B. S. Usmanov konservalash texnologiyasi asoslari



Download 2,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/103
Sana22.07.2022
Hajmi2,38 Mb.
#836149
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   103
Bog'liq
Консервалаш технологияси асослари қўлланма

Termosterilizatsiya 
Sabzavot va mevalarni qayta ishlashda eng ko‗p qo‗llaniladigan usul 
termosterilizasiya yordamida konservalash hisoblanadi. Bu usul asosan yuqori 
harorat yordamida mikroblarni yo‗qotishga va mahsulotlardagi fiziologik hamda 
biokimyoviy jarayonlarni to‗xtatishga asoslangan. Yuqori harorat ta‘sirida 
mahsulotlarda bir qator o‗zgarishlar yuz beradi. hujayradagi suv miqdori 


91 
kamayadi, fermentlar aktivligi pasayadi. Bu esa o‗z navbatida mahsulot kimyoviy 
tarkibining o‗zgarishiga olib keladi. Oksidlanish, gidrolitik va boshqa bir qator 
o‗zgarishlar natijasida mahsulotning rangi, ta‘mi va xushbo‗yligi o‗zgaradi. 
Issiqlik ta‘sirida disaxaridlar va monosaxaridlarga gidrolizlanadi. Pektin moddalari 
va tarkibida fenol bo‗lgan murakkab moddalar ham parchalanadi. S vitamini esa 
kislorod yordamida oksidlanadi va sabzavot hamda mevalar tarkibida 25-30 % 
gacha kamayib ketadi. 
Shu bilan birga sabzavot va mevalarning ta‘mi va xushbo‗yligini belgilovchi 
bir qator murakkab moddalar tarkibida ham o‗zgarishlar yuz beradi. 
Sabzavot va mevalarni termosterilizasiya yordamida konservalashda 
ularning tarkibidagi vitamin va boshqa foydali moddalarni kamayib ketishining 
oldini olish lozim. Hozirgi qo‗llaniladigan asbob va qurilmalarda meva va 
sabzavotlarni qayta ishlash texnologiyasi vitamin va boshqa foydali birikmalarning 
yo‗qolishini 
keskin 
kamaytirishga 
asoslangan. 
Bunda 
asboblarning 
zanglamaydigan po‗latdan bo‗lishi va konservalash jarayonida mahsulotlar 
kisloroddan yaxshi izolyasiya qilingan bo‗lishi lozim. 
Yuqori issiqlik yordamida sabzavot va mevalarni ishlash ulardagi 
mikroorganizmlarni rivojlanishiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Haroratning 100 ᵒC ga 
ko‗tarilishi mikroblarning aksariyat qismini o‗ldiradi, lekin issiqlikka chidamli 
bakteriyalar 120 ᵒC gacha haroratga chidaydi. Ayniqsa, tarkibida azotli moddalar 
ko‗p bo‗lgan sabzavotlardan issiqlikka chidamli bakteriyalar ko‗p uchraydi. 
Termosterilizasiyada isitish harorati mahsulotning turiga va uning 
kislotaliligiga 
(rN) 
chambarchas 
bog‗liq. 
Shu 
bilan 
birga 
mavjud 
mikroorganizmlarning xususiyatlariga ham e‘tibor beriladi. 
Termosterilizasiya turlaridan biri qaynoq sharbatni tayyorlangan steril 
bankalarga solishdir.
Hujayra shirasi taxir ta‘mli sabzavot va mevalar 85-90 ᵒC gacha, ta‘mi taxir 
bo‗lmaganlari esa 100 ᵒC dan yuqori haroratda sterilizasiya qilinadi. 


92 
Konserva zavodlarida termosterilizasiya jarayoni yuqori bosimda olib borish 
uchun ishlatiladigan qurilma - avtoklavlarda olib boriladi. Avtoklavlarda yuqori 
bosim va harorat ta‘sirida mahsulotni sterilizasiyalashdan tashqari uni pishirish 
yoki quyultirish mumkin. Mahsulotning turiga qarab avtoklav turli bosim va 
haroratda ishlatiladi. 
Avtoklav zich yopiladigan po‗lat silindr bo‗lib, uning ichki sirti emal bilan 
qoplangan. Silindr ichiga doira shaklida yaxlit bug‗ g‗ilof o‗rnatilgan. Avtoklav 
manometr, termometr va soat bilan ta‘minlangan. Avtoklavda harorat va bosim 
sterilizasiya formulasi bo‗yicha ko‗tariladi va avtomatik ravishda boshqariladi. 
Pasterizasiyalashda xom ashyo solingan bankalar qopqoqsiz yoki temir 
qopqoqlar bilan yuzaki yopilib, vannadagi qaynoq (50-60 ᵒC) suvga qo‗yiladi, 
vannadagi suv hajmi taxminan bankalar hajmiga teng kelishi kerak. Qaynash 
paytida Shisha banka yorilib ketmasligi uchun vanna tubiga latta yoki faner bo‗lagi 
qo‗yiladi. Bankalar solingan vannadagi suv qaynatiladi. Suv qaynab chiqqandan 
so‗ng sterilizasiya vaqti belgilanadi. Turli meva va sabzavotlar uchun sterilizasiya 
muddati (ya‘ni qaynab turgan suv haroratida ushlab turish) har-xil bo‗ladi. 

Download 2,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish