B. S. Usmanov konservalash texnologiyasi asoslari



Download 2,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/103
Sana22.07.2022
Hajmi2,38 Mb.
#836149
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103
Bog'liq
Консервалаш технологияси асослари қўлланма

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



 
 
I BOB. Fanga kirish 
Konserva sanoatining shakllanish tarixi 
Konserva sanoati
– oziq-ovqat sanoati tarmogʻi, tez buziladigan oʻsimlik va 
hayvonot mahsulotlari (meva, sabzavotlar, sut, goʻsht, baliq)ni uzoq muddat 
saqlash maqsadlarida qayta ishlaydi, yarim fabrikatlar va germetik yopiq idishlarda 
isteʼmolga tayyor konservalar ishlab chiqaradi. 
Sanoat usulida konservalar ishlab chiqarish 19 asr boshlarida rivojlandi. 
Oʻzbekistonda Konserva sanoati 20 asr boshlarida paydo boʻldi. 1913 yilda hozirgi 
Oʻzbekiston hududida kustar usul bilan mahsulot tayyorlaydigan 3 kichik konserva 
korxonasi boʻlib, ularda jami 200 ming banka konserva ishlab chiqarilgan. 
Oʻzbekistonda konserva sanoati 30 yillarda rivojlandi. Asosan, meva va 
sabzavotlardan konservalar ishlab chiqarila boshlandi. 1929 yil Yangiyoʻl 
konserva zavodi, 1932 yil Toshkent konserva zavodi ishga tushirildi. 1940 yillar 
boshida Samarqandda konserva zavodlari qurildi. Namangan konserva zavodi ham 
kengaytirildi. Urushdan keyingi yillarda Fargʻona, Andijon, Shahrisabz va boshqa 
shaharlarda oʻnlab konserva zavodi ishga tushirildi, eskilari kengaytirildi va 
zamonaviy 
asbob-uskunalar 
bilan 
jihozlandi. 
1975 
yilda 
"Oʻzmevasabzavotuzumsanoat" konserni korxonalarida 490 mln. shartli banka 
konserva mahsulotlari ishlab chiqarildi. 1985 yilda sobiq Ittifoqda alkogolizmga 
qarshi Qonun qabul qilingach, vino zavodlarida turli uzum va meva sharbati ishlab 
chiqarila boshlandi. 1986-89 yillarda konserva ishlab chiqarish 2 marta koʻpaydi. 
Konserva 
korxonalari, 
asosan, 
"Oʻzmevasabzavotuzumsanoatxolding" 
kompaniyasi tarkibiga kiradi. Asosiy mahsulotlari - meva kompotlari, murabbo, 
jem, sharbatlar, marinadlangan va tuzlangan sabzavotlar, pomidor pastasi, 
quritilgan mevalar (qoqilar). 
Konserva mahsulotlari ishlab chiqarishda "Oʻzbekbirlashuv" ning ulushi 
ham salmoqli. "Oʻzbekbirlashuv" tizimida 54 konserva korxonasi bor. 



Oʻzbekistondan Germaniya, Polsha, Italiya, Malayziya, Yaponiya kabi 
mamlakatlarga turli meva va sabzavotlar konservalari, pomidor pastasi, mayiz, 
turli qoqilar eksport qilinadi. Respublikada 90-yillardan koʻpgina jamoa 
xoʻjaliklarida kichik konserva zavodlari va sexlari ishga tushirildi. 
Ixtisoslashtirilgan yirik bogʻdorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik xoʻjaliklari 
konserva zavodlariga xom ashyo yetkazib beradi. Respublika Konserva sanoati 
korxonalari yiliga 12 mlrd. shartli banka mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega 
(2000). 1995 yilda 50 dan ortiq agrofirma ishladi (meva-sabzavot, konservalari 
ishlab 
chiqarishga 
moslashgan 
"Qashqadaryo", 
"Namangankonserva", 
"Samarqand", "Kishmish", "Uchkoʻprik", "Quvasoy" va boshqalar). 2000 yilda 
Oʻzbekistonda 480,4 mln. shartli banka (jumladan, "Oʻzbekbirlashuv" aksiyadorlik 
kompaniyasida 53,1 mln. banka) meva-sabzavot konservasi ishlab chiqarildi. 
"Toʻraqoʻrgʻon shirinliklari", "Buloʻngur mevalari" firmalarida meva qoqilari va 
mayiz tayyorlanadi. 
"Oʻzbaliq" aksiyadorlik kompaniyasi korxonalarida dudlangan baliq, 
Moʻynoq baliq konserva kombinati (1941) da chetdan olib kelinadigan xom 
ashyodan turli baliq konservalari ishlab chiqariladi. 

Download 2,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish