyona termalari janr sifatida taraqqiyot bosqichining ilk davrlarini o'zida namoyon etadi. Muallifning bu turkum asarlari badiyat jihatdan yuqori saviyaga ega ekani, folklor an'analarini o'zida saqlagani va nihoyat xalq og'zaki ijodi ijrochilari haqidagibiografik ma'lumotlarni taqdim etishi bilan XX asr o'zbek adabiyotida alohida hodisa bo'ldi.
Muallif "Jahonnoma" afsonasida Qamarning yori Bibi Hilolga oshiq bo'lgan Yetti Qaroqchining oylab solishgani, omonsiz solishgani va axiyri shunday qarorga kelishgani haqida yozadi:
"- Yaxshisi birimiz emas, barimiz olaylik. Biroq sharti shuki, faqat uning diydoridan, jamolidan barchamiz bahramand bo'lib yuraylik, - degan sharmisorlikni o'rtaga tashlashibdi".
To'ra Sulaymon xalq urf-odatlari bilan bog'liq an'analar tasviri ko'p uchraydi. "Jahongashta" dostonida muallif to'y tasvirini berar ekan, bir qator xalqona urf-odatlar haqida ma'lumot beradi:
"To'y bor yerga besh bolasini yetaklab, oltinchisini orqalab keluvchi satta beo'xshov xotinlar, o'zini farishtai pokiza sanovchi yuqamechkay otinlar,kuyovdan gap ochilsa oqshomi bilan alahsirab chiqadigan qizlar, yetti o'lchab bir kesadigan ham sinchi,ham dasturxonchi ayollar,qadimdan qolgan odatimiz, erkaklarning biz bilan ishi bo'lmasin, deb ne mahalgacha hali "eshik ochar" hali "ignasanchar", hali "kampir o'ldi" , hali "oyna ko'rdi", bular ham kamlik qilganday hali "soch siypalatar" hali "ot irillatar" so'ng "qiz yashirdi", "kimga oshirdi" hunarlarini ko'rsatib, lablariga uchuq toshgan qirq kokilli Oybahor bilan bu oqshomni iyiqqan olqorday betoqat bo'lib kutgan Otaqulni jonidan bezor qilib yotdi".
To'ra Sulaymon ijodida diniy e'tiqod bilan bog'liq udumlar islom aqidalarining xalqona ifodasi sifatida namoyon bo'ladi. Uning qahramonlari maxsus diniy marosimlar o'tkazmaydilar, balki bu ularning hayot tarziga aylanib qolgan. Ular boshqacha yashashni bilmaydilar va e'tiqodli umr kechiradilar.
To'ra Sulaymon ijodida to'y marosimi bilan bog'liq an'analar tasviri ko'p uchraydi. "Jahongashta" dostonida muallif to'y tasvirini berar ekan, bir qator xaqona urf-odatlar haqida ma'lumot beradi:
"To'y bor yerga besh bolasini yetaklab, oltinchisini orqalab keluvchi satta beo'xshov xotinlar, o'zini farishtai pokiza sanovchi yuqamechkay otinlar, kuyovdan gap ochilsa oqshami bilan alahsirab chiqadigan qizlar, yetti o'lchab bir kesadigan ham sinchi, ham dasturxonchi ayollar, qadimdan qolgan odatimiz, erkaklarning biz bilan ishi bo'lmasin, deb ne mahalgacha hali "eshik ochar" hali "ignasanchar" hali "kampir o'ldi", bular ham kamlik qilganday "soch siypatar" hali "ot irillatar", so'ng "qiz yashirdi", "kimga oshirdi" hunarlarini ko'rsatib, lablariga uchuq toshgan qiq kokilli Oybahor bilan bu oqshomni iyiqqan olqorday betoqat bo'lib kutgan Otaqulni jonidan bezor qilib yotdi."
Asl oddiy folklorizmlar To'ra Sulaymonning epik hamda liroepik janrdagi asarlari uchun xosdir. Muallif baxshiyona termalari, doston-lari hamda hajviyalarida xalq maqollarini asl holicha qo'llaydi. "Jahongashta" dostonida qahramon Odil polvonning qishloqdan bosh olib ketishi oldidan do'st-birodarlarini yig'ib, kengashga chog'langani haqidagi quyidagi tasvirni keltiramiz:
"Odil polvonning men ketarman bu yerlardan bosh olib" degan gapi og'aynilariga og'ir botib, bir xillari ko'ziga yosh olib, biri bilimdonsirab, biri donosirab deyayotir:
- Bosh yorilsa bo'rk ichida, qo'l sinsa yeng ichida. Sirtlon sirini bermas, bo'ri ko'zining qirini.
- Arab yiqilsa oldinga, eron yiqilsa enishga. Mard Xudodan ko'radi, nomard yo'ldoshdan. Sening bu ishing nomardlikka yotadi...
- Har kim o'zi ekkan daraxti ostida o'zi soyalasin. Hovli-joying ham, chorbog'ing ham otadan qolgan arzimas mulking ham o'zingga buyursin. Burgaga achchiq qilib ko'rpaga o't qo'yma..."
Ushbu kichik dialogning o'zidayoq muallif 13 ta maqol ishlatib xalqona tafakkur quvvatini ko'z-ko'z qiladi.
Qayta ishlangan oddiy folklorizmlar maqol yoki naqllarining asar badiyati talabiga ko'ra o'zgarishga uchrashi natijasida yuzaga keladi. Biz To'ra Sulaymon ijodi misolida qayta ishlangan oddiy folklorizmlarni quyidagi uch guruhga ajratdik:
-maqolning biror qismi tushirib qoldirilishi;
- maqol mazmunini qarama-qarshi qo'yish;
- maqol aynan keltirilmasa-da, unga ishora qilish.
Birinchi guruh oddiy folklorizmlarda
Yana o'sha "Jahongashta" dostonida muallif chavandoz polvonning imkoniyatlarini baholar ekan, bosh mezon sifatida islomiy arkonlarni qo'yadi: "G'oyibnazar polvon esa besh vaqt namozini qazo qilsa qilar edi, Ko'kbo'z tarbiyasini kanda qilmas edi..."
Faqat mubolag'a zarurati tufayli polvonlarning imkoniyatlari diniy arkonlardan balandroq qo'yiladi. Bu bilan diniy qarashlarning darajasi pasaymaydi, balki, chavandozning o'z ishiga sadoqati yanada oshiriladi.
To'ra Sulaymon ijodida G'o'ro'g'li obrazi kamolotning mezoni hisoblanadi. Yigit kishi uchun zarur bo'lgan barcha xislatlar poklik, xalqiga sadoqat, g'animga adovat qat'iyat, bir so'zlilik egasi sifatida tasvirlangan Go'ro'g'li - sulton, xalqni olg'a boshlovchi Alp.
Aqiq misol mudom beg'ubor, soflik,
Xeshlarga sadoqat, dushmanga da'flik,
Go'ro'g'li sultonday bir so'z bir gaplik
Otadan bolaga qolsin, dedilar ,
Otamning o'zini qayga qo'ydilar?
Har elning o'z muftiysi, qozi kaloni bo'lsin,
Oqinlariningham o'z aytar o'lani bo'lsin,
Maydon talab erlari, alp pahlavoni bo'lsin,
Qarg'a, quzg'un qo'nolmas qo'shin qo'rg'oni bo'lsin...
To'ra Sulaymon ijodida Alp - pahlavon yigit. Uning tasviri mifik ildizidan biroz yiroqlashgan, o'z davrining kishisi sifatida chiziladi.
To'ra Sulaymon she'rlarida maqol so'zi uchramaydi. Sababi shoir maqollarni xalqning kundalik ishlatadigan donishmandona so'zlari sifatida baholaydi hamda ularni o'z asarlarida ishlatar ekan, "degan gap bor" , "deguvchi edilar", "deganlariday", "degani shu", "deydilar", "deguvchi edilar" kabilardan birortasini qo'llaydi va shu jumlani xalqning donishmand vakillari o'z hayotlari misolida tajribadan o'tkazganliklariga ishora qiladi.
"Ustivor" deb nomlanuvchi baxshiyonasida To'ra Sulaymon o'zbek xalq maqolini arab xalq maqoli bilan yonma- yon ishlatadi: "Uningsiz ham kim qilmagay - kim topmagay, yo bo'lmasa, al qasosul minal haq, degan gaplar ham bor."
Adabiyotshunos Q. Yo'ldoshev shoirga bag'ishlagan "Xalqona ruhiyat musavviri" maqolasidauning ijodiga baho berar ekan, "Sutsiz sigir suzag'on kelar" "Toqatliga tog'lar egar boshini', "Quvib o'lgan mangulik, qochib o'lgan ko'mgulik" singari qator maqolu hikmatlar yaratgan"ligini ta'kidlaydi. Biroq olim xalq maqollari uchun anonimlik xususiyati xos ekanini nazardan chetda qoldiradi. To'ra Sulaymon ijodida yana bir qancha xalq maqollarining variantlari uchraydiki, bir qarashda ularni muallif tomonidan to'ldirilgan, davom ettirilgan degan fikrga kelishi mumkin.
To'ra Sulaymon asarlarida qo'llangan oddiy folklorizm namunalari o'ziga xos, originalligi bilan ahamiyatga ega. Ularni to'plab Sirdaryo vohasi xalqi uchun xos bo'lgan xalqona donishmandlik namunalari sifatida e'lon qilish mumkin. Shoir yaratgan asarlar badiyati jihatdan yozma adabiyotga daxldor bo'lsa, To'ra Sulaymon folklorizmning o'ziga xosligi, ijodkor asarlarida xalq hayoti va tutumlari ifodalangani bilan folklorshunoslik, madaniyatshunoslik sohalari uchun ham muhim ma'lumotlarni taqdim eta oladi.
To'ra Sulaymonning baxshiyona termalari janr sifatida taraqqiyot bosqichining ilk davrlarini o'zida namoyon etadi. Muallifning bu turkum asarlari badiyat jihatdan yuqori saviyaga ega ekani, folklor an'analarini o'zida saqlagani va nihoyat xalq og'zaki ijodi ijrochilari haqdagi biografik ma'lumotlarni taqdim etishi bilan XX asr o'zbek adabiyotida alohida hodisa bo'ldi.
To bashar bor ekan, bor ekan quyosh
Birlashgan elga yov otolmagay tosh.
Xalqning birligi, hamdard-hamnafasligini orzulagan muallif "Birlashgan o'zar, birlashmagan to'zar" maqolining birinchi qis-mini o'z asarida mazmunan qo'llaydi. Bu bilan shoir birlashgan xalqning doimo olg'a borishi, bu xalqqa birovning tosh otishga haddi sig'masligini ta'kidlaydi. Birlik mavzusidagi yana bir maqol "Bahor, ketma mening bog'imdan" she'rida quyidagicha qo'llanadi:
Qilmishi qing'ir zotga davr qayda, davron qayda?
Vatangado kimsaga beminnat makon qayda?
Yolg'iz otga olamda nom qayda, nishon qayda?
Bahor, sensiz sahroyu tog'u toshga jon qayda?
"Yolg'iz otga olamda nom qayda, nishon qayda?" satrida "Yolg'iz otning changi chiqmas, changi chiqsa ham dong'i chiqmas" maqoliga ishora qilinmoqda.
Xulosa qilib aytganda To'ra Sulaymonning asarlariga xos asosiy xususiyat ularning tarkiban yozma hamda og'zaki adabiyot oralig'ida yaratilganligidir.
XULOSA
O'zbek adabiyoti tarixida Yassaviydan boshlangan xalqona tuyg'ular tarannumi XX asr ikkinchi yarmi shoir Mirtemir ijodiy maktabi ta'sirida yanada rivojlanadi. Aytish mumkinki, bu davrijodkorlari asarlarida falsafiy mushohadalarini xalqona yo'sinda taqdim etish hollari ko'p uchraydi.
To'ra Sulaymon ijodida qo'llangan xalq og'zaki ijodi namunalari g'oyatda chuqur asosga ega. Shoir umr bo'yi o'zi yashagan hududdagi og'izdan-og'izga o'tib kelayotgan folklor materiallarini to'playdi hamda ulardan ijodiy foydalanish asosida o'z ijodini boyitadi.
Uning xalq dostonlari yo'lida bitgan dostonlari mazmunan shoir yashagan davr voqealaridan hikoya qilsa-da, ifodada folklor an'anadan foydalanilgani doston badiyatini yanada oshirganligi aniqlandi.
Shoir asarlari tasniflanganida uning folklor janrlarini yozma adabiyotga o'zlashtirib novator ijodkor sifatida baxshiyona termalar ijod etgani kuzatildi.
To'ra Sulaymon asarlari tadqiqi davomida shoirning 200 dan ziyod xalq maqollaridan foydalanganligi aniqlandi. Ushbu maqollarning ko'pchiligi originalligi, boshqa ijodkorlar asarlarida, hatto folklorshunoslar tomonidan to'plangan xalq maqollari nashrlarida ham uchramasaligi kuzatiladi. Bu shoir asarlarining qimmatini yanada oshiradi.
Shoirning Zulfiyaga bag'ishlangan "She'riyatimiz malikasi",
ustozi Mirtemirga atalgan "O'zbek she'riyatining Manasi", Ergash Jumanbulbul haqida "Dostonchiligimizning bulbuli", Chingiz Aytmatovga bag'ishlangan "Chingiz Aytmatov o'zbekning o'z yozuvchisi' kabilarga bag'ishlangan asosan xotiralardan iborat maqolalari adabiyot tarixi uchun ham muhim manbalar taqdim etadi. Bu To'ra Sulaymonning adabiyotshunoslik sohasi rivojiga qo'shgan hissasidir. Shoir ijodida folklorizm sintezi masalasi shoir ijodida folklorizm sintezi masalasi shoir asarlarini keng qamrovda tadqiq etish masalasini qo'yadi. To'ra Sulaymon ijodi 4 yo'nalish bo'yicha tadqiqotlar amalga oshirish uchun ma'lumotlar taqdim etadi:
Adabiyotshunoslik sohasi uchun shoir asarlari badiyati, so'z va obrazlarining individualligi hamda o'ziga xosliklarini o'rganish imkoniyatini beradi. Bu yo'nalishdagi dastlabki urinishlar amalga oshirilgan bo'lsa-da, To'ra Sulaymon ijodi navbatdagi sohalar vakillari uchun hali ochilmagan qo'riqdir.
Folklorshunoslik yo'nalishida ijodidaggi folklorizmning o'ziga xosligi, ijodkorlar asarlari tarkibida ko'p uchraydigan paremiyalarning originalligi, xalq og'zaki ijodi orqali o'zlashtirilgan janr, motiv hamda obrazlarning folkloristik ildizlarini tadqiq etish soha rivojiga muhim hissa bo'lib qo'shilishi mumkin.
Matnshunoslik uchun shoir dostonlarida tasvirlangan xalq hayoti, urf-odatlari va tutumlari, to'y- marosimlari bilan bog'liq go'zal tasvirlar Sirdaryo vohasi urf-odatlari va tutumlari, to'y-ma-rosimlari bilan bog'liq go'zal tasvirlar Sirdaryo vohasiurf-odatlari, an'analari to'g'risida ensiklopedik ma'lumotlarni taqdim etadi.
Dialektologiya sohasi shoir asarlaridagi hozirgi kunda kam qo'llaniluvchi, yo'qolib ketish xavfi ostida turgan so'zlar manbai sifatida o'rganilish ehtiyoji mavjud.
To'ra Sulaymonning "Intizor" nomli kitobiga shoir Sirojiddin Sayyid tomonidan bitilgan to'rtlikni uchratdik. To'rtlikda shoirga berilgan juda o'rinli ta'rifni biz ham xulosa sifatida ishlatamiz:
Bo'ynimdagi ming satrning qarzin to'layman bitta,
To'ralar ko'p tuproqda, To'ra Sulaymon bitta!
Do'stlaringiz bilan baham: |