B. S. Usmanov konservalash texnologiyasi asoslari


Sterilizatsiya tartibiga ta‟sir etuvchi omillar



Download 2,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/103
Sana22.07.2022
Hajmi2,38 Mb.
#836149
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   103
Bog'liq
Консервалаш технологияси асослари қўлланма

Sterilizatsiya tartibiga ta‟sir etuvchi omillar 
Sterilizasiya paytida suv qattiq qaynab ketmasligi kerak, aks holda banka 
ichiga suv sachrashi mumkin. Sterilizasiya vaqti tugagach bankalar maxsus 
qisqichlar yordamida vannadan olinadi va og‗zi zich qilib berkitiladi. Mahkam 
berkitilgan bankalar og‗zini pastga qilib sovitish uchun stolga qo‗yiladi. 
Vertikal avtoklav - zich yopiladigan qalin qopqoqli ikkita qozondan iborat 
bo‗lib, sirtdan metall g‗ilof bilan qoplangan. Tashqi qozonga suv, ichki qozonga 
esa sterillanadigan material qo‗yiladi. Isigan suv bug‗i ichki qozonning teshigi 
orqali tashqi qozonga o‗tadi. Ichki qozonning tubidagi teshiklardan bug‗ 
o‗tkazuvchi naycha boshlanib u bug‗ chiqarish jo‗mragi bilan tugaydi. 
Avtoklavning yon devoriga manometr va kontakt manometrlar mahkamlangan. 
Kontakt manometr esa belgilangan bosimni saqlab turadi. Bulardan tashqari, yon 
devorda ehtiyot jo‗mragi va suv o‗lchaydigan nay ham bor. Avtoklavda bosim 


93 
belgilangan miqdordan oshib ketsa, ehtiyot jo‗mragi o‗z-o‗zidan ochiladi. Suv 
o‗lchaydigan nay avtoklavdagi suv sathini aniqlashga yordam beradi.
Avtoklavda sterillash quyidagicha o‗tkaziladi: avvalo tashqi qozonga 
voronka orqali suv quyiladi, ichki qozonga esa sterillanadigan material (idishlar, 
oziq muhitlar, byukslarda bog‗lov materiali va hokazo ) joylanadi. So‗ngra 
qopqoqni yopadigan vintlar bilan burab mahkamlanadi va avtoklav primus 
alangasi, gaz gorelkasi yoki elektr yordamida qizdira boshlanadi. Suv qaytib 
chiqadigan jo‗mrak shu paytda ochiq bo‗lishi kerak. Qaynab chiqqan suv bug‗ 
holatida avtoklav devorlari orasidan ko‗tarilib ichki qozonga o‗tadi va undagi 
havoni siqib chiqaradi. Bu havo jo‗mrak orqali tashqariga chiqa boshlaydi, bug‗ 
holatidagi havo avtoklavning ichki bo‗shliqlarini to‗ldiradi va kuchli bug‗ oqimi 
zarb bilan jo‗mrakka urilib jo‗mrakni yopadi. Jo‗mrak yopilishi bilan avtoklavning 
ichki qismida bosim hosil bo‗la boshlaydi va manometr strelkasiga qarab turiladi. 
Avtoklavdagi bug‗ bosimi 0,5 atm dan oshganda harorat 110,8 ᵒC ga, 1 atm 
dan oshganda -120,6 ᵒC ga, 2 atm dan oshganda esa harorat 132,9 ᵒC ga etadi. 
Harorat 120 ᵒC ga etganda vegetativ va spora hosil qiluvchi mikroblarga 
ta‘sir etib nobud qiladi. 
Sterillash jarayoni tamom bo‗lgach, issiqlik manbalari o‗chiriladi va 
manometr strelkasi 0 raqamiga tushmaguncha avtoklavdagi havo chiqaradigan 
jo‗mrak ochilmaydi. Avtoklav ichidagi bosim 0 ni ko‗rsatganda havo chiqarish 
jo‗mragi ochilib bug‗ asta - sekin chiqa boshlaydi va bug‗ butunlay chiqqandan 
so‗ng avtoklavning qopqog‗i ochilib, sterillangan material ichidan olinadi. 
Avtoklavni ishlatganda material sterillanayotganiga to‗la ishonch hosil 
qilmoq uchun vaqt-vaqti bilan uni tekshirib turish kerak. Buni har xil usullarda 
tekshiriladi.
Masalan, manometr 1 atm bosimni ko‗rsatsa, avtoklav ichidagi temperatura 
120,6 ᵒC ga teng bo‗lishi kerak. Bunga ishonmoq uchun avtoklavga sterillangan 
materiallar bilan birga, ikki tomondan payvand qilingan (kavsharlangan) Shisha 
naycha yoki probirka joylashtiriladi. Uning ichiga oltingugurt poroshogi bilan 


94 
birga bir necha fuksin kristallari va ikkinchisiga esa antipirin bilan metilen 
ko‗kining aralashmasi quyiladi.
Oltingugurtning suyuqlanish temperaturasi 115 ᵒC, antipirinniki esa 120 ᵒC. 
Agarda avtoklav to‗g‗ri ishlasa, oltingugurt va antipirin ham erib 
suyuqlanishi kerak. Avtoklavning ichidagi temperatura 1 atm bosimida 120,6 ᵒC ga 
etgan bo‗lsa, oltingugurti va antipirin suyuqlanib bo‗yoqlar bilan aralashib 
muayyan tusga kiradi. 
Gorizontal avtoklavning vertikal avtoklavdan farqi shuki, bunda bug‗ hosil 
qiladigan qozon sterillaydigan qozonning pastida joylashgan bo‗ladi. Sterillash 
kamerasi va yuqoridagi qozonlar gorizontal holatda joylashgan. 
Ikkala avtoklavda ham materialni harakatdagi bug‗ bilan sterillash mumkin. 
Buning uchun chiqarish jo‗mragi berkitilmaydi va qopqoq vintlar bilan jips 
yopilmaydi. 

Download 2,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish