B. S. Usmanov konservalash texnologiyasi asoslari


Xom ashyoni qayta ishlashga uzatish



Download 2,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/103
Sana22.07.2022
Hajmi2,38 Mb.
#836149
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   103
Bog'liq
Консервалаш технологияси асослари қўлланма

Xom ashyoni qayta ishlashga uzatish 
Xom ashyo qisqa yoki uzoq muddat saqlangandan so‗ng sexlarga jo‗natiladi. 
Xom ashyoni to‗kish va sexga kiritish ishchilar, avto- va elektroto‗kuvchi 
vositalar, gidravlik va lentali transportyorlar va boshqalar yordamida amalga 
oshiriladi. 
Qattiq strukturaga ega bo‗lgan xom ashyolar xom ashyo maydonchasidan 
sexga gidrotransportyor yordamida uzatiladi. Gidrotransportyor bu tunukadan yoki 
betondan 1:100 yoki 1,2:100 nishablikda yasalgan ariqcha bo‗lib, unda suv va xom 
ashyo ( 3:1 yoki 4:1 nisbatlarda) 0,8 m/s tezlikda harakat qiladi. Xom ashyo 
ichidagi qum, kesak va boshqa og‗ir narsalarni yig‗ib olish uchun 
gidrotransportyorning 
uzunasi 
bo‗ylab 
«cho‗ntak»lar 
o‗rnatilgan. 
Gidrotransportyorning to‗gash eriga setkali elevator o‗rnatilgan, unga xom ashyo 
kelib tushganda uning suvi sirqiydi. 
Xom ashyo qayta ishlash uchun transport tarasida uzatilganda qutili yoki 
konteynerli to‗kuvchi vositalar ishlatiladi. Quti yoki konteyner maxsus qisgich 
yordamida siqilib aylantiriladi (xom ashyo to‗kiladi), qayta o‗z holatiga keltiriladi 
va transportyor orqali tashqariga chiqarib yuboriladi va xom ashyoni yuvish 
jarayoni boshlanadi. 
Yuvish 
Xom ashyoni yuvish eng birinchi texnologik jarayon bo‗lib, ba‘zan uni 
navlarga ajratish va inspeksiyalashdan so‗ng ham o‗tkaziladi. Agar xom ashyo 
juda iflos bo‗lsa-yu, uni shu holda navlarga ajratish mushkul bo‗lsa, u holda 
oldindan yuviladi. 
Masalan, garnir tayyorlashga mo‗ljallangan qizilcha yoki sabzi avval tozalab 
yuviladi, loylardan tozalanadi va so‗ngra inspeksiyadan o‗tkazib navlarga 
ajratiladi. Agar mevalardan kompot tayyorlaniladigan bo‗lsa, avval mevalarni 
navlarga ajratib saralanadi va so‗ngra yuviladi. 
Sabzavot va mevalarni qayta ishlashga tayyorgarlik ko‗rishda ularni yuvib 
tozalash muhim bosqich hisoblanadi. Ma‘lumki, sabzavot va mevalar terilgandan 


88 
so‗ng ularga tuproq va boshqa aralashmalar yopishgan bo‗ladi. Ular tarkibida turli 
xil 
mikroorganizmlar 
bo‗ladi. 
Ma‘lumotlarga qaraganda 1g tuproqda 
mikroorganizmlar soni 1 dan 4 mlrd. gacha bo‗lar ekan. Shu sababli xom ashyoni 
qayta ishlashdan oldin toza ichimlik suvga obdon yuviladi. Bunda 1 kg xom 
ashyoni yuvish uchun 0,7 litr suv sarf qilinishi lozim. Xom ashyoni tozalashda turli 
xil yuvish mashinalaridan foydalaniladi. 

Download 2,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish